19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 07:47
Jamiyat 👁 125

SAYYoR UChRAShUVDA YoShLARNING ISh BILAN BANDLIGI BORASIDAGI MUAMMOLAR OʻRGANILDI

SAYYoR UChRAShUVDA YoShLARNING ISh BILAN BANDLIGI BORASIDAGI MUAMMOLAR OʻRGANILDI

Yoshlarni ish bilan taʼminlash borasidagi muammolarni oʻrganish, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkazilgan tadbirda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida  yoshlar bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda  tuman prokurori oʻrinbosari Rahmon Sankibayev, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Jasur Davletov, tumandagi tegishli idora va tashkilot rahbarlari, 56 nafar faol yoshlar ishtirok etdilar.

Yoshlar bandligini taʼminlash, muammo va takliflarini oʻrganish, ularni qoʻllab-quvvatlash hamda munosib shart-sharoitlar yaratib berish bugungi kunda dolzarb masalaga aylandi. Shu bois ayni kunlarda sektor rahbarlarining joylarda yoshlar bilan uchrashuvlari tashkil etilib, ular oʻrtaga tashlagan taklif va muammolarning ijobiy yechimi yuzasidan bir qancha amaliy choralar koʻrilmoqda.

Amudaryo tumandagi 16-sonli maktabda ham shunday uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda  tumandagi tegishli idora va tashkilot rahbarlari hamda 56 nafar faol yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda tuman prokurori oʻrinbosari Rahmon Sankibayev soʻzga chiqib, mamlakatimizda yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, cheksiz imkoniyatlar haqida toʻxtaldi. Yoshlarni oʻqib bilim olishga, shijoat bilan olgʻa intilishga hamda Vatan xizmatiga yaraydigan munosib farzand boʻlishga daʼvat qildi. Shuningdek, tumanimizning bilimga chanqoq, izlanuvchan yoshlari haqida oʻzining samimiy fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shundan soʻng, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Sulton Jarlikaganov hozirgi kunda tumanimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida soʻz yuritdi. Yoshlarning ilm-fan choʻqqilarini egallab, har biri yurt kelajagiga daxldorligini his qilgan holda Vatanga munosib farzand boʻlib kamolga yetishga harakat qilishi lozimligini alohida taʼkidladi. Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida ilm-maʼrifatning inson hayotidagi ahamiyati haqida munosabat bildirdi.

Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berilib, ularning muammolari va takliflari tinglandi.

Jumladan, Oq oltin ovuli hududida yashovchi fuqarolar Samad Xalillayev kasb-hunarga oʻqitish, avtomobillarga avtotex xizmatini koʻrsatish, Rayxon Gulmurodova,  Faxridin Bobojonovlar subsidiya asosida issiqxona qurish, Sevara Koʻklanboyeva, Dilobar Allayorovalar kredit asosida chorvachilik yoʻnalishida oʻz taʼdbirkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy yordam soʻrab murojaat qildilar. Shuningdek, Durunki maxallasida yashovchi fuqarolardan Dinara Yoʻldosheva chorvachilik yoʻnalishida oʻz tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida kredit olish, oliy maʼlumotli Nargiza Eshchonova oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashish boʻyicha, Nargiza Yerjanova aliment olishda amaliy yordam koʻrsatilishini soʻrab murojaat qildilar. Oʻz navbatida masʼullar tomonidan yoshning muammolarini bartaraf qilish boʻyicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Uchrashuvda yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilinishi bilan bir qatorda ularning taklif va tashabbuslari koʻrib chiqildi.  

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026