16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:56
Jamiyat 👁 198

Ramazon — mehr-muruvvat va saxovat oyi: Amudaryoda xayriya ishlari izchil davom etmoqda

Ramazon — mehr-muruvvat va saxovat oyi: Amudaryoda xayriya ishlari izchil davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ramazon oyini munosib kutib olish va yuqori saviyada oʻtkazishga doir qarori yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham ezgu amallar, xayriya tadbirlari va saxovat ishlarining yanada keng quloch yoyishiga zamin yaratmoqda. Mazkur qarorda ilgari surilgan “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ulugʻ gʻoya asosida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olish, ularga maʼnaviy va amaliy koʻmak koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, “Yusuf eshon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsapoyev va noib imom Sodiq Toʻrayev tomonidan mahallalarda istiqomat qilayotgan ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan va kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga mehr-eʼtibor koʻrsatilmoqda.

Masʼullar Choykoʻl ovulida yashovchi, boquvchisini yoʻqotgan Qunduzoy Oʻrazboyeva xonadonida boʻlishib, u yerda iftorlik dasturxoni yozdilar. Bu xayrli tadbir orqali bir xonadonga nafaqat moddiy, balki katta maʼnaviy dalda ham berildi.

Shuningdek, Oʻrtaqalʼa ovulida yashovchi kam taʼminlangan oila vakili Zarifboy Davletov xonadonidan ham xabar olinib, bu yerda ham iftorlik dasturxoni tashkil etildi. Ushbu xayrli amallar aholi orasida saxovat va insoniylik fazilatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda. Zero, Ramazon oyida qilingan har bir yaxshilik, har bir savobli ish insonlar qalbida shukronalik tuygʻusini mustahkamlashga hissa qoʻshadi.

Xayriya ishlari faqat iftorlik dasturxonlari bilan cheklanib qolmayapti. Mutasaddilar Choykoʻl ovulida yashovchi Qunduzoy Oʻrazboyeva xonadonida ham boʻlishib, homiylarni jalb qilgan holda uning taʼmirtalab uyida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish jarayoni bilan tanishdilar. Imom-xatib, noib imom va mahalla imomi ushbu xonadonda olib borilayotgan qurilish ishlarini koʻzdan kechirib, ezgu tashabbusning amaliy ijrosiga alohida eʼtibor qaratdilar. Bu esa Prezident qarorida belgilangan ehtiyojmand insonlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash vazifasi joylarda samarali amalga oshirilayotganining yorqin namunasidir.

Xayriya tadbirlari doirasida Doʻstlik mahallasida yashovchi kam taʼminlangan oila vakili, 2-guruh nogironi Qoʻchqor Xolmuradov xonadonida ham iftorlik dasturxoni yozildi. Mazkur xayriya tadbiri nogironligi boʻlgan fuqarolarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, ularning hayotiga yengillik va koʻngliga taskin bagʻishlash yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻldi.

Amudaryo tumanida amalga oshirilayotgan bu kabi xayrli ishlar yurtimizda inson qadrini yuksaltirish, ehtiyojmand insonlarni qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan davlat siyosati joylarda izchil va samarali ijro etilayotganini koʻrsatadi. Ayniqsa, muqaddas Ramazon oyida diniy-maʼrifiy soha vakillari, mahalla faollari, homiylar va jamoatchilikning birlashib, savobli ishlarda yelkadosh boʻlayotgani jamiyatimizdagi ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlamoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019