16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:42
Jamiyat 👁 265

Boʻz yop ovul fuqarolar yigʻinining maʼmuriy binosida huquqiy-maʼrifiy tadbir va sayyor qabul oʻtkazildi

Boʻz yop ovul fuqarolar yigʻinining maʼmuriy binosida huquqiy-maʼrifiy tadbir va sayyor qabul oʻtkazildi

Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida eʼtirof etish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Amudaryo tumanidagi Boʻz yop ovul fuqarolar yigʻinining maʼmuriy binosida oʻtkazilgan huquqiy-maʼrifiy tadbir va sayyor qabul ham aynan mana shu maqsadlarga qaratildi.

Tadbirda jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev, fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Adilbek Seytnazarov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Sanʼat Avezov, shuningdek, Amudaryo tumani “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti yuristi Davron Pirmanovlar ishtirok etdi.

Uchrashuvning kirish qismida fuqarolar yigʻini raisi Rustam Turayev soʻzga chiqib, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, aholi farovonligini taʼminlash yoʻlidagi saʼy-harakatlar hamda bugungi kunda davlat idoralarining xalq ichiga kirib borayotgani haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Shundan soʻng, jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev soʻzga chiqib, yigʻilganlarga “Odam oʻldirish bilan bogʻliq jinoyatlarga jazo tayinlash asoslari” mavzusida huquqiy tushuntirishlar berdi.

Qayd etilganidek, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, yashash huquqi har bir insonning eng oliy va uzviy huquqi hisoblanadi. Bu bebaho neʼmatga tajovuz qilish esa jamiyat va davlat oldidagi eng ogʻir, kechirib boʻlmas jinoyatdir. Qonunchiligimizda javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holatlarda qasddan odam oʻldirish uchun eng ogʻir jazo chorasi – umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilganligi tufayli, ushbu toifadagi jinoyat ishlarini koʻrib chiqishda sudlar tomonidan jinoyat qonunlarining toʻgʻri va adolatli qoʻllanilishini taʼminlash benihoya katta ahamiyatga ega.

Sudya taʼkidlaganidek, sudlar qasddan odam oʻldirishga oid ishlarni koʻrayotganda har bir holatni sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirishi qonunning qatʼiy talabi hisoblanadi. Har bir ish boʻyicha jinoyatning mohiyati, aybning shakli, qotillikning tub sabablari, gʻarazli maqsad va sodir etish usullari aniqlanishi shart. Qilmishga toʻgʻri huquqiy baho berish va aybdorga nisbatan adolatli jazo tayinlash uchun ahamiyatga molik boʻlgan boshqa barcha holatlar eʼtiborga olinishi kerakligi fuqarolarga sodda tilda tushuntirildi.

Bundan tashqari, qasddan odam oʻldirish jinoyatini jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish jinoyatidan farqlash lozimligiga alohida eʼtibor qaratildi. Buning uchun aybdorning asl qasdi nimaga qaratilganligi va uning harakatlari oqibatiga, yaʼni oʻlimga nisbatan subʼektiv munosabati inobatga olinadi. Qasddan odam oʻldirishda aybdor shaxsni bevosita hayotdan mahrum qilishni koʻzlaydi. Ammo badanga ogʻir shikast yetkazish oqibatida shaxs vafot etsa, bunda oʻlimga nisbatan uning aybi ehtiyotsizlik shaklida ifodalanadi.

Tadbir davomida fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Adilbek Seytnazarov chiqib, bugungi kunda aholi oʻrtasida koʻp uchrayotgan muammolardan biri – kredit qarzdorligi va uni undirish jarayonidagi oʻziga xos huquqiy jihatlarga batafsil toʻxtalib oʻtdi. Qayd qilinganidek, kredit majburiyatlarini muddatida bajarish nafaqat moliyaviy barqarorlikni, balki qonun ustuvorligini taʼminlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar bevosita oʻzlarini qiziqtirgan, qiynayotgan va kundalik hayotda duch kelayotgan turli xil sud-huquq hamda shaxsiy masalalari yuzasidan masʼullarga murojaat qildilar. Sud organi vakillari va huquqshunoslar har bir murojaatni diqqat bilan eshitib, ularga atroflicha va qonun doirasida asoslantirilgan javoblar qaytardilar. Fuqarolarning kundalik maishiy muammolar boʻyicha qilgan murojaatlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Sanʼat Avezov tomonidan qayd qilinib, tegishli tashkilotlarga ijro uchun yetkazilishi belgilab olindi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019