16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:22
Jamiyat 👁 218

TUMAN ADLIYa BOʻLIMINING 2025-YILDAGI FAOLIYaTI SARHISOBI

TUMAN ADLIYa BOʻLIMINING 2025-YILDAGI FAOLIYaTI SARHISOBI

Amudaryo tumani Adliya boʻlimining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri – bu qonun buzilishi holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etishdan iboratdir. 2025-yil sarhisobiga koʻra, boʻlim tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar va monitoringlar davomida jami 1219 ta qonunbuzilish holati aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida shunday holatlarning oldini olish maqsadida tegishli tashkilotlarga 27 ta taqdimnoma kiritildi.

Ushbu taqdimnomalar shunchaki qogʻozdagi rasmiyatchilik emas, balki amaliy natijalarga ega hujjatlardir. Xususan, ularning ijrosi natijasida 1378 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi. Shuningdek, qonunchilik talablarini buzgan 10 nafar mansabdor shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Fuqarolar va davlat manfaatlarini koʻzlab 750 million soʻm miqdoridagi qarzdorlik undirib berilgani adliya organlarining qatʼiy pozitsiyasidan dalolat beradi.

Bundan tashqari, sud-huquq sohasida ham sezilarli ishlar qilindi. Fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida sudlarga 47 ta ariza va daʼvo arizalari kiritildi. Natijada, sud qarorlari bilan 47 ta subʼektning huquqlari tiklanib, ularning foydasiga 346 million soʻm mablagʻ undirilishiga erishildi.

Davlat xizmatlari: tyezkorlik, shaffoflik va qulaylik

Aholining ogʻirini yengil qilishda Davlat xizmatlari markazi faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Tuman Adliya boʻlimi DXM tomonidan 2025-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarga jami 85 ming 99 ta davlat xizmati koʻrsatildi. Eʼtiborli jihati shundaki, raqamli texnologiyalarning rivojlanishi natijasida mazkur xizmatlarning 37 ming 688 tasi onlayn tartibda amalga oshirilgan.

Tadbirkorlik muhitini yaxshilash borasidagi ishlar ham eʼtiborga molik. Yil davomida 226 ta yuridik shaxs va 809 ta yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlik subʼektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Aholi eng koʻp foydalangan xizmatlar tahlili shuni koʻrsatadiki, elektron raqamli imzo kalitini olish boʻyicha 11 ming 558 ta murojaat qanoatlantirilgan. Shuningdek, kredit tarixi (8 ming 447), sudlanmaganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma (4 ming 829), xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish (4 ming 442) kabi xizmatlarga talab yuqori boʻlgan.

Markaz xodimlari faqat bino ichida emas, balki olis hududlarda ham aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Xususan, chekka qishloqlarda tashkil etilgan sayyor qabullar davomida 5 ming 579 ta sayyor davlat xizmati koʻrsatilib, aholining vaqti va mablagʻi tejalishiga erishildi.

FHDYo faoliyati: dyemografik oʻsish va oilalar mustahkamligi

Hisobot davrida Amudaryo tumani FHDYo boʻlimi tomonidan tumanda 4 ming 347 ta tugʻilganlik holati qayd qilindi. Shundan 11 nafari muddatida qayd qilinmagan bolalar boʻlib, FHDYo xodimlarining amaliy yordami bilan ularga hujjatlar rasmiylashtirib berildi.

Oila – jamiyatning asosiy boʻgʻinidir. Oʻtgan davr mobaynida tumanda 1 ming 550 ta yangi oila bunyod boʻldi. Quvonarlisi, ularning 650 tasini yosh oilalar tashkil etadi. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida nikohlarning 899 tasi sayyor tartibda qayd etilganligi tahsinga sazovor. Afsuski, 182 ta oilaviy ajrimlar ham kuzatilgan boʻlib, bu borada yarashtirish komissiyalari tomonidan muntazam ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, FHDYo boʻlimi tomonidan chet davlatlarda tugʻilgan bolalarning hujjatlarini yagona elektron arxiv bazasiga kiritish, nikohda turmagan ota-onalardan tugʻilgan 147 nafar bolaga otalikni belgilash hamda yolgʻiz onalardan tugʻilgan 51 nafar bolaga guvohnomalar berish kabi ijtimoiy ahamiyatga ega ishlar amalga oshirildi.

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi: sifat va nazorat uygʻunligi

Davlat tashkilotlari faoliyatining qonuniyligini taʼminlashda Yuridik xizmat koʻrsatish markazining ahamiyati katta. 2025-yil davomida markaz tomonidan xizmat koʻrsatiluvchi tashkilotlardan kelib tushgan jami 93 ming 683 ta hujjat huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi. Ularning 92 ming 332 tasiga ijobiy xulosa berilgan boʻlsa, qonunchilikka zid boʻlgan 20 ta loyihaga salbiy xulosa berildi va 661 ta hujjat qayta ishlash uchun qaytarildi. Bu esa oʻz navbatida, noqonuniy qarorlar qabul qilinishining oldini oldi.

Markaz tashkilotlarning mulkiy manfaatlarini himoya qilishda ham faollik koʻrsatdi. Xususan, qarzdorliklarni undirish boʻyicha kiritilgan talabnomalar natijasida byudjet tashkilotlari foydasiga 476 mln 728 ming soʻm mablagʻ undirilishiga erishildi. Sudlar tomonidan tashkilotlarning 65 mln 346 ming soʻm qarzdorliklarini undirish boʻyicha daʼvo arizalari qanoatlantirildi.

Huquqiy targʻibot – davr talabi

Qonunlar ijrosini taʼminlashning eng samarali yoʻli – aholining huquqiy madaniyatini oshirishdir. Shu maqsadda Adliya boʻlimi tomonidan keng koʻlamli targʻibot ishlari olib borildi.

Xususan, 2025-yil davomida aholi oʻrtasida va tashkilotlarda 4 ming 683 ta targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar ham salmoqli: televideniyeda 25 marotaba, radioda 17 marotaba chiqish qilinib, gazetalarda 19 ta maqola va veb-saytlarda 15 ta material eʼlon qilindi.

Amudaryo tumani Adliya boʻlimi va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar salmogʻi nafaqat raqamlarda oʻz aksini topdi, balki fuqarolar va tadbirkorlar hayotida qonuniylik, huquqiy himoya hamda adolatli munosabatlar mustahkamlanishida ham yaqqol namoyon boʻldi. Bu mehnatlar ortida esa minglab fuqarolarning tiklangan huquqlari, tejalgan vaqti va qonun ustuvorligiga boʻlgan ishonchi mujassam.

Mansur Sadikov, Amudaryo tumani adliya boʻlimi boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019