16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 01:59
Jamiyat 👁 262

Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi

Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan inson qadrini ulugʻlash tamoyili asosida joylarda aholi muammolarini oʻrganish, ularning dardu tashvishlariga quloq tutish va har bir masalaga mahallaning oʻzida aniq yechim topish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. Ana shunday ezgu saʼy-harakatlarning amaliy ifodasi sifatida 29-iyul kuni Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov rahbarligida tumandagi Bogʻ mahalla fuqarolar yigʻinida navbatdagi kengaytirilgan sayyor qabul tashkil etildi.

Ochiq muloqotda tuman hokimining oʻrinbosarlari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad – fuqarolar va tadbirkorlarni qiynab kelayotgan eng dolzarb masalalarni tinglash, murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish hamda hududda toʻplanib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tezkorlik bilan joyida bartaraf etishdan iborat boʻldi.

Qabul davomida aholining murojaatlari masʼullar tomonidan tinglandi. Ushbu sayyor qabulda jami 14 nafar jismoniy shaxs tomonidan turli yoʻnalishlarga oid 15 ta masala oʻrtaga tashlandi va ularning barchasi ijrosini taʼminlash maqsadida alohida nazoratga olindi.

Kelib tushgan murojaatlar asosan hudud infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy soha obʼektlarini yangilash va aholining kundalik turmush sharoitlarini yaxshilash yoʻnalishlarida boʻldi. Xususan, mahalla ahli tomonidan yosh avlod taʼlim-tarbiyasi uchun muhim boʻlgan hududdagi 13-sonli umumtaʼlim maktabi hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun zamonaviy yangi binolar qurishda amaliy yordam soʻraldi. Shuningdek, kundalik hayotda eng koʻp uchraydigan muammolar qatorida elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash maqsadida eskirgan simyogʻochlarni yangisiga almashtirish, aholini yaqinlashib kelayotgan qish mavsumida arzonlashtirilgan koʻmir bilan taʼminlash hamda maishiy ehtiyojlar uchun suyultirilgan gaz ballonlarini oʻz vaqtida uzluksiz toʻldirib berish masalalari fuqarolar tomonidan kun tartibiga chiqarildi.

Bundan tashqari, fuqarolar tomonidan ichki koʻchalar holatini yaxshilash, jumladan, "Tashabbusli byudjet"da gʻolib boʻlgan loyiha doirasida yoʻllarni taʼmirlash va asfalt yotqizish ishlarini tezlashtirish boʻyicha murojaatlar kelib tushdi. Shu bilan birga, mahallada sanitariya va ekologik holatni yaxshilash maqsadida maishiy chiqindilarni grafiklar asosida oʻz vaqtida olib chiqib ketish, shuningdek, hududda koʻpayib ketgan daydi itlar va yovvoyi hayvonlarni yoʻq qilish orqali aholi, ayniqsa, yosh bolalar xavfsizligini taʼminlash kabi dolzarb masalalar ham koʻtarildi.

Shuningdek, qabul davomida fuqarolar oʻzlarining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida turar-joylarini taʼmirlash hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilishida amaliy koʻmak soʻrab murojaat qilishdi.

Sayyor qabul davomida koʻtarilgan har bir masala tuman hokimi tomonidan atroflicha muhokama qilinib, ularni qisqa muddatlarda va ijobiy hal etish boʻyicha tegishli soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Vaqt va qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan murojaatlarning ijrosi esa tuman hokimligi tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.

Joylarda muntazam ravishda oʻtkazib kelinayotgan bu kabi ochiq muloqotlar xalq bilan davlat idoralari oʻrtasidagi ishonchli koʻprik vazifasini oʻtamoqda va yurtdoshlarimizning hayotdan rozi boʻlib yashashlarini taʼminlashda muhim asos boʻlib xizmat qilmoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019