17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:57
Iqtisodiyot 👁 194

BUNYoDKORLIK – TARAQQIYoT TIMSOLI

BUNYoDKORLIK – TARAQQIYoT TIMSOLI

Dunyoning koʻpgina davlatlari koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelib, ish oʻrinlari qisqarib, aholisi qashshoqlashish darajasi oʻsishi kuzatilgan 2020-yilda ham pandemiyaning tarqalib ketishining oldini olish va jilovlashga qaratilgan oqilona chora-tadbirlar  tufayli mamlakatimizda  epidemologik holat yaxshilanib, bunyodkor xalqimiz ertagi kunimizning yanada obod va farovon boʻlishiga  astoydil intilib mehnat qildi. Natijada butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizning barcha hududlari ham zamonaviy qiyofa kasb etib, muhtasham turar joy binolari, maktablar, maktabgacha  taʼlim tashkilotlari, idora, korxonalarning maʼmuriy binolari, dam olish, maishiy xizmat koʻrsatish maskanlari binolari qurilib foydalanishga topshirildi.

2021-yilning 10-yanvar holatiga belgilangan dastur asosida barcha manbalar hisobidan 50 milliard 672 million soʻmlik  investitsiyalar va boshqa  mablagʻlar oʻzlashtirildi. Bular asosan 8 ta maktabni, 6 ta maktabgacha taʼlim tashkilotini rekonstruktsiya qilish, tuman Madaniyat boʻlimi maʼmuriy binosini mukammal taʼmirlashga sarflandi. 7 ta koʻp qavatli uy-joylar mukammal taʼmirlandi, 5 ta koʻpqavatli uylar yangidan qurildi, 6,9 kilometrlik yangidan ichimlik suvi quvurlari  tortildi. 7,93 kilometrlik davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllari joriy taʼmirlandi, shuningdek, 11 ta boshqa obʼektlarda qurilish-taʼmirlash ishlari bajarildi.

Bundan tashqari 2019-yilgi “Obod qishloq” Dasturi doirasida qurilishi tugallanmagan 3 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarining rekonstruktsiyasi 2-bosqich uchun 4 milliard 263 million soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari ham 2020-yilda toʻliq bajarildi. Tumanda yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish maqsadida 2 qavatli zamonaviy “Yoshlar oʻquv markazi” binosi qurilishi davom ettirilmoqda.

Tumanimizning Gulzor mahallasida jami bahosi 12,3 milliard soʻmlik 72 xonadonli 4 qavatli 3 ta arzon uy-joylar qurilishi davom ettirilmoqda. Ushbu obʼektlarni 2021-yil aprel oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. 2020-yilda loyiha qiymati 1 milliard 145 million soʻm boʻlgan 6,9 kilometrlik yangi suv tarmoqlari tortilib, foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, Investitsiya dasturiga muvofiq Yusuf xoʻja aholi punktida 2,8 kilometr, Olmazor va Yangiobod mahallalarida 4 kilometrdan ortiq yangi  suv tarmogʻi tortilib, foydalanishga topshirildi.

2021-yil uchun belgilangan rejalar yanada yuksak. Ijtimoiy soha va infratuzilma obʼektlarini yaxshilash maqsadida tumanda kelgusi yil uchun belgilangan dasturlar asosida barcha manbalar hisobidan 76 milliard 525 million soʻmlik jami 22 ta obʼektlarda investitsiyalar va boshqa dasturlar asosida qurilish-taʼmirlash ishlari olib boriladi. Ushbu dastur asosida 1 ta maktab, 1 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti binolarini rekonstruktsiya qilish, 1 ta tugʻruqxona binosini yangidan barpo etish, 27 ta koʻp qavatli uy-joylarda mukammal taʼmirlash va qurilish ishlari, 7,2 kilometr ichimlik suv quvurlarini tortish va 1 ta suv inshootini rekonstruktsiya qilish, 3,35 kilometr davlat va mahalliy axamiyatidagi avtomobil yoʻllarini joriy taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.

2021-yilda Xolimbeg, Qangli, Qipchoq ovullari hamda Uyshin mahallasi hududi optik tolali internet tarmogʻi bilan toʻliq qamrab olinadi.

Oq oltin ovuli hududida joylashgan 37-sonli suv tarqatish inshooti rekonstruktsiya qilinib, 7,2 kilometr suv tarmogʻi yangidan tortiladi.

Shuningdek, “Obod qishloq” Davlat dasturi asosida 5 ta mahalla - Xitoy, Kuyuk koʻpir, Bobur ovullari, Ayoqchi mahallasi hamda Jumurtov shaharchasi ijtimoiy soha obʼektlari va infratuzilma obʼektlarida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Amalga oshirilayotgan buningdek bunyodkorlik ishlari tumanimiz qiyofasi yana ham goʻzallashib, aholi turmushi sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019