16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:15
Jamiyat 👁 229

Tosh yop ovuli: yangilanish va farovonlik manzili

Tosh yop ovuli: yangilanish va farovonlik manzili

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, eng avvalo, oddiy insonlarning hayot tarzini yaxshilashga va ularning turmush darajasini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Ushbu islohotlar natijasida Amudaryo tumanining Tosh yop ovuli ham bugungi kunda tom maʼnoda yangilanish va bunyodkorlik maydoniga aylangan. Ushbu mahallada faoliyat olib borayotgan “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamjihatligi, birdamligi va maqsadli intilishlari natijasida hudud qiyofasi kundan-kunga goʻzallashib, qator salmoqli amaliy natijalar qoʻlga kiritilmoqda.

Bugungi kunda mazkur mahallada jami 710 ta xonadon mavjud boʻlib, ularda 730 ta oila istiqomat qiladi. Hududning umumiy aholisi 3725 nafarni tashkil etadi va ularning 1901 nafari xotin-qizlardan iboratdir. Bu raqamlarning ortida shuncha insonning orzu-umidlari, quvonchi va ertangi kunga boʻlgan mustahkam ishonchi mujassam.

Qishloq joylarning infratuzilmasini tubdan yaxshilash maqsadida davlatimiz tomonidan ulkan loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentyabrdagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hududlar rivojida muhim dasturilamal boʻlmoqda.

Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yilda Tosh yop ovulini rivojlantirish rejasi ishlab chiqilib, uning doirasida ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan 5 ta yirik loyiha tasdiqlangan edi. Mazkur loyihalarni amaliyotga joriy etish ishlari oʻtgan yillar davomida jadal surʼatlarda olib borildi.

Natijalar esa bugun koʻzni quvontiradi. Yosh avlodning sifatli taʼlim olishini taʼminlash maqsadida ovuldagi 5-sonli umumtaʼlim maktabi binosi toʻliq qayta taʼmirlandi. Aholining asosiy ehtiyoji boʻlgan ichimlik suvi masalasi ham ijobiy hal etildi. Mahallaning Musavvir koʻchasida joylashgan tozalangan ichimlik suvi inshooti bitkazilib, ishga tushirildi va hozirgi vaqtda fuqarolar toza musaffo suvdan foydalanib kelmoqdalar.

Bundan tashqari, ilgari mahalla ahli tibbiy yordam olish uchun uzoq yoʻl bosib, shahar markazidagi kasalxonaga borishga majbur edi. Bu noqulaylikka barham berish maqsadida hududda 50 ta qabulga moʻljallangan yangi Qishloq vrachlik punkti qurib bitkazildi va foydalanishga topshirish arafasida turibdi. Qishning qahraton kunlarida va yogʻingarchilik vaqtida maktab oʻquvchilarining loy koʻchalarda yurmasligi uchun 4 kilometr uzunlikdagi maxsus piyodalar yoʻlakchasi barpo etilmoqda. Shu bilan birga, ichki koʻchalarni asfalt qilish ishlari ham boshlanish jarayonida turibdi.

Obodonlashtirish ishlari faqatgina davlat dasturlari bilan cheklanib qolmagan. Ovul ahlining oʻzi ham yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashab, katta tashabbuskorlik koʻrsatmoqda. Joriy yilning fevral oyida fuqarolarning faolligi natijasida tosh yopliklar “Tashabbusli byudjet” loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻolib chiqdi. Ayni kunlarda ushbu gʻalaba samarasi oʻlaroq, mahallaning markaziy yoʻlida asfalt yotqizish jarayoni qizgʻin davom etmoqda. Ushbu loyiha doirasida jami 7,3 kilometr yoʻl tekis va ravon holatga keltiriladi.

Aholining birdamligi yaqqol namoyon boʻlgan yana bir loyiha –  joriy yilning 1-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilgan tanlovda ovul hududida ochiq sport maydonchasi qurish loyihasi gʻolib deb topildi hamda uning qurilishi uchun vazirlik tomonidan mablagʻ ajratildi. Endilikda hududda oʻlchami 20 metrga 30 metr boʻlgan, barcha uchun xizmat qiladigan zamonaviy vorkaut maydonchasi bunyod etiladi.

