16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:54
Siyosat 👁 193

OLIY MAJLIS QONUNChILIK PALATASI DEPUTATINING AMUDARYoLIK YoShLAR BILAN UChRAShUVI OʻTKAZILDI

OLIY MAJLIS QONUNChILIK PALATASI DEPUTATINING AMUDARYoLIK YoShLAR BILAN UChRAShUVI OʻTKAZILDI

Ulugʻ maʼrifatparvar bobomiz Abdurauf Fitratning “Bu dunyo kurash maydonidir. Sogʻlom tan, oʻtkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”, degan soʻzlari bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Shu boisdan ham oʻsib kelayotgan yosh avlodning chuqur ilm olishi, ularning ijodiy salohiyati va iqtidorini namoyish qilishlariga sharoit yaratish, globallashuv sharoitidagi xavf-xatarlarga va mafkuraviy xurujlarga mustahkam immunitetni  shakllantirish, hayotga qatʼiy ishonchga ega qilib tarbiyalashga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan Yurtboshimiz belgilab bergan beshta muhim tashabbus doirasida eʼtiborga arzigulik ishlar amalga oshirilayotir.

Muhtaram Prezidentimiz Farmoni bilan “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining qabul qilinishi yoshlar hayotida muhim oʻzgarishlarga asos boʻlishi shubhasiz.

Dasturda ijtimoiy sohani rivojlantirish va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar hamda muhim vazifalar belgilab berilgan.

Shu munosabat bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari oʻzlari saylangan hududlarda boʻlishib, belgilab berilgan vazifalarning joylarda ijrosini taʼminlashga hissa qoʻshish, yoshlar orzu-intilishlarini tinglash, muammolariga yechim topish maqsadida yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazishmoqda.

2-fevral kuni Mangʻit shahrida faoliyat yuritayotgan 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida 4-Amudaryo saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Zumrad Bekatova tumanimiz yoshlari bilan uchrashdi va samimiy suhbatlashdi.

Uchrashuv yigʻilishiga tumanimizning turli sohalarda mehnat qilayotgan, taʼlim olayotgan va mehnat bilan band boʻlmagan 120 nafardan ziyod yoshlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvni Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Jasur Davletov ochdi. Soʻzga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi tubdan isloh qilinib, takomillashtirilayotgani, yoshlarga eʼtibor kun sayin kuchaytirilayotganini aytib oʻtdi.

Xususan, joriy yildan boshlab oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy etiladi. Ilm yoʻlini tanlagan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida keyingi yildan boshlab, magistratura va doktorantura bosqichlari uchun Prezident stipendiyasi kvotasi ikki barobar oshiriladi, oliy oʻquv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki barobar koʻpaytiriladi, bir oilaning ikki yoki undan ortiq  toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan farzandlari uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Yoshlar deputatning maʼruzasini qiziqib tingladilar va oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berib, atroflicha javoblar oldilar. Uchrashuv yigʻilishida tuman hokimligi tashkiliy nazorat guruhi rahbari Gʻulomjon Duysenboyev yoshlarni yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib oʻqish va ishda faol boʻlishga chaqirdi.

Tuman hokimligining axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019