19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 05:23
Jamiyat 👁 353

XITOY OVULI KOʻRKAM QIYoFA KASB ETIB, OBOD MASKANGA AYLANMOQDA

XITOY OVULI KOʻRKAM QIYoFA KASB ETIB, OBOD MASKANGA AYLANMOQDA

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan hayotga izchil tatbiq etilayotgan “Obod qishloq” dasturi bugun chekka-chekka hududlardagi aholi punktlarida barpo etilayotgan zamonaviy uy-joylar, taʼlim muassasalari, dam olish maskanlari-yu qator xizmat koʻrsatish shoxobchalarining yangicha qiyofasida oʻzining yorqin ifodasini topmoqda. Koʻrkam qiyofa kasb etib, obod maskanlarga aylanayotgan qishloq va mahallalar aholisi mamnun hayot kechirmoqda.
Amudaryo tumanida ham “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida Jumurtov shaharchasi va Xitoy ovullari hududlarida aholi punktlarining meʼmoriy qiyofasini tubdan yangilash, shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan edi.
Ayni kunlarda mazkur hududni kompleks rivojlantirish maqsadida yoʻl-transport infratuzilmasini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlarini zamonaviy qiyofaga keltirish maqsadida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Masʼul mutasaddilar   hududlarga tashrif buyurib, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda duch kelinayotgan kamchiliklarni, muammolarni oʻrganishmoqda va ularning bartaraf etilishiga koʻmaklashishmoqda.


22-fevral kuni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokim oʻrinbosarlari, Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, hudud boʻyicha sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov hamda boshqa masʼullar Obod qishloq dasturi doirasida obod maskanga aylanayotgan Xitoy qishlogʻiga tashrif buyurdilar.
Yurtning kelajagi boʻlgan yoshlarni tarbiyalash, avvalo, bogʻcha va maktablardan boshlanadi. Shu bois Xitoy ovul fuqarolar yigʻinidagi ijtimoiy  soha obʼektlaridan 2-sonli umumtaʼlim maktabi, 45-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining toʻliq taʼmirdan chiqarilishi aholining ayni koʻnglidagi ish boʻlmoqda. Shuningdek, fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida ham taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Undan tashqari, ovul hududidagi 5,95 km. uzunlikdagi ichki koʻcha yoʻllari hamda ovulni boshqa hududlar bilan tutashtiruvchi Kuyuk koʻpir – Xitoy avtomobil yoʻllarini taʼmirlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hududdagi avtomobil yoʻllari boʻyiga 1,1 km. uzunlikdagi piyodalar yoʻlakchasi ham yangidan qurilmoqda.


Rejaga koʻra, “Obod qishloq” dasturi doirasida hududdagi avtomobil yoʻllari boʻyiga  35 ta tungi koʻcha yoritish chiroqlari oʻrnatiladi. Ovul hududidagi 35 ta tayanch ustunlarni rekonstruktsiya qilish va 19,5 km. uzunlikdagi elektr tarmoqlari va 6 ta transformator punktlarida mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish koʻzda tutilgan.
Ichimlik suv taʼminotini yaʼshilashga qaratilgan chora-tadbirlarga koʻra, hudud aholisiga toza ichimlik suvini yetkazib berish maqsadida Xitoy qishlogʻi hududiga 2 ta tozalangan suv tarqatish shoxobchasi yangidan tashkil etilmoqda. Ushbu shoxobchalar ishga tushirilgach, ovul aholisini toza ichimlik suvi bilan muntazam taʼminlash imkoniyati yaratiladi.


Bundan tashqari, infratuzilma obʼektlarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ovul hududidagi yakka tartibdagi turar joylar holatini yaxshilash maqsadida uylarning tom qismi, fasad qismi taʼmirlanmoqda. Darvozaxonalar holati yaxshilanib, ihota devorlari taʼmirlanmoqda, ayrimlari esa yangidan qurilmoqda. Hududda koʻkalamzor maydonlarni kengaytirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda va yangidan daraxtzorlar, gulzorlar tashkil etilmoqda. Aholi  tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 8 ta savdo majmualarini bunyod etilmoqda.
Xitoy ovulining obod goʻshaga aylanib borayotgani, hududdagi bunyodkorlik ishlari aholining kayfiyatini koʻtarib, yanada yangi marralar sari intilishlariga zamin yaratmoqda. Xitoyliklarning barchasida olib borilayotgan ishlarga daxldorlik hissi ortib, ertangi kunga ishonchi mustahkamlanmoqda.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026