25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 23:34
Jamiyat 👁 31

Taʼlim sifati – bosh maqsad: tuman rahbarlari 40-sonli maktab jamoasi va oʻquvchilari bilan uchrashdi

Taʼlim – har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy poydevori va mustahkam tayanchidir. Yangi Oʻzbekistonda bu poydevorni yanada mustahkamlash, kelajak egalari boʻlgan yoshlarga jahon standartlari darajasida sifatli bilim berish maqsadida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Hurmatli Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan joylarda oʻtkazilayotgan tadbirlar va amaliy muloqotlar ham shu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ushbu muhim sana doirasida Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligidagi tuman rahbarlari 40-sonli umumtaʼlim maktabida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Mazkur amaliy tashrif doirasida maktabdagi taʼlim-tarbiya jarayoni, oʻquvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, sinfxonalarning innovatsion jihozlanishi, taʼlim sifati hamda oʻquvchilarning bilim olishlari uchun mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, maktab jamoasining taʼlim sohasida erishayotgan yutuqlari, oʻz kasbiga sadoqat bilan mehnat qilayotgan fidoyi ustozlarning faoliyati, oʻquvchilarning fan olimpiadalari va turli tanlovlarda qoʻlga kiritayotgan natijalari yuzasidan fikr almashildi.

Maʼlumot oʻrnida shuni alohida taʼkidlash lozimki, mazkur umumiy oʻrta taʼlim maktabi 1984-yilda tashkil etilgan boʻlib, 1176 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan ushbu maskanda hozirgi vaqtda 1754 nafar oʻquvchilar tahsil olmoqda. Ushbu katta jamoa 57 ta sinfga taqsimlangan boʻlib, shundan 16 tasi variativ sinflardir. Bu esa oʻquvchilarning qiziqish va qobiliyatlariga qarab yoʻnaltirilgan taʼlim olish imkoniyatini yaratadi.

Bunchalik katta miqdordagi oʻquvchilarga sifatli taʼlim berish masʼuliyati 112 nafar fidoyi oʻqituvchilar zimmasiga yuklatilgan. Ularning barchasi oliy maʼlumotli mutaxassislar ekanligi eʼtiborga molik. Pedagoglarning 32 nafari oliy toifali, 34 nafari 1-toifali, 33 nafari 2-toifali va 13 nafari mutaxassis toifali oʻqituvchilardir. Taʼlim sifatini oshirish yoʻlidagi tinimsiz izlanishlar natijasida bugungi kunda oʻqituvchilarning 61 nafari xalqaro va milliy sertifikatlarga ega.

Mehnatni munosib ragʻbatlantirish tizimi ham mazkur maktabda oʻzining yuksak samarasini bermoqda. Jumladan, maktab oʻqituvchilarining 5 nafari vazir jamgʻarmasidan oylik maoshlariga qoʻshimcha tarzda 7,5 mln soʻm ustama haq oladilar. Bundan tashqari, 11 nafar ustozlar oyligiga 70 foizlik ustama olishadi. Maktab direktor jamgʻarmasidan 23 nafar hamda xalqaro va milliy sertifikatlar sohibi sifatida 61 nafar ustozlar 20 foizdan 50 foizgacha qoʻshimcha ustama haq olishlari ularning oʻz ustida muntazam ishlashlari uchun kuchli motivatsiya boʻlib xizmat qilmoqda.

Maktab faxriga aylangan fidoyi ustozlar haqida soʻz ketganda, Nurbek Jumaniyozovning nomini alohida tilga olish oʻrinlidir. U “Shuhrat” medali sovrindori, “Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi”, “Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi”, “Vatan fidoiysi” koʻkrak nishonlari sohibidir. U va boshqa ustozlarning tinimsiz mehnatlari natijasida maktab oʻquvchilari 5-yildan buyon “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” koʻrik-tanlovining tuman bosqichida gʻolib chiqib, 100 million soʻm pul mukofotini qoʻlga kiritib kelmoqdalar. 2024-2025 oʻquv yilida ushbu jamoa Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2-oʻrinni olib, 200 million soʻm pul mukofotini qoʻlga kiritgan boʻlsalar, 2025-2026 oʻquv yilidagi tanlovning respublika bosqichida 3-oʻrin sohibi boʻldilar va 150 million soʻm pul mukofotini qoʻlga kiritdilar.

Shuningdek, maktabning faol oʻqituvchilaridan Sherzod Ashirov ham oliy toifali matematika oʻqituvchisi boʻlib, u ham “Vatan fidoiysi”, “Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlarining sohibi hisoblanadi. Maktabning fizika fani oʻqituvchisi Sarvar Yaxshimov ham doimo faol izlanishda boʻlgan ustozlar safida.

Bitiruvchilarning koʻrsatkichlari ham har qanday taʼlim maskanining nufuzini belgilovchi asosiy mezonlardan biridir. Oʻtgan yilgi 143 nafar bitiruvchilar jami 375 ta sertifikat sohibi boʻldilar. Bitiruvchilarning 141 nafari oliy taʼlim dargohlariga hujjat topshirgan boʻlsa, ularning 75 nafari davlat oliy taʼlim muassasalariga, 10 nafari xususiy oliy taʼlim muassasalariga va 1 nafari xorijiy oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilindilar. Yana 1 nafar bitiruvchi texnikumga hujjat topshirdi. Bugungi kunda ularning 86 nafari talabalik baxtiga muyassar boʻldi, Qoraqalpogʻiston yoshlariga beriladigan qoʻshimcha kvota natijasida yana 35 nafar bitiruvchining aksariyati talabalari safidan joy olishi kutilmoqda.

