16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:49
Salomatlik 👁 288

AHOLI SALOMATLIGI — BOSh MEZON

AHOLI SALOMATLIGI — BOSh MEZON

Jamiyat salomatligini muhofaza qilish, aholiga yetkazib berilayotgan isteʼmol mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash va yuqumli kasalliklarning oldini olish har qanday davlatning ijtimoiy siyosatida muhim oʻrin tutadi. Bu borada Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi qoshidagi laboratoriya majmuasi tuman aholisi uchun oʻziga xos “salomatlik qalqoni” vazifasini oʻtamoqda.

Bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik omillar inson salomatligiga taʼsir etuvchi asosiy kuchga aylangan bir paytda, laboratoriya tekshiruvlarining ahamiyati har qachongidan ham ortgan. Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari aynan shu masʼuliyatni his qilgan holda, tun-u kun aholi xizmatida faoliyat yuritmoqda.

Mazkur laboratoriyaning bosh maqsadi — tuman hududida sanitariya-epidemiologik barqarorlikni saqlashdir. Buning uchun muassasa oldiga bir qator vazifalar qoʻyilgan. Jumladan, bozorlar, savdo shaxobchalari va umumiy ovqatlanish korxonalarida sotilayotgan mahsulotlarning kimyoviy va biologik tarkibini tekshirish, ularning isteʼmolga yaroqliligini aniqlash, aholi orasida yuqumli va parazitar kasalliklarni erta aniqlash, oʻchoqlarni bartaraf etish uchun bakteriologik hamda virusologik tahlillarni oʻtkazish shular jumlasidandir. Qolaversa, aholi isteʼmol qiladigan ichimlik suvi, ochiq suv havzalari va tuproq tarkibidagi zararli moddalarni aniqlash, jamoat joylarida aholidan namunalar olib, turli yuqumli va mavsumiy kasalliklar tarqalishining oldini olish ham laboratoriya xodimlarining vazifalari qatoriga kiradi.

Laboratoriya faoliyatining asosiy qismini oziq-ovqat mahsulotlari sifati va tarkibini tekshirish faoliyati tashkil etadi. Tuman hududidagi dehqon bozorlari, supermarketlar va mahalla doʻkonlaridan namunalar olinadi. Xususan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari — poliz ekinlari, meva va sabzavotlar tarkibidagi nitrat miqdori mavsumiy ravishda tekshirib boriladi. Goʻsht va sut mahsulotlarining bakteriologik tozaligi va tarkibi chuqur tahlil qilinadi. Agar biror mahsulotda meʼyordan ortiq kimyoviy moddalar yoki kasallik qoʻzgʻatuvchi bakteriyalar aniqlansa, u zudlik bilan savdodan olib tashlanadi va yoʻq qilinadi. Bu esa aholi oʻrtasida ommaviy zaharlanishlarning oldini olishda hal qiluvchi omildir.

Laboratoriyaning yana bir muhim yoʻnalishi — klinik-bakteriologik tadqiqotlardir. Aholidan, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablar xodimlaridan profilaktik maqsadlarda olingan namunalar turli yuqumli kasalliklarga qarshi tekshiriladi.

Bu jarayonda mutaxassislar zamonaviy mikroskoplar va analizatorlar yordamida inson organizmidagi gijja tuxumlari, dizenteriya, tif va boshqa xavfli infektsiya qoʻzgʻatuvchilarini aniqlaydilar. Tashxisning aniq va tezkor qoʻyilishi shifokorlarga bemorni toʻgʻri davolash, epidemiologlarga esa kasallik tarqalishining oldini olish imkonini beradi.

Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi laboratoriyasi zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, reaktivlar va oʻlchov vositalari bilan jihozlangan. Ish uslubi davlat standartlari hamda sanitariya qoidalari va meʼyorlariga qatʼiy rioya qilgan holda tashkil etilgan.

Namuna olishdan to yakuniy xulosa berishgacha boʻlgan jarayon yuqori malakali vrach-laborantlar va oʻrta tibbiy xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Har bir tahlil natijasi maxsus qayd daftarlariga kiritilib, elektron bazaga joylashtiriladi. Laboratoriya xodimlarining koʻzga koʻrinmas, ammo masʼuliyatli mehnati tumanimiz aholisining salomatligini asrash, dasturxonlarimiz toʻkin va xavfsiz boʻlishini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019