19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 07:47
Jamiyat 👁 285

Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga 2020-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1132 ta murojaatlar kelib tushdi

Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga 2020-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1132 ta murojaatlar kelib tushdi

Xalq qabulxonalari aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning hayotiy muammolarini tezkorlik bilan hal etishga keng imkoniyat yaratmoqda. Fuqarolarning ariza va shikoyatlari belgilangan tartibda, xolislik tamoyillari asosida koʻrib chiqilib, ijobiy hal etilmoqda. Bu, albatta, mamlakatimizda inson huquq va manfaatlariga oliy qadriyat sifatida qaralayotganining yana bir yorqin ifodasidir. Navbatdagi lavhamiz Prezidentning Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi faoliyati haqida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga 2020-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1132 ta murojaatlar kelib tushdi. Shundan 633 tasi yozma, 493 tasi ogʻzaki hamda 6 tasi elektron shakldagi murojaatlar boʻlib, 634 tasi hududdagi tashkilotlarga, 32 tasi yuqori tashkilotga yuborildi. Qolgan  466 tasi Xalq qabulxonasida koʻrib chiqish uchun qoldirildi. Ushbu murojaatlarning 1036 tasi, yaʼni 93,5 foizi qanoatlantirildi.  Shundan 681 tasi ijobiy hal qilinib, 347 tasiga huquqiy maslahat va maʼlumotlar berildi.

Xalq qabulxonasi binosida tumandagi 4 ta sektor hamda boshqa idoralar rahbarlari tomonidan jami 104 marotaba shaxsiy qabullar oʻtkazildi. Ularda 143 nafar fuqarolar tomonidan 143 murojaatlar kelib tushdi.  Shuningdek, 4 ta sektor rahbarlari tomonidan jami 130 marotaba sayyor qabullar oʻtkazilgan boʻlib, ushbu oʻtkazilgan ommaviy sayyor qabullarda 789 nafar fuqaro tomonidan 793 ta murojaat kelib tushdi.

Qabulxona tomonidan tuman Xalq taʼlimi boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi, Majburiy ijro byurosi hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlarning murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazildi. Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi hamda Xalq taʼlimi boʻlimiga taqdimnomalar kiritildi.

  Karantin davrida tuman Xalq qabulxonasiga, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, moddiy yordamga muhtoj va shu kabi karantin bilan bogʻliq boʻlgan jami 15 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, barcha fuqarolarning murojaatlari tegishli idoralar bilan hamkorlikda ijobiy hal qilindi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning holidan xabar olinib, 89 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Tumandagi 4 ta sektor hududida 49 ta fuqarolar yigʻinlarida 2020-yil 1-fevral sanasidan boshlab, aholi muammolarini uyma-uy yurish orqali oʻrganish jarayonida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Pandemiyaga qadar jami 33 ming 174 ta xonadondan 4673 ta xonadon oʻrganilib, shundan 490 ta muammolar aniqlandi va ular ijobiy hal qilindi.

Tumandagi Xalq qabulxonasiga 2020-yilning 25-iyunida Beshtom aholi punkti fuqarolari va shu hududdagi fermerlar tomonidan xoʻjalikka tegishli va xonadonlarning tomorqa yerlarini sugʻorish uchun foydalanib kelinayotgan ariqlarni qayta qazib berishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildi va ushbu muammo tez fursatda oʻz yechimini topdi. Oʻtgan yili Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan tuman hokimligi hamda Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimi tomonidan Qilichboy ovulidagi Toza yop mahallasida yashovchi ehtiyojmand oilaga yashab turgan uyi qaytadan qurib berildi.

Taʼkidlash joizki, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridan Oybek Begimov Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikni yaxshi yoʻlga qoʻygan boʻlib, murojaatlarning ijobiy hal qilinishida vakolati doirasida koʻmak berib kelmoqda. Deputat Durunki mahallasi fuqarolarning murojaatiga koʻra Ahmad Yassaviy koʻchasiga transformator, sim hamda sim ustunlarni oʻrnatilishida amaliy yordam koʻrsatdi. Shuningdek, Boyovul mahallasidagi Behbudiy qoʻchasidan Oʻzbekiston koʻchasigacha boʻlgan yoʻlning tekislanishida amaliy yordam berib, qator ijobiy ishlar amalga oshirilishida ishtirok etdi. 

Yangiobod mahallasida yashovchi Bahrixon Yoʻldosheva ham oʻtgan yili ish taʼminlashda yordam soʻrab murojaat qilgan edi. Fuqaroning ushbu murojaati ham atroflicha oʻrganildi va tegishli tashkilotlar hamkorligida unga amaliy yordam berilib, ish bilan taʼminlandi.

Tumanimizning chekka hududida joylashgan Jumurtov shaharchasi hududidagi “Doʻstlik-1” aholi punkti fuqarolaridan kelib tushgan murojaatga koʻra past kuchlanishda ishlayotgan transformator 100 kVt kuchlanishga ega boʻlgan transformatorga almashtirib berildi. Shuningdek, shaharcha hududidagi “Doʻstlik-2” va “Jumurtov” aholi punktlari fuqarolarini  toza ichimlik suvi  bilan taʼminlash maqsadida mahalliy byudjet hisobidan suv tozalash inshootlari qurib berilishiga koʻmaklashildi. Ayni paytda ushbu yaratilgan qulayliklardan foydalanayotgan aholi turmush tarzi avvalgisiga koʻra yaxshilanganidan nihoyatda mamnun.

Qabulxona tomonidan mazkur yilda ham aholi murojaatlarini tinglash, belgilangan tartibda koʻrib chiqib ijobiy hal etish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” shioriga asoslangan holda yurtdoshlarimizning hayotdan rozi boʻlib yashashiga zamin yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

E.Rajabov, Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026