16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:53
Jamiyat 👁 219

MAHALLALARDA XAVFSIZ MUHITNI YaRATISh BOʻYIChA MANZILLI IShLAR DAVOM ETMOQDA

MAHALLALARDA XAVFSIZ MUHITNI YaRATISh BOʻYIChA MANZILLI IShLAR DAVOM ETMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan joylarda aniq va maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Amudaryo tumanida mazkur hujjat talablaridan kelib chiqqan holda mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda aholining xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil yoʻlga qoʻyilgan.

Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi Qoʻriqlash xizmati tomonidan 2026-yil davomida tuman mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va profilaktika ishlari samaradorligini oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Ayniqsa, kriminogen vaziyati ogʻir, “qizil” toifaga kiritilgan hududlarda manzilli ishlash tizimi asosida keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Tumanning Durunki mahallasi ham kriminogen vaziyat borasida “qizil” toifaga kiritilgan. Tuman Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi Qoʻriqlash xizmati tomonidan mazkur hududda aholi xonadonlari, tadbirkorlik obʼektlari oʻrganilib, qoʻriqlash xizmati imkoniyatlari va afzalliklari toʻgʻrisida tushuntirish, targʻibot va tashviqot tadbirlari muntazam tashkil etilmoqda.

Qoʻriqlash xizmati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar aniq raqamlarda ham oʻz ifodasini topmoqda. Joriy yilning yanvar oyida 8 ta tadbirkorlik obʼekti hamda 8 ta fuqaro xonadonlari qoʻriqlash va yongʻindan ogohlantirish signalizatsiya vositalari orqali qoʻriqqa olindi. Fevral oyida esa 2 ta tadbirkorlik obʼekti, shuningdek, himoya orderi berilgan 61 nafar fuqarolar yashovchi xonadonlar zamonaviy texnik vositalar yordamida muhofazaga olindi. Ushbu obʼekt va xonadonlarga qoʻriqlash va yongʻindan ogohlantirish signalizatsiyasi hamda “Tashvish” tugmasi oʻrnatilishi orqali xavfsizlik darajasi oshirildi. “Tashvish” tugmasining ahamiyati shundaki, agar oilada notinchlik kelib chiqib, himoyaga olingan ayollarga xavf tugʻilsa, ushbu tugma bosilganidan keyin sanoqli daqiqalarda Qoʻriqlash xizmati xodimlari yetib keladi.

Shuningdek, tumandagi 13 ta koʻp qavatli uyning kirish yoʻlaklariga ham “Tashvish” tugmalari oʻrnatilib, mazkur uylardagi 156 ta xonadon xavfsizligi taʼminlangan holda doimiy qoʻriqqa olindi. Bu esa koʻp qavatli uylarda yashovchi aholining xavfsizligini taʼminlash, favqulodda holatlarda tezkor chora koʻrish imkonini yaratmoqda.

Mutaxassislar taʼkidlashicha, manzilli va tizimli yondashuv asosida amalga oshirilayotgan ushbu chora-tadbirlar mahallalarda huquqbuzarliklar sonini qisqartirish, aholining huquqiy ongi va xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Amudaryo tumanida xavfsiz muhitni yaratish borasida olib borilayotgan bu kabi chora-tadbirlar esa Prezident qarori ijrosining amaliy ifodasi sifatida aholi farovonligi va tinchligini taʼminlashga qaratilgan muhim qadam boʻlib xizmat qilmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019