16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Iqtisodiyot 👁 1,568

SOLIQ TIZIMIDAGI ShAFFOFLIK — AHOLI FAROVONLIGINING ASOSI

SOLIQ TIZIMIDAGI ShAFFOFLIK — AHOLI FAROVONLIGINING ASOSI

Zamonaviy dunyoda rivojlangan davlatlarning taraqqiyot omillari soliq siyosati bilan bogʻliq. Eng muhim sohalarni, xalq turmush tarzi bilan bogʻliq yoʻnalishlarni moliyalashtirish bevosita soliq tizimi orqali amalga oshiriladi. Amudaryo tumani Soliq inspektsiyasi xodimlari ham bu borada samarali faoliyat olib borishmoqda. Inspektsiyaga 2025-yil uchun byudjet tushumlariga 51,6 mlrd soʻm undirish rejasi belgilangan boʻlib, 2025-yilning 1-dekabr holatiga 53,6 mlrd soʻm byudjetga undirildi va bu boradagi reja 11 oydayoq 103,8 foizga bajarildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallani joylarda muammolarni hal qiladigan institutga aylantirish maqsadida birgalikda ishlaydigan “Mahalla yettiligi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha berilgan topshiriq va vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Amudaryo tumani boʻyicha 49 ta mahallaga 15 nafar soliq xodimlari biriktirilgan.

Mahallabay ishlash tizimi orqali birgina 2025-yilning yanvar-iyun oylarida 714 ta tadbirkorlik subʼektlarida tovar aylanmasi 12,5 mlrd soʻmga oshirilishi hisobiga byudjetga qoʻshimcha 1,1 mlrd soʻm aylanmadan olinadigan soliq hisoblandi. 843 ta tadbirkorlik subʼektlarida 1 ming 721 ta norasmiy ishchi qonuniylashtirildi hamda byudjetga qoʻshimcha 302 mln soʻm daromad soligʻi hisoblanishiga erishildi.

Soliq inspektsiyasi xodimlari va “Mahalla yettiligi” aʼzolarining oʻzaro hamkorlikda olib borgan xatlov natijalariga koʻra, noqonuniy faoliyat yuritayotgan 512 nafar tadbirkor yangidan roʻyxatdan oʻtkazildi. “Mahalla yettiligi” bilan birgalikda 13 ming 223 nafar fuqaro oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida doimiy daromad manbaiga ega boʻlishlari uchun sharoitlar yaratildi.

Oʻtgan yil boshidan aholini kichik biznesga jalb etish va ularning bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar davomida roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat koʻrsatayotgan fuqarolarni aniqlash hisobiga 61 nafar yuridik shaxs, 451 nafar yakka tadbirkor, 13 ming 223 nafar oʻzini-oʻzi band qilganlar va 22 ta dehqon xoʻjaliklari roʻyxatga olinib, faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan 269 nafar yakka tadbirkorlarning faoliyati tiklanishi taʼminlandi. Shuningdek, sanoat va ishlab chiqarish korxonalarini xatlovdan oʻtkazish davomida qoʻshimcha ravishda 85 nafar ishchi faoliyat olib borayotgani aniqlanib, qayta hisobotlar qabul qilindi.

Amudaryo tumani Soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar aholi farovonligini taʼminlash, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, xalqimiz salomatligini mustahkamlash, oʻsib kelayotgan yosh avlod taʼlim-tarbiyasi bilan bogʻliq keng koʻlamli bunyodkorlik yoʻnalishlaridagi ishlarni moliyalashtirishda shaffoflikni taʼminlash imkonini bermoqda.

Tuman Soliq inspektsiyasi jamoasi 2025-yilga belgilangan barcha reja-koʻrsatkichlarni ortigʻi bilan bajarib, 2026-yilda ham soliq toʻlovchilarga sifatli xizmatlar koʻrsatish, mahalliy, Respublika va mamlakat byudjetini toʻldirishga munosib hissa qoʻshishni maqsad qilishgan. Zero, soliqlar – mamlakat iqtisodiyotining tayanchi, davlat byudjeti barqarorligini taʼminlovchi, ijtimoiy sohalar rivoji hamda infratuzilmani yaxshilashga xizmat qiladigan muhim moliyaviy manbadir. Ularning oʻz vaqtida va adolatli undirilishi esa iqtisodiy taraqqiyot, aholi farovonligi hamda jamiyatda ijtimoiy adolatni qaror toptirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019