16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:19
Jamiyat 👁 283

82-sonli maktabda "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri boʻlib oʻtdi

82-sonli maktabda "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri boʻlib oʻtdi

Insoniyat tarixida avlodlar oʻrtasidagi vorisiylik, ajdodlar oʻgiti va kattalarning hayotiy tajribasi doimo jamiyatni toʻgʻri yoʻlga boshlovchi mayoq vazifasini oʻtab kelgan. Ayniqsa, bugungi shiddatli zamonda, turli yot gʻoyalar yoshlar ongini egallashga urinayotgan murakkab davrda nuroniylarning duosi va ularning ibratli hayot yoʻli nafaqat maʼnaviy ehtiyoj, balki xavfsiz va barqaror kelajakning mustahkam kafolatidir. Mamlakatimizda mahallabay ishlash tizimining yangi bosqichga koʻtarilishi, hududlarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash borasidagi islohotlar zamirida ham aynan inson qadrini ulugʻlash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadi mujassam.

Amudaryo tumanining Olmazor mahallasida joylashgan 82-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ana shunday ezgu maqsadlarni oʻzida ifoda etgan tadbir tashkil etildi. "Uch avlod uchrashuvi" shiori ostida oʻtkazilgan ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbir mazmun-mohiyatiga koʻra jamiyatning barcha qatlamlarini birlashtiruvchi muhim muloqot maydoniga aylandi.

Mazkur uchrashuv davlatimiz rahbari tomonidan 2026-yil 5-yanvarda imzolangan "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi. Ushbu tarixiy hujjat ijrosini taʼminlash, mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish va yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Nuroniy" jamgʻarmasi, mahalla faollari, ichki ishlar organlari va prokuratura tizimi hamkorligida bugun tumanning barcha hududlarida tizimli ishlarni amalga oshirilmoqda.

Mazkur uchrashuv ham ana shu keng koʻlamli hamkorlikning amaliy ifodasi boʻlib, unda "Nuroniy" jamgʻarmasi Amudaryo tumani boʻlimi raisi Bekman Allabergenov, tuman prokurori yordamchisi Sharyar Joldasov, mahallalarning faol oqsoqollari, maktablarga biriktirilgan inspektor-psixologlar, soha mutaxassislari va kelajagimiz egalari boʻlgan oʻquvchi yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni kirish soʻzi bilan ochgan Bekman Allabergenov yoshlar tarbiyasining naqadar nozik va masʼuliyatli jarayon ekanligiga alohida toʻxtalib oʻtdi. U oʻz nutqida bugungi kun yoshlari erishayotgan yutuqlarni eʼtirof etish bilan birga, ularni huquqbuzarlik va jinoyatchilik kabi illatlardan uzoq yurishga, berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishga chaqirdi. Nuroniy otaxonning hayotiy misollar bilan sugʻorilgan oʻgitlari tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.

Amudaryo tumani prokurorining yordamchisi Sharyar Joldasov yuqorida taʼkidlangan Prezident qarorining mazmun-mohiyatiga toʻxtalib oʻtdi. Prokuratura vakili taʼkidlaganidek, mahallada xavfsiz muhitni yaratish faqat huquq-tartibot organlarining ishi emas, balki butun jamoatchilikning, har bir fuqaroning burchidir. U oʻz nutqida Qaror doirasida olib borilayotgan ishlar, yoshlar oʻrtasida qonun ustuvorligini taʼminlash va ularni turli zararli taʼsirlardan himoya qilish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Uchrashuvda hayot sinovlarida toblangan faxriylar ham soʻzga chiqib, oʻz fikr va mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar. Xususan, Amangul Qayupova, Xonimjon Rajapova va boshqa el ardogʻidagi onaxonlar, faxriy ustozlar soʻzga chiqib, oʻzlarining boy ish tajribalari va hayot yoʻllari haqida soʻzlab berdilar. Ularning har bir soʻzida yosh avlodga boʻlgan mehr, ularning ertasiga boʻlgan ishonch va masʼuliyat hissi sezilib turdi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida oʻtgan tadbirda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari va nuroniylardan aniq javoblar oldilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarda oʻz yurtiga daxldorlik hissini oshirish bilan birga, katta avlod vakillariga boʻlgan hurmat-ehtirom tuygʻusini yanada mustahkamlaydi.

Xulosa qilib aytganda, Amudaryo tumanida oʻtkazilgan ushbu "Uch avlod uchrashuvi" nafaqat hisobot yoki rasmiy tadbir, balki qalblar muloqotiga aylandi. Prezident Qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan bunday muloqotlar mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni asrash, jinoyatchilikning oldini olish va sogʻlom maʼnaviy muhitni qaror toptirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Zero, nuroniylarning pand-nasihatlariga quloq tutgan, ajdodlar merosini qadrlagan va qonun ustuvorligini anglagan yoshlar hech qachon adashmaydi. Mazkur tadbir ham aynan shunday barkamol avlodni shakllantirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻldi. Yurtimizdagi har bir mahalla xavfsiz, har bir xonadon tinch va har bir yoshning kelajagi porloq boʻlishi uchun mana shunday hamjihatlikdagi ishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026