16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:05
Jamiyat 👁 198

Sud-huquq masalalari yuzasidan sayyor qabul oʻtkazildi

Sud-huquq masalalari yuzasidan sayyor qabul oʻtkazildi

Amudaryo tumanida aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarni qiynab kelayotgan sud-huquq masalalariga aniqlik kiritish hamda jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar izchil davom etmoqda. Ana shunday muloqotlardan biri 16-mart kuni tumanning “Nazarxon” ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida tashkil etildi. Unda jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev, fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Adilbek Seytnazarov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Sanʼat Avezov, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti yuristi Davron Pirmanov hamda Nazarxon ovuli faolari, aholi vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabul avvalida jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev “Narkotik moddalar aylanmasiga qarshi kurashda sudlarning oʻrni” mavzusida fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berdi. Taʼkidlanganidek, bugungi kunda narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi jahon miqyosidagi eng xavfli jinoyatlardan biri sifatida eʼtirof etilmoqda. Bunday illat nafaqat alohida shaxs, balki butun jamiyat salomatligi, yoshlar kelajagi va davlat xavfsizligi uchun jiddiy tahdid tugʻdiradi.

Taʼkidlanganidek, narkotik vositalarni noqonuniy ishlab chiqarish, saqlash, tashish va tarqatish kabi harakatlar jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. Bu kabi huquqbuzarliklar oqibatida inson salomatligiga putur yetadi, oilalar parokanda boʻladi, jinoyatchilik darajasi ortishiga zamin yaratiladi. Shu nuqtai nazardan, sudlar mazkur toifadagi ishlarni koʻrib chiqishda qonun ustuvorligini taʼminlash, dalil va ekspertizalarni xolis tahlil qilish, aybdorlarga adolatli jazo tayinlash va ayni vaqtda inson huquqlarini himoya qilishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Qatʼiy va asosli sud qarorlari esa jinoyatchilikning oldini olishda muhim profilaktik taʼsir koʻrsatishi taʼkidlandi.

Tadbir davomida fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Adilbek Seytnazarov ham aholi uchun dolzarb boʻlgan “Kredit shartnomasi va undan kelib chiqadigan muammolar” mavzusida batafsil maʼruza qildi. Unda kredit tushunchasi, uning huquqiy asoslari va shartnomaviy majburiyatlar mazmuniga alohida toʻxtalib oʻtildi. Qayd etilganidek, kredit — muddatlilik, qaytarishlilik va foiz toʻlash sharti bilan vaqtincha beriladigan pul mablagʻlari yoki boshqa qimmatliklardir.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq, kredit shartnomasi boʻyicha bank yoki boshqa kredit tashkiloti qarz oluvchiga shartnomada belgilangan miqdor va shartlar asosida pul mablagʻi berish, qarz oluvchi esa mazkur mablagʻni qaytarish hamda uning uchun foiz toʻlash majburiyatini olishi tushuntirildi. Maʼruzada kredit shartnomasi qarz shartnomasidan farq qilishi, unda kreditor sifatida faqat vakolatli bank yoki tegishli litsenziyaga ega kredit tashkiloti ishtirok etishi mumkinligiga urgʻu berildi.

Adilbek Seytnazarov kredit munosabatlarida har ikki tarafning ham aniq huquq va majburiyatlari mavjudligini misollar bilan tushuntirib berdi. Jumladan, kreditor kelishilgan shartlar asosida mablagʻni berishga majbur boʻlsa, qarz oluvchi uni belgilangan muddatda foizi bilan qaytarishi shart. Shu bilan birga, kredit summasi real olingan paytdan boshlab qarz oluvchining foiz toʻlash va qarzni qaytarish majburiyati yuzaga kelishi haqida ham huquqiy izohlar berildi. Bu esa aholining kredit shartnomalarini imzolashdan oldin hujjat mazmunini chuqur anglab olishi naqadar muhim ekanini yana bir bor koʻrsatdi.

Sayyor qabulning amaliy qismida esa fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan sud-huquq masalalari, kredit munosabatlari, huquqiy javobgarlik, murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi kabi qator savollar bilan mutaxassislarga murojaat qildi. Tadbir ishtirokchilari har bir murojaat yuzasidan atroflicha huquqiy tushuntirish va amaliy maslahatlar oldi.

Mazkur sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, huquqiy savodxonlikni oshirish va fuqarolarning muammolarini joyida hal etish borasida muhim ahamiyat kasb etdi. Eng muhimi, bu kabi uchrashuvlar sud-huquq sohasi va xalq oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlashga, qonunlarga hurmat ruhini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019