19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 05:24
Jamiyat 👁 240

“ZOʻRAVONLIKSIZ OILA – SOGʻLOM OILA” MAVZUSIDA KOʻRGAZMALI OʻQUV-SEMINAR OʻTKAZILDI

“ZOʻRAVONLIKSIZ OILA – SOGʻLOM OILA” MAVZUSIDA  KOʻRGAZMALI OʻQUV-SEMINAR OʻTKAZILDI

Inson huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini taʼminlashga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani natijasida oilaga, ayol zotiga boʻlgan munosabat oʻzgarib, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish hayotimizning maʼno-mazmuniga, asosiy maqsadiga aylandi.
Ayol goʻzal boʻlsa – olam goʻzal, ayol baxtli boʻlsa – oila, butun jamiyat baxtli boʻladi. Bugun Oʻzbekistonda yashayotgan har bir ayol, chin maʼnoda baxtli. Zero, uning huquq va erkinliklari qonunlar bilan mustahkamlangan.
Oʻzbekiston tarixida ilk bor 2019-yilning 2-sentyabrida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlar qabul qilindi. Ushbu qonun xujjatlari xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, taʼlim muassasalarida va boshqa joylarda tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni ham tartibga soladi. Tazyiq va zoʻravonlikni boshidan oʻtkazgan shaxslarni himoya qilish, jamiyatda ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning har qanday shakliga murosasiz muhitni qaror toptirishni kafolatlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasining 5-sonli bayonida har bir viloyatda tanlov asosida bitta tuman markazi faoliyatini namunali yoʻlga qoʻyib, ular negizida hududlardagi markazlar xodimlari uchunkoʻrgazmali oʻquv-seminari oʻtkazish belgilangan edi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish, oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazi Amudaryo tuman boʻlinmasi namunali deb topildi va 2021-yil 20-fevral kuni “Zoʻravonliksiz oila – sogʻlom oila” mavzusida  koʻrgazmali oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi.


Seminarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish, oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazi direktori Sayyora Nasirova, malakali psixolog Roza Amanova, Nukus shahar, Xoʻjayli, Qoraoʻzak, Taxiatosh, Beruniy, Elliqalʼa tumanlari ijrochi direktorlari, masʼul xodimlari va jamoatchilik asosida biriktirilgan mutaxassislar qatnashdilar.
Koʻrgazmali oʻquv-seminar markazning jihozlanishi, moddiy-texnik bazasi va ish uslubining Nizom talablariga mos kelishi, hujjatlar yuritilishi bilan tanishishdan boshlandi.  Seminar ishtirokchilari markazning jihozlanishi bilan yaqindan tanishdilar va oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.   
Shundan keyin “Zoʻravonliksiz oila – sogʻlom oila” mavzusidagi koʻrgazmali oʻquv-seminarining ikkinchi qismi tuman hokimligi binosida davom ettirilib, markazning tuman boʻlinmasi ijrochi direktori Gavhar Chimbaychiyeva, Qoraqalpogʻiston Respublikasi markazi direktori Sayyora Nasirova, psixolog Roza Amanova, tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi oʻrinbosari, bosh pediatr Gulshod Yusupovalar maʼruzalar qildilar.  Maʼruzalar yuzasidan qizgʻin munozaralar davomida ishtirokchilar ayollarga nisbatan zoʻravonlik holatlarining oldini olish sohasidagi ijobiy yutuqlari, xususan, tumanda ayollarning ijtimoiy moslashuv markazi tashkil etilgani, maishiy zoʻravonlik qurboni boʻlgan ayollar uchun yagona “ishonch telefon” raqamlari ishga tushirilgani, ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar uchun psixolog, huquqshunos maslahatlarining tashkil etilganligi, zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha tashviqot ishlari kuchaytirilganligi qayd etildi.
Koʻrgazmali oʻquv-seminar yakunida ishtirokchilar zoʻravonlik masalalari boʻyicha aholining xabardorligini oshirish, shuningdek, davlat, huquq-tartibot hamda NNTlarning zoʻravonlikning har qanday turining oldini olishga qaratilgan hamkorliklarini kuchaytirish lozimligini taʼkidladilar.

Gavhar ChIMBAYChIYeVA, Respublika zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni

reabilitatsiya qilish va moslashtirish, oʻz joniga qasd qilishning

oldini olish markazi Amudaryo tuman boʻlinmasi ijrochi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026