16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:23
Jamiyat 👁 692

Xotira – muqaddas, qadr – aziz: Amudaryoda general-mayor Xakimboy Xalimovning yorqin xotirasi yodga olindi

Xotira – muqaddas, qadr – aziz: Amudaryoda general-mayor Xakimboy Xalimovning yorqin xotirasi yodga olindi

Inson qadri, uning ezgu amallari va qoldirgan maʼnaviy merosi yillar oʻtsa-da, avlodlar qalbida yashashda davom etadi. Ayniqsa, huquqni muhofaza qilish organlari, xususan, prokuratura tizimida koʻp yillar davomida qonun ustuvorligini taʼminlashga umrini bagʻishlagan, sohada oʻziga xos maktab yaratgan fidoyi insonlarni yod etish – bugungi kun xodimlari uchun ham maʼnaviy quvvat, ham kasbiy masʼuliyat manbaidir.

Amudaryo tumani prokurori, adliya maslahatchisi Bahrom Masharipov boshchiligidagi prokuratura jamoasi soha faxriysi Jumamurat Xaytboyev hamrohligida 3-darajali davlat adliya maslahatchisi, general-mayor Hakimboy Ashirovich Xalimovning mangu qoʻnim topgan maskanini ziyorat qildilar. Qabr boshida Qurʼon tilovat qilinib, marhumning ruhiga duolar qilindi. Ziyorat asnosida faxriylar va yosh prokurorlar Xakimboy Xalimovning serqirra faoliyati, uning murakkab vaziyatlarda qabul qilgan odilona qarorlari, insoniylik fazilatlarini yodga oldilar.

Xakimboy Xalimov shunchaki rahbar emas, balki haqiqiy maʼnoda "xalq prokurori" edi. 1954-yilda tavallud topgan Xakimboy Ashirovich oʻz mehnat faoliyatini oddiy tergovchilikdan boshlab, yuksak salohiyati va tinimsiz mehnati evaziga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori darajasigacha koʻtarildi. U kishi qaysi lavozimda ishlamasin – xoh tuman prokurori boʻlsin, xoh Prezident Xalq qabulxonasi mudiri boʻlsin, doimo oddiy odamlarning dardini tinglashga, huquqlarini himoya qilishga intildi. Uning hayoti qonun himoyachisi boʻlishni maqsad qilgan har bir yosh uchun ibrat maktabidir.

Bugungi kunda Amudaryo tumani prokuraturasi xodimlari ham aynan Hakimboy Xalimov kabi ustozlar oʻgitlariga amal qilgan holda, tumanda qonuniylikni mustahkamlash yoʻlida xizmat qilmoqdalar. Prokuratura organlarining faoliyati faqatgina jinoyatchilikka qarshi kurashish yoki aybdorlarni jazolash bilan cheklanib qolmaydi. Zamon talabiga koʻra, prokuror – bu islohotchi, tadbirkorning koʻmakchisi va fuqarolar huquqining himoyachisiga aylangan.

Ayni paytda Bahrom Masharipov boshchiligidagi tuman prokuraturasi jamoasi tomonidan tumanda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning ijrosi, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, yer resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni taʼminlash ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilgan. Har kuni oʻtkazilayotgan fuqarolar qabuli, sayyor uchrashuvlar va murojaatlar bilan ishlash jarayonida prokuratura xodimlari "Inson qadri uchun" tamoyilini bosh mezon sifatida qadrlab, shunga mos ravishda namunali faoliyat yuritmoqdalar.

Bundan tashqari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni turli yot gʻoyalar va huquqbuzarliklardan asrash borasidagi profilaktik tadbirlarda ham prokuratura xodimlari faollik koʻrsatmoqda. Korruptsiyaga qarshi kurashish, byudjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishini taʼminlash va "yashirin iqtisodiyot"ga barham berish kabi dolzarb yoʻnalishlarda olib borilayotgan ishlar ham aynan ustozlar qoldirgan "poklik va halollik" maktabining davomidir.

Ziyorat davomida prokuratura faxriysi Jumamurat Xaytboyev va boshqalar marhum generalni xotirlab, uning juda talabchan, ammo nihoyatda adolatli inson boʻlganini yodga oldilar. U kishi biror xodimni asossiz jazolamas, har bir ishning tagiga yetishni talab qilar edi. Eng muhimi, Hakimboy Xalimov prokuratura organi xodimi boʻlsada samimiy, mehrli inson qiyofasini aslo yoʻqotmadi. 2020-yilda, 66 yoshida bevaqt oramizdan ketgan boʻlsa-da, uning oʻgitlari shogirdlari uchun yoʻlchi yulduzdir.

Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ushbu tadbir shuni koʻrsatadiki, tizimda avlodlar almashinuvi yuz bergani bilan, maqsad va qadriyatlar oʻzgarmaydi. Hakimboy Xalimov kabi fidoyilarning xotirasiga koʻrsatilgan hurmat – bu aslida Vatanga, qonunga va adolatga boʻlgan sadoqatning ifodasidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026