Mahalla ahlining asosiy daromad manbai dehqonchilik va chorvachilikka sohalaridan keladi. Hududning mehnatkash fuqarolari tomorqa madaniyatini yuksaltirib, chorvachilik, parrandachilik va dehqonchilik orqali oʻz oilalariga qut-baraka olib kirmoqdalar. Xususan, Musavvir koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro Ilhom Xudoyorov bu borada koʻpchilikka oʻrnak boʻlmoqda. U oʻz xoʻjaligida chorva va parranda boqib, tomorqasidagi turli ekinlardan moʻl hosil olmoqda. Shu bilan cheklanib qolmasdan, u inkubatsiya uskunasidan joʻja ochirib chiqarish hamda asalarichilik bilan ham shugʻullanib, nafaqat oʻz oilasi byudjetini boyitmoqda, balki mahalla farovonligiga oʻz hissasini qoʻshmoqda.

Shuningdek, hududda mehr-oqibat va saxovat tadbirlari ham tizimli yoʻlga qoʻyilgan. Ovul obodligini taʼminlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, har oyda 1 marotaba koʻmakka ehtiyojmand kamida 2 ta oilaning taʼmirtalab xonadonlarida ommaviy hashar uyushtirilmoqda. Aholi jipslashib amalga oshirayotgan bunday ezgu ishlar natijasida koʻplab uylar koʻrkam holatga keltirilmoqda. Ovulda yashovchi Muzaffar Yuldashevning xonadonida oʻtkazilgan hashar ham xalqimizga xos bagʻrikenglikning yorqin namunasidir.

Davlatimiz tomonidan yoshlar masalasiga, ayniqsa, ijtimoiy koʻmakka muhtoj oʻgʻil-qizlar taqdiriga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi 1-sonli qaroriga muvofiq, 2-chorak “Yoʻl xaritasi” ijrosi doirasida Tosh yop ovuli hududida keng qamrovli profilaktik tadbirlar oʻtkazildi. Ushbu tadbirlar natijasida davlat koʻmagiga muhtoj boʻlgan, “ogʻir” toifaga kiritilgan yoshlar bilan tizimli ijtimoiy profilaktika ishlari tashkil etilmoqda.

Mahalla faollari bilan hamkorlikda hududda chuqur oʻrganishlar olib borilib, ushbu toifadagi shaxslarning aniq roʻyxati shakllantirildi. Ularning muammolarini tinglash va bartaraf etish maqsadida bu yoshlarning barchasi “mahalla yettiligi” vakillariga nomma-nom biriktirildi. Jumladan, onasi vafot etgan, otasi esa hech qaerda ishlamaydigan, mahallada yashovchi Nodirbek Jumamuratovning hayotiy muammolarini hal etish uchun unga masʼul rahbar biriktirilib, zarur yordam va yoʻl-yoʻriq koʻrsatilmoqda.

Xulosa oʻrnida taʼkidlash joizki, Amudaryo tumanidagi Tosh yop ovulida olib borilayotgan bunday keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari va insonparvarlik tadbirlari, odamlarning ertangi kunga boʻlgan umidini yanada mustahkamlamoqda. Infratuzilmaning tubdan yaxshilanishi, yangi va zamonaviy yoʻllar, maktab hamda shifoxonalarning qad rostlashi, tadbirkorlik tashabbuslarining qoʻllab-quvvatlanishi va eng muhimi, inson qadrining ulugʻlanishi — bularning barchasi farovon jamiyat qurish yoʻlidagi dadil qadamlardir. Aholining hamjihatligi va davlatning bevosita eʼtibori uygʻunlashgan bu kabi ovul hamda mahallalar farovonlik va mehr-oqibat beshigiga aylanib ulgurdi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019