16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:17
Iqtisodiyot 👁 209

AHOLINING IQTISODIY FAROVONLIGINI TAʼMINLASh BURChIMIZ

AHOLINING IQTISODIY FAROVONLIGINI TAʼMINLASh BURChIMIZ

Amudaryo tumani Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan vaqtincha ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash, pandemiya sharoiti bilan bogʻliq cheklovlar tufayli chet davlatlarga chiqib ishlash uchun ketaolmagan mehnat muhojirlarining daromad topishlariga koʻmaklashish, ularni kasbga oʻqitish, til oʻrgatish, tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlariga sharoit yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Bandlik Dasturiga muvofiq, 2020-yil davomida 5463 nafar fuqaroning murojaati roʻyxatga olinib, faol ish qidiruvchilardan 3281 nafari markaz tomonidan ishga joylashtirildi.

Shuningdek, 535 nafar ish bilan band boʻlmagan fuqarolarga ixcham issiqxonalar va sugʻorish vositalari uchun 1 mlrd. 627 mln. soʻmlik subsidiya ajratildi. Bundan tashqari, 7 nafar fuqarolarga malakasini oshirish uchun 12,4 mln. soʻm, 17 nafar fuqarolarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida roʻyxatdan oʻtishlari uchun 3,8 mln soʻm subsidiya toʻlab berildi.

Oʻtgan 2020-yil davomida tumanda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida 4 ta kooperativ tashkil qilinib, ularga “Temir daftar”ga kiritilgan 110 nafar ishsiz fuqarolar jalb etildi va jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 245,3 mln. soʻm subsidiya mablagʻlari yoʻnaltirildi.

Shuningdek, markaz tomonidan 2020-yilda 5-marta boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil qilinib, yarmarkaga 166 ta korxona va tashkilotlardan 1179 boʻsh ish oʻrinlari taklif qilindi va 89 nafar shaxsga ishga yoʻllanma berildi.

Jamoat ishlari jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar hisobidan jami 2093 nafar aholi jamoat ishlariga jalb qilindi va ularning ish haqi toʻlovi uchun jamgʻarmadan 2 mlrd. 850 mln. soʻm mablagʻ toʻlab berildi.

Tumanda 2020-yilda 1470 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilgan boʻlib, bu boradagi reja 112,4 foizga bajarildi. Bundan tashqari, 536 ta ishsiz fuqarolarga 215,2 mln. soʻmlik ishsizlik nafaqasi tayinlandi va toʻlab berildi.

Mehnat muhojirlarini ijtimoiy himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar ham samarali boʻldi. Pandemiya tufayli yashash joylariga qaytib kelgan 3237 nafar mehnat muhojirlaridan 2723 nafarining bandligini  taʼminlashga erishildi.

“Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisida”gi farmon asosida 19 nafar fuqaroga maxsus komissiya tomonidan uy-joy olish uchun tavsiya berildi hamda ularga jami 346 mln soʻm mablagʻ uy-joyning boshlangʻich badali sifatida toʻlab berildi.

Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan yangi 2021-yilda ham aholining ishsiz qatlamini ijtimoiy himoyalash va qoʻllab-quvvatlash maqsadida mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar uchun kamida 1569 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilmoqda. Joriy yilda Bandlik dasturiga muvofiq, 3505 nafar fuqaro ishga joylashtiriladi va  500 nafar ishsiz fuqarolarga 667,5 mln. soʻmlik ishsizlik nafaqasi tayinlanadi.

220 nafar vaqtincha ishsiz fuqarolar kasbga oʻqitiladi, 115 nafar mehnat muhojirlari turli xil yoʻnalishda kasbga va chet tillariga oʻqitiladi. Ehtiyojmand oilalarga 460 ta ixcham issiqxonalar qurib berish uchun 3 mlrd. soʻmlik subsidiyalar ajratilishi koʻzda tutilgan. 2500 nafar ishsiz fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilinadi, shuningdek, 6 ta mehnat yarmarkasi oʻtkaziladi. Ushbu amalga oshiriladigan ishlar natijasida tumanda ishsizlik darajasini 9 foizga tushirish rejalashtirilmoqda.

Bu kabi koʻrilayotgan barcha chora-tadbirlar aholining ish bilan bandligini taʼminlash orqali ularning iqtisodiy farovonligini oshirish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Farhod AHMADOV, tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019