16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:06
Jamiyat 👁 245

Bojxona qoʻmitasi tashabbusi bilan ehtiyojmand aholi vakillari va nuroniylar uchun iftorlik dasturxoni yozildi

Bojxona qoʻmitasi tashabbusi bilan ehtiyojmand aholi vakillari va nuroniylar uchun iftorlik dasturxoni yozildi

Mamlakatimizda muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar izchil davom etmoqda. Davlatimiz rahbarining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori asosida bu yil ushbu muborak oy “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” gʻoyasi ostida tashkil oʻtkazilmoqda. Ushbu ezgu tashabbusdan koʻzlangan asosiy maqsad — xalqimizga xos insonparvarlik, bagʻrikenglik, saxovat va oʻzaro hurmat kabi qadriyatlarni yanada mustahkamlash, ularni keng targʻib etishdan iborat.

Qaror ijrosi doirasida joylarda iftorlik dasturxonlari yozilib, xayriya tadbirlari oʻtkazilmoqda. Bunday tadbirlar nafaqat diniy-maʼnaviy ahamiyatga ega, balki aholi oʻrtasida oʻzaro hamjihatlik va birdamlik muhitini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, ehtiyojmand oilalar, keksa insonlar va jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga koʻrsatilayotgan eʼtibor jamiyatda ijtimoiy himoya tamoyillarining mustahkamlanishiga zamin yaratayapti.

Ramazon oyi munosabati bilan Bojxona qoʻmitasi tashabbusi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo, Beruniy va Toʻrtkoʻl tumanlarida ehtiyojmand aholi vakillari uchun iftorlik tadbirlari tashkil etildi. Ushbu xayrli amallar orqali yuzlab fuqarolar bir dasturxon atrofida jam boʻlib, muborak oyning fayzidan bahramand boʻlishdi. Tadbirlarda nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari hamda sohada faoliyat yuritayotgan masʼul xodimlar ishtirok etdi.

Amudaryo tumani tashkil qilingan iftorlik marosimida soʻz olganlar yurtdoshlarimizni muqaddas Ramazon oyi bilan samimiy qutlab, amalga oshirilayotgan xayriya tadbirlari insonlar oʻrtasida mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini taʼkidladilar. Shuningdek, Ramazon oyining maʼnaviy fazilatlari, saxovat va shukronalikning inson hayotidagi oʻrni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Aytib oʻtilganidek, bu oy nafaqat roʻza tutish, balki ezgu amallar qilish, muhtojlarga koʻmak berish, qalblarni yaqinlashtirish oyidir.

Tadbir davomida duoga ochilgan qoʻllar, keksalarning samimiy tilaklari va ezgu niyatlari iftorlik dasturxoniga alohida fayz bagʻishladi. Yoshi ulugʻ insonlarning duolari ishtirokchilar qalbida iliq tuygʻular uygʻotdi. Bunday samimiy muhit jamiyatda oʻzaro hurmat va bagʻrikenglik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muhimi, mazkur xayrli tadbirlar faqat alohida hududlar bilan cheklanib qolmayapti. Respublika boʻylab turli tashkilot va idoralar tomonidan ehtiyojmand aholi qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan iftorlik va xayriya aktsiyalari izchil davom ettirilmoqda. Bu esa Ramazon oyining mazmun-mohiyati — mehr-muruvvat va shukronalik gʻoyalari amalda oʻz ifodasini topayotganini koʻrsatadi.

Prezidentimizning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorida qayd qilinganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda inson qadri, huquq va manfaatlarini taʼminlash, jamiyatimizda tinchlik, doʻstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, ehtiyojmand toifalarni ijtimoiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar tufayli muqaddas islom dinining insonparvarlik mohiyati, oʻzaro ahillik, saxovat va shukronalik gʻoyalarini oʻzida mujassam etgan muborak Ramazon oyi xalqimiz qalbiga yanada yaqin va moʻʼtabar ayyomga aylanmoqda. Ushbu maʼtabar va muborak ayyom munosabati bilan yozilgan iftorlik dasturxoni ham mana shu xayrli ishlarning amaliy ifodasi boʻldi.

Muborak Ramazon oyini yuqori saviyada tashkil etish, ehtiyojmandlarga yordam koʻrsatish va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga qaratilgan bu kabi ezgu ishlar jamiyatimizda insonparvarlik tamoyillarini yanada mustahkamlashga hissa qoʻshmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019