16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:03
Siyosat 👁 1,139

Joʻqorgʻi Kenges Raisi Amudaryo tumaniga tashrif buyurib, yangi loyihalar bilan tanishdi

Joʻqorgʻi Kenges Raisi Amudaryo tumaniga tashrif buyurib, yangi loyihalar bilan tanishdi

 

Qoraqalpogʻiston zaminining har bir goʻshasida bugun ulkan bunyodkorlik nafasi sezilmoqda. Ayniqsa, Amudaryo tumanida aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlik subʼektlarini qoʻllab-quvvatlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish borasidagi islohotlar izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Joylarda amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi, davlat dasturlari ijrosi va fuqarolarning yashash sharoitlari bilan tanishish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Amudaryo tumanida boʻlib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.

Tashrifning dastlabki manzili Qipchoq mahallasi boʻldi. Bu yerdagi dehqon bozori hududida amalga oshirilishi belgilangan keng koʻlamli rekonstruktsiya va obodonlashtirish ishlari koʻzdan kechirildi. Savdo madaniyatini yuksaltirish, xaridorlar hamda sotuvchilar uchun munosib va qulay sharoitlar yaratish vazifalari muhokama qilindi.

Navbatdagi manzilda masʼullar Toʻlqin ovulidagi mirishkor aholi tomorqalarida barpo etilgan issiqxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu loyihalar orqali oilaviy daromadlarni oshirish, bozorlarimizni yil davomida uzluksiz, arzon va sifatli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlashning muhim ahamiyati alohida eʼtirof etildi.

Shundan soʻng, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligidagi masʼul rahbarlar Gulzor mahallasidagi "RIZQBARAKA" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan, oʻzida barcha qulayliklarni mujassam etgan yangi va zamonaviy savdo markazining ish jarayonlari, shuningdek, bu yerda yaratilgan yangi ish oʻrinlari bilan tanishdilar.

Boyovul mahallasida esa mahalliy tadbirkor Doniyor Jumamuratov tomonidan asos solingan, aholi talablariga mos mebel ishlab chiqarish tarmogʻining ish jarayoni koʻzdan kechirildi. Bunday kichik sanoat korxonalarining hudud iqtisodiyotini rivojlantirish va yoshlarni doimiy band qilishdagi beqiyos oʻrni va ahamiyati mutasaddilar tomonidan alohida eʼtirof etildi.

Joʻqorgʻi Kenges Raisi tumanning Chordara mahallasiga ham tashrif buyurib, "Amudaryo EKO MARKET" korxonasining innovatsion ekobozor va xaridorlar uchun moʻljallangan zamonaviy avtoturargoh qurish loyihalari bilan tanishdi. Ushbu maskanning ekologik toza mahsulotlar savdosini yoʻlga qoʻyish va infratuzilmani yaxshilashdagi ahamiyati yuqori baholandi.

Beruniy mahallasida joylashgan "Inobat Xoʻjaniyozova" oilaviy korxonasining milliy va zamonaviy duradgorlik yoʻnalishidagi sermahsul ishlari ham koʻzdan kechirildi. Bu esa hududlarda oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash naqadar toʻgʻri va samarali yoʻl ekanini, aholi farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor amalda isbotladi.

Amudaryo tumanida aholini ijtimoiy himoya qilish sohasiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Tashrif davomida ehtiyojmand qatlam uchun moʻljallangan "Faol hayotga qadam" nomli kunduzgi qarab turish markazining faoliyati oʻrganildi. Bu maskanda koʻrsatilayotgan tibbiy-psixologik xizmatlar va yaratilgan qulay shart-sharoitlar mutasaddilar tomonidan ijobiy baholandi.

Shu kuni tumanda "DONO AVLOD" nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Maskanda bolajonlarning sifatli taʼlim-tarbiya olishi, sogʻlom voyaga yetishi va dam olishi uchun yaratilgan ilgʻor, zamonaviy sharoitlar tadbir ishtirokchilari tomonidan yuksak baholandi. Joʻqorgʻi Kenges Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, mahalla ahlini ushbu yangi va zamonaviy taʼlim-tarbiya maskanining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan samimiy tabrikladi va muassasa faoliyati bilan tanishdi.

