16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:34
Jamiyat 👁 204

“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi oʻtkazildi

“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi oʻtkazildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy-amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish, jismoniy va maʼnaviy barkamolligini oshirishga qaratilgan “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi yuqori saviyada oʻtkazildi. Mudofaa vaziri kubogi uchun tashkil etilgan mazkur nufuzli bellashuvda umumtaʼlim maktablarining eng faol va iqtidorli oʻquvchilari oʻz bilim, mahorat va jasoratini namoyon etdi.

Musobaqada tuman bosqichlarida faxrli birinchi oʻrinni egallagan 17 ta jamoa ishtirok etdi. Ular umumtaʼlim maktablarining 10–11-sinf oʻquvchilaridan iborat “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolaridir. Yoshlar 7 ta jamoaviy va 3 ta yakka tartibdagi, jami 10 ta murakkab hamda masʼuliyatli shart asosida oʻzaro bellashdi. Har bir shart ishtirokchilardan nafaqat jismoniy chidam va chaqqonlikni, balki tezkor fikrlash, jamoaviy hamjihatlik va yurtga sadoqat kabi muhim fazilatlarni ham talab qilishi bilan ahamiyatli boʻldi.

Bellashuvlar davomida saf qoʻshigʻini ijro etish, arqon tortish, turnikda tortinish, press mashqlari, harbiy estafeta va oʻq otish boʻyicha sinovlar tashkil etildi. Bu shartlar yoshlarning jismoniy tayyorgarligi, intizomi va matonatini sinash bilan birga, ularda harbiy muhitga xos masʼuliyat va irodani ham shakllantirdi. Shu bilan birga, “Temur tuzuklari bilimdoni” sharti orqali ishtirokchilar milliy tarix, harbiy meros va ajdodlar jasoratiga oid bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.

Musobaqaning yana bir muhim jihati shundaki, unda yoshlarning amaliy tayyorgarligiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatish, AK-74 qurolini sochish va yigʻish kabi sinovlar ishtirokchilarning nazariy bilimi amaliyot bilan uygʻun ekanini koʻrsatdi. Zamonaviy tafakkur va innovatsion yondashuvni aks ettirgan robototexnika koʻrgazmasi esa musobaqaga alohida ruh bagʻishlab, yosh avlodning texnologiyalarga boʻlgan qiziqishi va salohiyatini yaqqol namoyon qildi.

Bellashuvlar jarayonida har bir jamoa oʻzining jipsligi, qatʼiyati va vatanparvarlik tuygʻusini koʻrsatib, gʻalaba sari intilishini namoyon etdi. Maydonda hukm surgan sogʻlom raqobat, shijoat va joʻshqin kayfiyat yoshlarning qalbida yurtga sadoqat, xalq va Vatan oldidagi masʼuliyat hissini yanada mustahkamladi.

Tadbir yakunida gʻoliblar va faol ishtirok etgan jamoalar Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻmondoni, Yoshlar ittifoqining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi hamda hududiy “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan munosib taqdirlandi. Eng yuqori natijani qayd etib, faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoaga qoʻmondon kubogi topshirildi va ular Mudofaa vazirligi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Mazkur musobaqa yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni jismonan baquvvat, maʼnan yetuk va yurt taqdiriga daxldor avlod sifatida voyaga yetkazish yoʻlida muhim ahamiyat kasb etdi. Zero, Vatan kelajagi uni sevuvchi, himoya qilishga tayyor va bilimli yoshlar qoʻlidadir. Bu kabi musobaqalar esa Yangi Oʻzbekistonning ishonchli tayanchi boʻlgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalashda muhim oʻrin tutadi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019