16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:41
Jamiyat 👁 265

“Turon yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining Respublika bosqichi oʻtkazildi

“Turon yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining Respublika bosqichi oʻtkazildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yurituvchi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Turon yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbir yoshlar orasida vatanparvarlik tuygʻusini mustahkamlash, harbiy-amaliy koʻnikmalarni shakllantirish va sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Bu musobaqa nafaqat jismoniy quvvat, balki bilim, intizom, tezkor fikrlash hamda jamoaviy hamjihatlikni namoyon etish maydoni sifatida yosh avlodning ruhiy va amaliy tayyorgarligiga keng imkoniyat yaratadi.

Respublika bosqichida hududlardan saralab olingan jami 21 ta jamoa oʻzaro kuch sinashdi. Bellashuvlarga tayyorgarlik jarayonida ishtirokchi oʻquvchilar oʻz bilim va mahoratini oshirishga, jamoa ruhini mustahkamlashga hamda masʼuliyatni his etib harakat qilishga alohida eʼtibor qaratgani musobaqa jarayonida yaqqol sezildi. Shartlar bir qarashda sportga oiddek tuyulsa-da, aslida har biri oʻquvchining fikrlash darajasi, irodasi, jasorati va turli vaziyatlarda toʻgʻri qaror qabul qilish qobiliyatini sinashga xizmat qildi.

Musobaqaning eng qiziqarli shartlaridan biri — “Temur tuzuklari” bilimdoni” sharti boʻldi. Ushbu shart orqali ishtirokchilarning tarixiy bilimlari, milliy merosni anglash darajasi hamda mantiqiy tafakkuri baholandi. Bugungi global axborot maydonida yoshlarning oʻz tarixi, buyuk ajdodlar merosi va davlatchilik anʼanalari haqida chuqur tasavvurga ega boʻlishi muhim ahamiyatga ega. Shu maʼnoda, “Temur tuzuklari” yoshlarning faqat jismoniy emas, maʼnaviy-axloqiy tayanchlarini ham mustahkamlashga qaratilgan oʻta dolzarb shart sifatida eʼtirof etildi.

Bellashuvlar davomida harbiy-amaliy yoʻnalishdagi topshiriqlar ayniqsa masʼuliyat talab qilgani bilan ajralib turdi. Kamondan oʻq otish va sport qurolidan nishonga aniq zarba berish shartlarida ishtirokchilarning diqqat-eʼtibori, hayajonni boshqara olishi, tana muvozanati va oʻziga ishonchi muhim ahamiyat kasb etdi. Bu kabi mashgʻulotlar yoshlarda aniqlik, sabr-toqat hamda maqsadga intilish fazilatlarini tarbiyalaydi.

Shundan keyingi shart — qurolni toʻliq boʻlmagan qismlarga ajratish va qayta yigʻish — texnik mahorat, chaqqonlik va tezkorlikni talab etdi. Har bir jamoa aʼzosi oʻz vazifasini aniq anglab, vaqt bilan hisoblashgan holda ish koʻrishi lozim boʻldi. Bu esa, oʻz navbatida, intizom va jamoa ichidagi muvofiqlashuvni kuchaytirdi.

Musobaqaning yana bir muhim va hayotiy ahamiyatga ega sharti — birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻldi. Favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri va tezkor harakat qilish, zarur paytda bir inson hayotini saqlab qolishga xizmat qiluvchi amaliy bilimlar har qanday fuqaro uchun juda muhim sanaladi. Ushbu shartda ishtirokchilarning favqulodda holatga munosabati, tez fikrlashi, holatni baholay olishi va amaliy koʻnikmalari sinovdan oʻtkazildi. Mazkur yoʻnalishdagi tajriba nafaqat harbiy-sport musobaqalarida, balki hayotning oʻzida ham yoshlarga koʻp marotaba asqotishi shubhasiz.

Bellashuvlar jarayonida jamoalar oʻzaro hamjihatlik, oʻzaro yordam, intizom va yuksak masʼuliyat namunasini koʻrsatdilar. Shartlar doirasidagi har bir harakat hakamlar hayʼati tomonidan adolatli va shaffof mezonlar asosida baholab borildi.

Qizgʻin, mukammal tayyorgarlik va iroda talab qilgan bahslar oxirida eng kuchli jamoalar aniqlandi. Yakuniy natijalarga koʻra, 1-oʻrinni Nukus shahridagi Ibrayim Yusupov nomidagi ijod maktabining “Lochinlar” jamoasi qoʻlga kiritdi. 2-oʻrin Qoraoʻzak tumani ixtisoslashtirilgan maktabining “Terbenbes” jamoasiga nasib etdi. 3-oʻrin esa Nukus shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining “Jayxun” jamoasiga berildi. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan “Lochinlar” jamoasi musobaqaning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharafini himoya qilish huquqini qoʻlga kiritdi.

Tadbir yoshlarning kelajakda turli sohalarda masʼuliyatni his etgan holda mehnat qilishi, yurtga xizmat qilishga tayyor boʻlib kamol topishida muhim tajriba maktabi sifatida namoyon boʻldi. Yoshlarning harbiy-sport sohasiga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularning amaliy koʻnikmalarini hamda vatanparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlash maqsadida bunday musobaqalar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026