16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:59
Jamiyat 👁 694

VATAN VA ISTIQLOL KUYChISI

VATAN VA ISTIQLOL KUYChISI

Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,

Qumlar bosib, qurimasin daryolarim.

Alpomishga alla aytgan momolarim,

Ruhini shod etay desang, xalq boʻl, elim!

Oʻz sheʼrlarida insonlarni birlashishga, xalq boʻlishga, samimiylikka chorlagan shoir Muhammad Yusuf agar hayot boʻlganlarida bu yil 64 bahorni qarshilagan, oilasi, farzandlari, oʻgʻil-qiz-u nabiralari ardogʻida hayot gashtini surayotgan boʻlardi.

El suygan va elini suygan shoir Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumani, Qovunchi qishlogʻida tavallud topdi. U yoshligidanoq sheʼriyatga, adabiyotga mehri boʻlakcha boʻlib voyaga etdi. Otasi Yusuf ota va onasi Enaxon aya ikki oʻgʻil va uch qizining ichida oʻgʻli Muhammadni boshqacha suyib-erkalardi. Bunga sabab uning xayolparastligi va kitobga oʻchligida edi. Shoirning adabiyotga, sheʼriyatga boʻlgan havasi, mehri uygʻonishida Marhamatda Otin oyi deb nom taratgan buvisi Tursunxon enaning xizmati katta boʻldi.

Muhammad Yusuf maktabni tugatganidan soʻng, Reshetov nomidagi Respublika rus tili va adabiyoti institutida tahsil oldi. Institutni tamomlab, 1978-1980-yillarda harbiy xizmatda boʻldi. Shundan soʻng, shoirning ijodiy faoliyati boshlandi. U Respublika kitobxonlar jamiyatida muharrir, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida muharrir, Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasida adabiy maslahatchi, “Navroʻz” xayriya jamgʻarmasida tashkiliy ishlar va xatlar boʻlimi mudiri lavozimida ishladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati sifatida faoliyat olib bordi.

Uning “Tanish teraklar”, “Iltijo”, “Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari”, “Bevafo koʻp ekan”, “Seni osmonimga olib ketaman”, “Erka kiyik”, “Ulugʻimsan Vatanim”, “Biz baxtli boʻlamiz” kabi sheʼriy kitoblari nashrdan chiqdi.

Muhammad Yusuf adabiyotimiz va xalqimizga qilgan fidoyi mehnatlari uchun 1996-yilda “Doʻstlik” ordeni, 1998-yilda «Oʻzbekiston Xalq shoiri» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Xalqimiz sevib, ardoqlagan shoir Muhammad Yusuf 2001-yil 30-iyulda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Ellikqalʼa tumanida ijodiy safar paytida yurak hurujidan vafot etdi.

Oʻzbekning sodda oʻgʻli Muhammad Yusuf juda qisqa umr koʻrdi. Lekin shu qisqa hayoti davomida barhayot sheʼrlar yozdi. Uning har bir sheʼri har kuni ming-ming muxlislari bilan yangidan tugʻiladi. Kamtarin shoir samimiy sheʼrlari bilan oʻzi ardoqlagan xalq orasida barhayot yashaydi.

Marhabo YOʻLdosheva, 30-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019