17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:58
Jamiyat 👁 458

Ichimlik suv inshootlari texnologik auditdan oʻtkazilmoqda

Ichimlik suv inshootlari texnologik auditdan oʻtkazilmoqda

Maʼlumki, Orolboʻyi mintaqasida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish va kommunal sohadagi infratuzilmani modernizatsiya qilish masalasi davlatimiz va hukumatimizning doimiy eʼtibor markazidagi masalalardan biri hisoblanadi. Sababi, aholining turmush farovonligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish bevosita sifatli ichimlik suvi taʼminotiga bogʻliq.

Shu bois, sohada olib borilayotgan islohotlar koʻlami yil sayin kengayib, mavjud suv inshootlarining texnik holatini yaxshilash va xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugungi kunda "Qoraqalpoq suv taʼminoti" aktsiyadorlik jamiyati tomonidan respublika hududidagi 412 dona suv inshootlari orqali xalqimizga toza ichimlik suvi yetkazib berish hamda kanalizatsiya xizmatlarini koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. Biroq, ushbu inshootlarning samaradorligini doimiy ravishda tahlil qilish va nazoratga olish davr talabidir.

Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-apreldagi "Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 66-sonli farmoni soha xodimlari oldiga yangi va dolzarb vazifalarni qoʻydi. Mazkur farmonning 4-kichik bandiga muvofiq, 2025-yilning 1-iyulidan boshlab barcha ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obʼektlarini texnologik auditdan oʻtkazish tartibi qatʼiy belgilab berildi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad — tizimdagi mavjud muammolarni oʻz vaqtida aniqlash, maʼnan va jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda energiya resurslarini tejash orqali aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishdan iboratdir.

Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspektsiyasi hamda "Qoraqalpoq suv taʼminoti" aktsiadorlik jamiyati mutaxassislari hamkorligida texnologik audit oʻtkazish boʻyicha maxsus reja-grafik ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi.

Tasdiqlangan reja-jadvalga asosan, ayni kunlarda joylardagi ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimi obʼektlarida keng qamrovli oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Inspektsiya xodimlari tomonidan obʼektlarning qurilgan yili, loyihaviy va amaldagi quvvati, ishlab chiqarish unumdorligi, modernizatsiya qilish zarurati va boshqa muhim texnologik parametrlari sinchkovlik bilan koʻzdan kechirilmoqda. Bu jarayon shunchaki statistik maʼlumot toʻplash emas, balki inshootlarning samaradorligini tekshiruvchi chuqur tahliliy jarayondir.

Ushbu reja-jadval asosida yaqinda Amudaryo tumanining Boʻz yop ovuli hududida joylashgan suv inshootida ham nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Mutaxassislar stantsiyaning bugungi kundagi texnik holatini oʻrganib, nasos agregatlarining ish samaradorligi, suv tozalash tizimining sozligi va elektr energiyasi sarfi koʻrsatkichlarini tahlil qildilar.

Texnologik auditning eng muhim jihati uning natijadorligida namoyon boʻladi. Oʻrganishlar yakuniga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat inspektsiyasi tomonidan har bir obʼekt boʻyicha maxsus xulosalar tayyorlanadi.

Ushbu hujjatda koʻzdan kechirilgan qurilmaning unumdorligini oshirish, aniqlangan texnik kamchiliklarni bartaraf etish, zarur hollarda uskunalarni zamonaviy tejamkor texnologiyalarga almashtirish boʻyicha aniq tavsiya va koʻrsatmalar aks etadi. Bu esa suv taʼminoti korxonalariga oʻz faoliyatini qayta koʻrib chiqish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va pirovardida aholini uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash imkonini beradi.

Hozirgi vaqtda bunday nazorat tadbirlari Qoraqalpogʻistonning barcha tuman va shaharlarida davom ettirilmoqda. Zero, har bir xonadonga kirib borayotgan toza ichimlik suvi — xalqimiz farovonligi va salomatligining muhim kafolatidir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019