16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:19
Jamiyat 👁 248

IChIMLIK SUVIDAN NOQONUNIY FOYDALANISh HOLATLARIGA ChEK QOʻYILMOQDA

IChIMLIK SUVIDAN NOQONUNIY FOYDALANISh HOLATLARIGA ChEK QOʻYILMOQDA

Ichimlik suvi — nafaqat hayot manbai, balki asrab-avaylanishi lozim boʻlgan strategik resursdir. Ayniqsa, iqlim oʻzgarishi va suv tanqisligi kuchayib borayotgan bugungi sharoitda har bir tomchi suvning qadri oshib bormoqda. Shu bois suv resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, tizimga oʻzboshimchalik bilan ulanishlarning oldini olish hamda sohada qonun ustuvorligini taʼminlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan.

Ichimlik suvidan qonunga xilof ravishda foydalanishning oldini olish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspektsiyasi, “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyati hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasining qoʻshma qarori qabul qilingan. Ayni kunlarda mazkur qoʻshma qaror ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu hamkorlik suv taʼminoti tizimini muhofaza qilish, tarmoqlardagi yoʻqotishlarni kamaytirish va aholiga barqaror xizmat koʻrsatishni taʼminlashga qaratilgan.

Mazkur tadbirlar doirasida Amudaryo tumanining chekka hududlarida ichimlik suvi taʼminoti tizimlaridan foydalanish madaniyatini oshirish, tarmoqqa noqonuniy ulanishlarni aniqlashga qaratilgan navbatdagi reyd tadbirlari oʻtkazildi. Xususan, tumandagi Oʻrta qalʼa ovuli hamda Boʻston mahallasi hududlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar jarayonida sohadagi mavjud tartib-qoidalarga amal qilmay, oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib olgan fuqarolar aniqlandi. Mutaxassislar tomonidan holatlar joyida oʻrganilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Taʼkidlash joizki, suv taʼminoti tizimiga noqonuniy ulanish nafaqat davlat manfaatlariga zarar yetkazadi, balki tarmoqdagi bosimning pasayishiga, quvurlarning shikastlanishiga va masʼuliyatli isteʼmolchilarga ham suv yetkazib berishda uzilishlar boʻlishiga sabab boʻladi.

Reyd davomida aniqlangan holatlar boʻyicha ikki nafar fuqaroga nisbatan tegishli choralar koʻrildi. Mazkur shaxslarning xatti-harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 163-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari qayd etilgani natijasida qonunbuzarlarga nisbatan jami 8 million 240 ming soʻm miqdorida jarima jazosi qoʻllanildi.

Bu kabi tadbirlar nafaqat jazolash, balki aholi oʻrtasida huquqiy targʻibot ishlarini kuchaytirishni ham koʻzda tutadi. Shu sababli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspektsiyasi xodimlari joylarda aholi va isteʼmolchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, amaldagi qonunchilik talablari haqida maʼlumotlar bermoqda. Uchrashuvlarda fuqarolarga ichimlik suvidan foydalanishda shartnomaviy munosabatlarga amal qilish, hisoblagich asboblarini oʻz vaqtida oʻrnatish va noqonuniy harakatlardan tiyilish lozimligi uqtirilmoqda. Zero, suv taʼminoti tizimining barqaror ishlashi, kelgusi avlodlar uchun ham toza va yetarli suv zaxiralarini saqlab qolish har birimizning masʼuliyatimizga bevosita bogʻliq.

Hududlarda nazorat reydlari izchil davom ettirilmoqda. Bu esa suv isrofgarchiligiga chek qoʻyish, sohada qonuniylikni mustahkamlash va aholiga sifatli xizmat koʻrsatishni taʼminlash yoʻlidagi muhim qadamdir.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019