19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 05:23
Jamiyat 👁 110

EʼTIBORSIZLIK – FAVQULODDA HOLATLARNING YuZAGA KELIShIGA SABAB BOʻLADI

EʼTIBORSIZLIK – FAVQULODDA HOLATLARNING YuZAGA KELIShIGA SABAB BOʻLADI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2020-yil 26-oktyabr kungi yigʻilish bayonnomasi ijrosini taʼminlash maqsadida tumanimizdagi 4 ta sektorlar kesimida aholini favqulodda vaziyatlarda himoya qilish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Ichki ishlar boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi “Amudaryotumangaz taʼminoti” filiali hamda elektr tarmoqlari korxonasi xodimlaridan iborat tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan amaliy-nazariy mashgʻulotlar oʻtkazib kelinmoqda.
Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtgan yil davomida tumandagi 49 ta koʻp qavatli uylarda, yakka tartibdagi 32115 ta aholi turar joylarida yashovchi fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, yashash uylarining yongʻinga qarshi holatlari koʻzdan kechirilli oʻtin, koʻmir, gaz isitish pechlaridan notoʻgʻri foydalanish holatlari aniqlandi. Ushbu xonadonlarda noxush holatlar, yaʼni chaqnash (portlash), yongʻin va is gazidan hamda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlardan zaharlanishning oldini olish maqsadida tumandagi 49 ta OFY va MFYlarda yashovchi fuqarolarga zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Oʻtkazilgan tadbirlar davomida tuman Yongʻinga qarshi kurashish jamiyati xodimlari tomonidan fuqarolarning yashash uylaridagi isitish pechlari texnik koʻrikdan oʻtkazib, 458 ta dudburonlari chang tortish moslamasi yordamida tozalab berildi. Aniqlangan 348 ta nosoz dudburonlar taʼmirlanib, soz holatga keltirildi.
Tumanda oʻtgan 2020-yil davomida 33 ta yongʻin qayd etildi. Shundan 11 tasi yashash uyida, 3 tasi paxta qabul qilish maskanlarida, 1 tasi avtomobilda, 18 tasi aholining molxona va cherdaklarida sodir boʻlgan.
Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan tumandagi 49 ta OFY va MFYlarda 2021-yil davomida noxush holatlarning oldini olish maqsadida yangi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, xodimlar tomonidan profilaktik tadbir davom ettirilmoqda.
Fuqarolarimiz shuni unutmasliklari kerakki, oddiygina eʼtiborsizlik favqulodda holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun esa hamisha ogoh boʻlish zarur.

G.Z.OʻRALOV, tuman FVB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026