16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:47
Jamiyat 👁 428

Inklyuziv jamiyat sari dadil qadamlar: Qoraqalpogʻistondagi toʻrt yetakchi NNTning 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida hisoboti tinglandi

Inklyuziv jamiyat sari dadil qadamlar: Qoraqalpogʻistondagi toʻrt yetakchi NNTning 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida hisoboti tinglandi

Maʼlumki, “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunida jamoat fondlari va nodavlat notijorat tashkilotlari har yili oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot eʼlon qilib borishi lozimligi koʻrsatilgan. Nukus shahridagi nodavlat notijorat tashkilotlari uyida shu munosabat bilan Oʻzbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi, Nogironlar jamiyati, Koʻzi ojizlar jamiyati va Karlar jamiyati Qoraqalpogʻiston boʻlimlari masʼullari muassasalar tomonidan oʻtgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, Oliy Majis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining Qoraqalpogʻiston boʻlinmasi, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlinmasi masʼullari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmita raisi Sharapat Otemisov ochdi va olib bordi. Qayd etilganidek, 2025-yil Qoraqalpogʻiston Respublikasida ijtimoiy himoya va inklyuzivlikni taʼminlash borasidagi islohotlarning amaliy natijalari bilan esda qolarli yil boʻldi. Hududda faoliyat yuritayotgan toʻrtta yirik nodavlat notijorat tashkiloti — Nogironlar assotsiatsiyasi, Nogironlar jamiyati, Koʻzi ojizlar jamiyati va Karlar jamiyati tomonidan yil davomida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Oʻzbekiston Nogironlar assotsiatsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boʻlimi 2025-yilda asosiy eʼtiborni jamoatchilik nazorati va grant loyihalariga qaratdi. Tashkilot tomonidan yil davomida ijtimoiy obʼektlarda toʻsiqsiz muhit yaratilganligi boʻyicha 17 ta jamoatchilik nazorati tadbirlari oʻtkazildi. Ushbu monitoringlar banklar, bozorlar, davlat xizmatlari markazlari va taʼlim muassasalarini qamrab oldi.

Assotsiatsiya grant tanlovlarida ham faollik koʻrsatdi. Xususan, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan «Inklyuziv infratuzilma yaratish» va mahalliy fondlar koʻmagida «Biz birgamiz» loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Xalqaro hamkorlik doirasida Birlashgan Millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturining «Barcha uchun xavfsiz turmush» grant loyihasi qoʻlga kiritildi. Shuningdek, korruptsiyaga qarshi kurashish mavzusida grant loyihasi doirasida seminarlar tashkil etilib, unda 300 dan ortiq nogironligi boʻlgan shaxslar va talabalar ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Nogironlar jamiyatining Qoraqalpogʻiston hududiy boʻlimi tomonidan 2025-yilda 223 marotaba tadbir oʻtkazilib, ularga 8735 nafar fuqaro jalb qilindi. Hozirgi kunda jamiyat aʼzolarining soni 37 ming 291 nafarni tashkil etadi.

Tashkilot xotin-qizlar bandligini taʼminlashga alohida urgʻu berdi. Xususan, «Tadbirkor ayollar haftaligi» doirasida kashtachilik boʻyicha master-klasslar tashkil etildi hamda «MEHNAT VA SAMARA» forumida hunarmand ayollar oʻz mahsulotlari bilan qatnashdilar. Inklyuzivlikni taʼminlash maqsadida jamiyat mutaxassislari tomonidan respublika boʻylab 650 dan ortiq bino va inshootlarning nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulayligi monitoring qilindi. Bayramlar arafasida va Ramazon oyida minglab ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati Qoraqalpogʻiston boʻlimi 2025-yilda oʻz aʼzolarining madaniy hordiq chiqarishi va salomatligini tiklashga eʼtibor qaratdi. Hisobot davrida jamiyatga 276 nafar yangi aʼzo qabul qilinib, umumiy roʻyxatdagilar soni 7 ming 449 nafarga yetdi. Yil davomida 359 ta madaniy-maʼrifiy tadbir va 45 ta sport musobaqasi oʻtkazildi.

Bandlik masalasida ham ijobiy natijalar qayd etildi: 13 nafar koʻzi ojiz shaxs ishga joylashtirilib, jamiyat aʼzolaridan ishlovchilar soni 155 nafarga yetdi. Ijtimoiy himoya doirasida homiylar va mahalliy hokimiyat koʻmagida aʼzolarga 236 million soʻmdan ortiq moddiy yordam koʻrsatildi. Shuningdek, 96 nafar aʼzo sihatgohlarga bepul yoʻllanma bilan taʼminlandi.

Oʻzbekiston Karlar jamiyati Qoraqalpogʻiston boʻlimi esa eshitish va gapirish qobiliyati cheklangan shaxslarni kasbga yoʻnaltirishda namunali ishlarni amalga oshirdi. Surdotarjimonlar koʻmagida 15 nafar erkak haydovchilik guvohnomasini olish uchun oʻqitilib, ulardan 6 nafari guvohnomaga ega boʻldi va 3 nafari «Yandex» taksi xizmatida ish boshladi.

Jamiyat tomonidan 468 nafar fuqaroga mavsumiy ishlarda bandligini taʼminlashga koʻmaklashildi. Ijtimoiy himoya daftarida turuvchi 429 ta oilaga kommunal toʻlovlar uchun 1 million soʻmdan mablagʻ plastik kartalariga tushirib berildi. Tibbiy yoʻnalishda ham amaliy yordam koʻrsatilib, aʼzolarning koʻz operatsiyalari va sanatoriylarda davolanishi tashkil etildi.

Xulosa qilib aytganda, 2025-yilda mazkur toʻrt tashkilot davlat subsidiyalari va grant mablagʻlaridan samarali foydalangan holda, minglab hamyurtlarimizning ijtimoiy hayotga moslashuviga va huquqlari himoya qilinishiga xizmat qildi.

Yigʻilish ishtirokchilari mazkur tashkilotlarning 2025-yil davomidagi faoliyatiga yuqori baho berib, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019