Oʻquvchilarga zamonaviy taʼlim berish uchun maktabda juda yaxshi sharoitlar yaratilgan. Bugungi kunda maktabda 2 ta kompyuter sinfi mavjud, sport zali, oshxona va 4 ta kuni uzaytirilgan guruh faoliyat koʻrsatmoqda. Maktab jamoasi bundan 2-yil oldin “Tashabbusli byudjet” loyihasida faol ishtirok etib, gʻolib boʻldi va 1,36 milliard soʻmlik yopiq sport maydonchasini yutib olishga erishdi. Bugungi kunda oʻquvchilar ushbu sport inshootidan juda samarali foydalanmoqdalar.

Futbol boʻyicha yuqori sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”da oʻquvchilar tumanda 1-oʻrinni olib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok qildilar va bu yil 4-oʻrin bilan qanoatlandilar. Bugungi kunda ushbu olimpiada doirasida sportning bir necha turlari boʻyicha maktab oʻquvchilari faol ishtirok etmoqda.

Eng quvonarlisi shundaki, maktab oʻquvchilaridan koʻpchiligi nufuzli xalqaro musobaqalarda gʻolib boʻlmoqda. Jumladan, Xitoyning Guanchjou shahrida oʻtkazilgan olimpiadada oltin medal bilan, AQShning Mayami shahrida oʻtkazilgan KESO olimpiadasida bronza medal bilan, shuningdek, Rossiyada boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqalarda oltin medal bilan taqdirlanib, yurtimiz bayrogʻini baland koʻtardilar. Qolaversa, harbiy vatanparvarlik spartakiadasida maktabning 10- va 11-sinf oʻquvchilari tumanda 1-oʻrinni egallab, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2-oʻrin sohibi boʻlishdi.

Tashrif davomida maktabda tashkil etilgan turli toʻgaraklar faoliyati ham koʻzdan kechirildi. Oʻquvchilar uchun barcha sharoit yaratilgan boʻlib, turli sanalar munosabati bilan madaniy-maʼnaviy tadbirlar muntazam oʻtkazilib kelinmoqda. Xususan, “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili fani oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovida maktabning ona tili va adabiyot oʻqituvchisi Iqboloy Yusufova 2-yildan buyon Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1-oʻrinni olib, Oʻzbekiston Respublikasida 3-oʻrinni egallab kelmoqda. Huquq fani oʻqituvchisi Iroda Yaxshimurodova esa “Yilning eng yaxshi huquq fani oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovida Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida gʻolib chiqdi hamda “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining 3 ta bosqichida ham muvaffaqiyatli qatnashib, “Eng yaxshi taqdimot egasi” nominatsiyasi bilan taqdirlandi. Fanlar olimpiadasining tuman bosqichida 12 nafar oʻquvchi gʻolib boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok qildilar va 2 nafar oʻquvchi faxrli oʻrinlar sohibi boʻlishdi.

Isteʼdodli yoshlar “Turon” maktab teatri tanlovida har yili tuman gʻolibi sifatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok etadilar. Ushbu jarayonda ularga ona tili fani oʻqituvchilari Iqboloy Yusufova va Inobat Qilichevalar rahbarlik qiladilar. Shuningdek, yoshlar maktab ansambllari koʻrik-tanlovida tumanda 2-oʻrin sohibi boʻlishdi. Bu muvaffaqiyatda oliy toifali musiqa oʻqituvchisi Dilfuza Habibullayevaning xizmatlari katta.

Ushbu taʼlim dargohi “Aʼlo maktab” koʻrik tanlovida 53 ta koʻrsatkich boʻyicha oʻtgan yili Qoraqalpogʻistondagi 700 dan ortiq maktablardan 1-guruh maktablari orasida 684 ball toʻplashga muvaffaq boʻldi va 2-oʻrinni egalladi. Maktab rahbariyatining tashabbuskorligi ham taʼlim dargohining yuksalishiga xizmat qilmoqda. Jumladan, maktab direktori Sanobar Xoʻjamurotova Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi Saravak universitetida eng yuqori ball olgan maktab direktorlari safida 10 kunlik kurslarda malaka oshirib keldi. Oʻtgan yili matematika fani oʻqituvchisi Sherzod Ashirov va fizika fani oʻqituvchisi Sarvar Yaxshimov “Qoraqalpogʻiston ustozi” koʻrik-tanlovining gʻolibi sifatida Turkiyada bepul taʼlim sayohatida boʻlib keldilar. Bugungi kunda maktab direktorining ham, maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarining ham menejerlik sertifikati mavjud.

Tuman hokimining mazkur tashrifi faqatgina yutuqlar bilan tanishish bilangina cheklanib qolmadi. Maktabdagi mavjud muammo va kamchiliklar ham atroflicha oʻrganildi. Chunki taʼlim sifatini oshirish, yoshlar uchun munosib sharoit yaratish haqida gap ketganda, mavjud muammolarni vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini topish ham muhim ahamiyatga egadir. Tadbir yakunida tegishli masʼullarga aniqlangan masalalarni chuqur oʻrganish, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib ularni bartaraf etish hamda maktabdagi taʼlim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan zarur va qatʼiy topshiriqlar berildi. Yoshlarga va taʼlim sohasiga qaratilayotgan bunday doimiy eʼtibor, shubhasiz, ertangi kunimizning yanada nurafshon boʻlishiga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026