16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:41
Jamiyat 👁 362

Prokuratura masʼullari otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdilar

Prokuratura masʼullari otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdilar

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar siyosati yangi bosqichga koʻtarildi. Yigit-qizlarning muammolarini xizmat xonalarida emas, balki “mahallabay” va “xonadonbay” tizimi asosida bevosita joyiga chiqib oʻrganish, ularni qiynayotgan masalalarga tezkor yechim topish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy etilgan rahbarlarning yoshlarni “otaliqqa olish” amaliyoti Amudaryo tumanida ham oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Maʼlumki, jamiyatda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, hayotda oʻz oʻrnini topishga qiynalayotgan yoki ijtimoiy-huquqiy koʻmakka muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tumandagi tashkilot rahbarlariga yoshlar nomma-nom biriktirilgan. Bu tizim doirasida Amudaryo tumani prokurori Bahrom Masharipovga 8 nafar, tuman prokurori oʻrinbosari Omirbay Xudaybergenovga 7 nafar hamda Departamentning tuman boʻlimi boshligʻi Maxsetbay Utepbergenovga 7 nafar — jami 22 nafar yoshlar “otaliqqa” biriktirilgan.

Tuman prokuraturasi tashabbusi bilan mazkur toifadagi yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, ularning muammolri tinglandi. Taʼkidlash joizki, muloqot rasmiyatchilikdan xoli, ochiq va samimiy ruhda oʻtdi. Unda tuman prokurori va masʼul rahbarlar oʻzlariga biriktirilgan yoshlar bilan yuzma-yuz oʻtirib, dildan suhbatlashdilar.

Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad — “otaliqqa” olingan yoshlarning bugungi kundagi real holatini oʻrganish, ularning oilaviy va ijtimoiy muhiti bilan yaqindan tanishish hamda kelajakdagi maqsadlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashishdan iborat boʻldi.

Ochiq muloqot davomida yoshlar oʻzlarini oʻylantirayotgan masalalarni ekin bayon etdilar. Xususan, ishtirokchilar doimiy ish oʻrniga ega boʻlish va oilasiga daromad keltirish, oʻz biznesini boshlash maqsadida imtiyozli kreditlar va yer maydonlari olish tartibi, kasb-hunarga oʻqish, zamonaviy IT texnologiyalarini oʻrganish, tibbiy xizmat va sogʻliqni saqlashga oid murojaatlarni oʻrtaga tashladilar.

Rahbarlar har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni hal etish yuzasidan masʼullarga aniq muddatli topshiriqlar berdilar va ijrosini oʻz nazoratiga oldilar.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, yoshlarni "otaliqqa olish" tizimi faqat muammolarni hal qilish bilan cheklanib qolmaydi. Masʼullar yoshlarning iqtidor va tashabbuslari ham qoʻllab-quvvatlashga eʼtbor qaratadilar. Ularning qiziqishlaridan kelib chiqib, sport, madaniyat va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalarida oʻz qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalasi ham masʼullarning doimiy eʼtiborida. Uchrashuvda yoshlar bilan bu borada ham suhbat qurilib, ularning qiziqishlari va kelajakdagi rejalari tinglandi.

Xulosa oʻrnida aytganda, Amudaryo tumani prokurori va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar yoshlarning ertangi kunga boʻlgan ishonchini mustahkamlamoqda. Bu saʼy-harakatlar ularni jamiyatning faol va tashabbuskor aʼzosi sifatida shakllanishiga, eng muhimi, kelajagimiz egalarini turli yot gʻoyalar taʼsiri va jinoyatchilik koʻchasidan asrab qolishga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019