16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:48
Iqtisodiyot 👁 1,113

Amudaryo tumanida kadastr xizmatlari sifati va qamrovi oshmoqda

Amudaryo tumanida kadastr xizmatlari sifati va qamrovi oshmoqda

Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi Amudaryo tumani filiali tomonidan joriy yil boshidan bugungi kungacha qator amaliy ishlar qilindi.

Filial tomonidan hududda yer va koʻchmas mulk munosabatlarini tartibga solish, fuqarolar hamda tadbirkorlik subʼektlariga qulay va sifatli kadastr xizmatlarini koʻrsatish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-937-son Qonuni ijrosini taʼminlash doirasida keng koʻlamli xatlov ishlari tashkil etildi.

Mazkur qonun talablari asosida koʻchmas mulk obʼektlarini xatlovdan oʻtkazish, ularni texnik inventarizatsiya qilish hamda elektron yigʻma jildlarini shakllantirish boʻyicha muhim ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 3 ta mahalla fuqarolar yigʻinida jami 2205 ta koʻchmas mulk obʼektlari xatlovdan oʻtkazildi. Hozirgi kunda ushbu jarayon izchil davom ettirilib, tumanning Boʻz solma mahalla fuqarolar yigʻinida xatlov ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, fuqarolar va yuridik shaxslar uchun davlat xizmatlarini yanada qulaylashtirish maqsadida kadastr pasportlarini rasmiylashtirish ishlari ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat xizmatlari markazlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jami 553 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga kadastr pasportlari shakllantirib berildi. Bu esa aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va tezkorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi 71-son qarori ijrosi yuzasidan ham tegishli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur qarorning 2-ilovasiga asosan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha takliflar kiritish hamda ular yuzasidan vakolat doirasida xulosalar berish ishlari olib borildi. Hisobot davrida umumiy maydoni 1,18 gektarni tashkil etuvchi 4 ta yer uchastkasi boʻyicha takliflar kiritildi. Shundan 2 ta yer uchastkasi hozirgi kunda auktsion savdolariga chiqarilgan boʻlsa, qolgan 2 ta yer uchastkasi boʻyicha muhokama jarayonlari davom etmoqda.

Umuman olganda, filial tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu ishlar hududda yer va koʻchmas mulkdan samarali foydalanishni taʼminlash, mulk huquqlarini qonuniy rasmiylashtirish hamda aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Kelgusida ham ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yanada kengaytirish va takomillashtirish rejalashtirilgan.

Sh.Sultanov, Davlat kadastrlari palatasi Amudaryo tumani filial boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019