Joʻqorgʻi Kenges Raisi "Yangi Oʻzbekiston" massivida jadal surʼatlarda olib borilayotgan yirik qurilish va bunyodkorlik ishlarini ham koʻzdan kechirdi. Mazkur massiv hududida 2024-yilda 18,5 gektar maydonda jami 13 ta koʻp qavatli turar joy qurilishi boshlangan edi. Qisqa vaqt ichida jadallik bilan olib borilgan qurilish ishlari natijasida oʻtgan 2025-yilning oʻzida ushbu uylarning 7 tasi toʻliq bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Ayni paytda qolgan koʻp qavatli turar joylarning qurilish ishlari izchil davom etmoqda.

Tashrif davomida masʼullar Qilichboy ovulida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkor Sardorbek Imomaddinovning zamonaviy jihozlangan yangi oʻquv markazi bilan ham yaqindan tanishdilar. Ushbu dargohda yosh avlodga xorijiy tillar va axborot texnologiyalarini chuqur oʻrgatish uchun yaratilgan keng imkoniyatlar barkamol avlod tarbiyasida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etildi.

Qoromon mahallasida istiqomat qiluvchi Oʻmir Matyakubov oilasining namunali chorvachilik sohasida erishayotgan ulkan yutuqlari va ilgʻor tajribasi ham mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi. Goʻsht va sut yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida tumanning boshqa mahallalarida ham aynan shu kabi daromadli loyihalarni ommalashtirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.

Navbatdagi manzil sifatida tumanda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan "KUNGRAD DRINKS" korxonasining ish jarayonlari koʻzdan kechirildi. Ushbu subʼekt asosan keng koʻlamli ulgurji savdo faoliyati bilan shugʻullanib, ichki bozorni sifatli va arzon ichimliklar bilan uzluksiz taʼminlash hamda yangi ish oʻrinlari yaratishga xizmat qilmoqda.

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan qoʻshimcha pullik xizmatlarni yoʻlga qoʻyish va daromad bazasini shakllantirish loyihalari, xususan, koʻkalamzorlashtirish uchun manzarali daraxtlar va turli xil gul koʻchatlarini yetishtirish issiqxonalari koʻzdan kechirilib, mazkur tashabbus hududlar obodligini taʼminlashda beqiyos ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Yakunda Joʻqorgʻi Kenges Raisi "AMUDARYO YORUG‘" korxonasida chiqindilarni qayta ishlash va ikkilamchi granula ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan ekologik va iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi. Bu yerda tadbirkorlar bilan samimiy muloqot qilinib, ularning faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan barcha muammolarni tezkor bartaraf etish boʻyicha mutasaddi rahbarlarga aniq va qatʼiy topshiriqlar berildi.

Oʻrganishlardan soʻng, Amanbay Orinbayev rahbarligida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan kengaytirilgan majlis oʻtkazildi. Yigʻilishda mahallabay ishlash tizimi asosida yangi ish oʻrinlari yaratish boʻyicha mutasaddilarning taqdimotlari tinglandi.

Majlis faqat yutuqlarni eʼtirof etish bilan cheklanmadi. Unda mahallalarni obod qilish, infratuzilma muammolarini hal etish va davlat dasturlari doirasidagi loyihalarning kechikishi tanqidiy tahlil qilindi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish koʻlamini kengaytirish, kambagʻallikni qisqartirish va fuqarolarning qoʻshimcha daromad olishiga koʻmaklashish borasidagi sustkashliklarga yoʻl qoʻygan ayrim mutasaddilar faoliyati qattiq tanqid ostiga olindi. Oʻz vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan, berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlamagan masʼullarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Bu kabi oʻrganishlar va bevosita muloqotlar Amudaryo tumanining iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Belgilab berilgan vazifalar va yangi loyihalarning hayotga tatbiq etilishi natijasida esa yuzlab fuqarolar doimiy ish oʻrniga ega boʻladi, hudud infratuzilmasi yaxshilanadi. Eng muhimi, xalq roziligini olish yoʻlidagi bu ezgu ishlar "Inson qadri uchun" degan oliy tamoyilning amaldagi ifodasi boʻlib xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019