17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:59
Jamiyat 👁 663

Doʻrman ovuli - mehnat, hamjihatlik va taraqqiyot maskani

Doʻrman ovuli -  mehnat, hamjihatlik va taraqqiyot maskani

Amudaryo tumanining Doʻrman ovuli hududning yirik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiriladigan, aholisi mehnatsevarligi, hamjihatligi va tinch-osoyishta hayot tarzi bilan ajralib turadigan ovullaridan biridir. Asrlar davomida shakllangan dehqonchilik va chorvachilik anʼanalari bugun zamonaviy yondashuvlar bilan uygʻunlashib, ovul taraqqiyotining muhim omiliga aylanmoqda.

Bugungi kunda Doʻrman ovulida “Mahalla yettiligi” vakillarining samarali va tizimli faoliyati natijasida hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish izchil taʼminlanmoqda. Mahalla faollari, masʼul tashkilotlar hamkorligida aholi muammolari joyida oʻrganilib, ularni bartaraf etish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ovulda hozirgi kunda 514 ta xonadonda 774 ta oila tarkibida jami 2677 nafar aholi oʻzaro ahil-inoq yashab kelmoqda. Hududda 2 ta umumtaʼlim maktabi, 1 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 3 ta oziq-ovqat doʻkoni, 1 ta sartaroshxona, 1 ta ichimlik suvini tozalash va yetkazib berish shoxobchasi faoliyat yuritib, aholiga doimiy xizmat koʻrsatmoqda.

Aholini ish bilan taʼminlash, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Olib borilgan tizimli va manzilli ishlar natijasida joriy yilning 12 oyi davomida ovulda yashovchi 26 nafar ishsiz fuqaroga jami 470 million soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada 86 nafar fuqaro oʻzini oʻzi band qilgan, 91 nafar fuqaro doimiy ish oʻrniga ega boʻlgan.

Migratsiyadan qaytib kelgan 4 nafar fuqaroning 2 nafariga kredit ajratilib, ularning mehnat faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, yil boshidan buyon 8 ta yangi tadbirkorlik subʼekti faoliyati yoʻlga qoʻyilib, hudud iqtisodiy salohiyati yanada mustahkamlandi.

Doʻrman ovulida yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, barqaror daromad olayotgan aholi vakillari safi tobora kengaymoqda. Jumladan, hududda yashovchi Islom Qurbanov koʻp yillardan buyon chorvachilik bilan shugʻullanib keladi. Bugungi kunda 22 bosh qoramol boqib, qishloq xoʻjaligi tarmoqlaridan barqaror daromad topmoqda. Uning kelgusidagi rejalari ham katta – faoliyatini kengaytirib, yirik chorvachilik xoʻjaligi tashkil etish va yangi ish oʻrinlari yaratish ustuvor maqsadlaridan sanaladi.

Shuningdek, Xaytboy Jumaniyozov 10-yildan buyon asalarichilik bilan shugʻullanib, bugungi kunda 100 ta asalari qutisiga ega. Oilaviy mehnat asosida olib borilayotgan bu faoliyat natijasida oila farovonligi tobora oshib bormoqda.

Ovulda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar ham izchil davom etmoqda. 2025-yilning 9 oyi davomida 8 nafar yosh “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ularga manzilli yordamlar koʻrsatildi. Jumladan, 3 nafar yoshning toʻlov-kontrakt summasi toʻlab berildi, 2 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratildi, 2 nafar yosh kelajak kasblariga oʻqitildi, 1 nafar yoshga subsidiya asosida chorva mollari uchun tarozi olib berildi.

Xotin-qizlar bandligini taʼminlash borasida ham eʼtiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Hududda yashovchi Muqaddas Ahmedova 5-yildan buyon tikuvchilik bilan shugʻullanib, 10 nafardan ortiq shogird tayyorladi. U oʻz mehnati bilan nafaqat oilasining farovonligini taʼminlamoqda, balki koʻplab xotin-qizlarning band boʻlishiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Hududda oilaviy tadbirkorlik ham rivojlanib bormoqda. “Xiva choyxonasi” oilaviy korxonasida non va non mahsulotlari hamda milliy taomlar tayyorlanib, bozorga chiqarilmoqda. Ushbu faoliyat orqali oilaning barcha aʼzolari ish bilan band boʻlib, barqaror daromad manbaiga ega.

Bugun Doʻrman ovuli – mehnat, tashabbus va hamjihatlik uygʻunlashgan, aholisi ertangi kunga ishonch bilan qarayotgan hududdir. Amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar va aholi faolligi tufayli ovul ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada ravnaq topib, farovon hayot sari dadil odimlamoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019