16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:56
Salomatlik 👁 224

QOʻZIQORIN MAZZALI, AMMO ...?

QOʻZIQORIN MAZZALI, AMMO ...?

Diyorimizga sanoqli kunlardan soʻng, bahor kirib keladi. Bahor mavsumida yogʻingarchilik va oftobli kunlar taʼsirida togʻ, togʻ oldi qir-adirlari, yaylovlar, dala hovlilar, xiyobonlar, ariq va soy boʻylarida, katta yoʻl yoqalarida, hatto hovlilarimizda har xil qoʻziqorinlarni koʻplab uchratishimiz mumkin.  Bu esa, qoʻziqorin isteʼmol qilishni yoqtiradiganlar uchun qulay ayni muddao boʻladi.
Shu bilan bogʻliq holatda koʻcha-koʻylar va katta avtomagistral yoʻllar yoqalarida baʼzi shaxslar tomonidan xavfsizligi kafolatlanmagan, isteʼmol qilinishi mumkin boʻlmagan va isteʼmolga yaroqsiz hisoblangan zaharli koʻziqorinlarni sotib oʻtirganliklariga koʻzimiz tushadi va eng ajablanarlisi, ushbu qoʻziqorinlarni xarid qilishayotgan va salomatligini xavf ostiga qoʻyayotgan aholilar ham kam emas.
Tibbiyotdagi koʻp yillik kuzatuvlar shuni koʻrsatmoqdaki, aksariyat hollarda, avtomagistral yoʻl yoqalaridan, foydalanilmayotgan aeroportlar, yoqilgʻi-moy saqlash muassasalari hududlaridan, zaharli kimyoviy moddalar saqlanadigan omborxonalar atroflaridan terib, isteʼmol qilingan qoʻziqorinlar bilan bogʻliq zaharlanishlar, hatto, oʻlim holatlari aynan bahor mavsumida tez-tez uchrab turadi. Chunki, bu kabi hududlarda mavjud boʻlgan zaharli moddalar, transport vositalaridan ajraladigan is gazi va boshqa kimyoviy birikmalarni yovvoyi qoʻziqorinlar oʻziga shimib oladi va bir qarashda xavfsiz boʻlib koʻringan qoʻziqorin ham zaharli qoʻziqoringa aylanib qolishi mumkin.
Qoʻziqorinning yovvoyi turlarini bilmasdan, bir-biridan ajrata olmasdan, ulardan konserva, tuzlama va har xil taomlar tayyorlab, isteʼmol qilish oʻta xavfli ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Qoʻziqorindan zaharlanish, ayniqsa, qariyalar va bolalarda oʻtkir boshlanib, jiddiy va ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin. Zaharlanish belgilari 3-5 soatdan 20-24 soatgacha yashirin davrga ega boʻlib, kasallik belgilari 1-2 soat oʻtgach, namoyon boʻla boshlaydi. Bunda bemorda dastlab, asab tizimi faoliyatida oʻzgarishlar, xususan koʻp terlash, soʻlak va koʻzdan yosh oqishi kabi belgilar paydo boʻladi.  Tomir urishi sekinlashadi va sustlashadi, bemorlarda alahsirash, titrash, koʻz qorachigʻining  kengayishi   yoki  torayishi  kuzatiladi.
Bunday holatlarda bemorlarga oʻz vaqtida koʻrsatilgan tez tibbiy  yordam katta samara berishi mumkin va bemor odatda 1-2 kundan keyin sogʻayib ketadi. Zaharlanish holatlari kuzatilib, oʻz vaqtida davolash muolajalari amalga oshirilmasa, bemorning ahvoli ogʻirlashishi, hatto fojiali yakun topishi ham mumkin. Bu kabi holatlar kuzatilmasligi uchun esa uni terib isteʼmol qiluvchi shaxs avvalambor zaharli va zaharsiz qoʻziqorinlarni ajrata olishi kerak. Ming afsuski, hozirgi paytda bir qarashda ularni farqlab boʻlmaydi, boz ustiga agar u belgilanmagan joylarda sotilayotgan boʻlsa, sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan boʻlsa, hushyor boʻlishimiz kerak. Biz uni xarid qilib uyga olib kelish orqali nafaqat oʻzimizning, balki farzandlarimiz va yaqinlarimizning hayotini xavf ostiga qoʻyishimiz mumkin.
Mabodo, qoʻziqorinni isteʼmol qilishga ishtiyoq paydo boʻlsa, u holda faqat bozorlar va savdo doʻkonlaridan qoʻziqorin xarid qiling. Albatta bunday paytda gigiyenik va muvofiqlik sertifikatlari mavjudligiga eʼtibor qarating hamda sotuvchilardan veterinariya-sanitariya laboratoriyalari xulosalarini taqdim etishlarini talab qiling.
Mutaxassis sifatida shuni taʼkidlab oʻtamanki, yovvoyi holda oʻsgan qoʻziqorinlar bilan bogʻliq zaharlanishlar koʻplab uchrab turishini aslo yoddan chiqarmang.

D.Babajanov, tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat

salomatligi boʻlimining sanitariya gigiyena boʻlinmasi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019