16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:29
Jamiyat 👁 403

“XAVFSIZ XONADON” OYLIGI DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

“XAVFSIZ XONADON” OYLIGI DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

Xalqimizda “Olov — tilsiz yov”, degan naql bor. Bir lahzalik eʼtiborsizlik yoki oddiy xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga keladigan yongʻin inson hayoti, salomatligi va mol-mulkiga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin. Ayniqsa, kuz-qish mavsumida isitish moslamalaridan foydalanishga boʻlgan ehtiyojning ortishi bu borada hushyorlikni ikki karra oshirishni talab etadi.

Shu sababli ham mamlakatimiz boʻylab joriy yilning 1-31-yanvar kunlari oraligʻida “Xavfsiz xonadon” oyligi oʻtkazilmoqda. Oylik doirasida aholi xonadonlari, koʻp qavatli uylar, talabalar yotoqxonalari, ijtimoiy soha obʼektlari, qurilish maydonlarida yongʻin xavfsizligi qoida va talablariga amal qilinishi, kelib chiqishi mumkin boʻlgan yongʻinlar va boshqa favqulodda holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik-targʻibot tadbirlari oʻtkazilishi belgilangan. Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan ham mazkur oylik doirasida keng koʻlamli profilaktik tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

Oylik doirasida boʻlim xodimlari joylarda boʻlib, aholiga tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Bu borada navbatdagi manzil tumanning “Boʻston” mahallasi boʻldi. Mahalla markazida tashkil etilgan uchrashuvda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi masʼul xodimlari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Muloqot davomida asosiy eʼtibor “is gazi”dan zaharlanishning oldini olishga qaratildi. Mutaxassislar taʼkidlaganidek, is gazi hidsiz va rangsiz boʻlgani uchun uni sezish qiyin, shu bois har bir xonadondagi dudburon va ventilyatsiya tizimlarining sozligi doimiy nazoratda boʻlishi shart. Xonalarni muntazam shamollatib turish, qoʻlbola va nosoz isitish pechlaridan foydalanmaslik hayotiy zarurat ekanligi tushuntirildi.

Profilaktika ishlari faqat yigʻilish oʻtkazish bilan cheklanib qolmadi. Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari “xonadonbay” usulida aholi yashash uylariga tashrif buyurib, u yerdagi gaz va elektr jihozlarining texnik holatini koʻzdan kechirdilar. Fuqarolarga isitish qurilmalarini nazoratsiz qoldirmaslik boʻyicha zarur tavsiyalar berilib, ogohlikka chorlovchi maxsus eslatmalar va bukletlar tarqatildi. Bunday jonli muloqotlar aholining yongʻin xavfsizligi madaniyatini oshirishda muhim omil boʻlmoqda.

Tadbirlar Amudaryo muhandislik texnologiyalar texnikumida ham davom etdi. Talabalar turar-joylari, yaʼni yotoqxonalar — yongʻin xavfsizligi nuqtai nazaridan eng koʻp eʼtibor qaratiladigan obʼektlardan sanaladi. Mutaxassislar talabalar yotoqxonasidagi sharoitlarni, xususan, oshxonadagi gaz plitalaridan foydalanish tartibini oʻrgandilar. Yoshlarga gaz jihozlaridan toʻgʻri va ehtiyotkorlik bilan foydalanish, elektr tarmogʻiga ortiqcha yuklama bermaslik qoidalari tushuntirildi.

Shuningdek, binodagi birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari — oʻt oʻchirgichlarning mavjudligi va yaroqlilik muddati tekshiruvdan oʻtkazildi. Ularning favqulodda vaziyatlarda zudlik bilan foydalanishga shay holatda boʻlishi hayotiy muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.

Profilaktik tadbirlar doirasida tuman hududidagi yongʻin xavfsizligi infratuzilmasining muhim elementi boʻlgan yer osti suv olgich gidrantlarining texnik holati ham nazoratdan chetda qolmadi. Qutqaruvchilar gidrantlarning sozligi, suv bosimi va ularga maxsus texnikalarning toʻsiqsiz yaqinlashish imkoniyatlarini koʻzdan kechirdilar. Aniqlangan texnik kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Xulosa oʻrnida aytganda, Amudaryo tumanida oʻtkazilayotgan “Xavfsiz xonadon oyligi” tadbirlari shunchaki mavsumiy kampaniya emas, balki yurtdoshlarimizning qish mavsumidan betalafot chiqishlarini taʼminlashga qaratilgan tizimli harakatdir. Zero, oʻz uyining xavfsizligiga befarq boʻlmagan inson, nafaqat oʻzining, balki yon-atrofidagilarning ham osoyishtaligini asragan boʻladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026