19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 05:21
Jamiyat 👁 170

DEPUTAT SOVRINI UChUN KOʻRIK-TANLOV OʻTKAZILDI

DEPUTAT SOVRINI UChUN KOʻRIK-TANLOV OʻTKAZILDI

Oʻlkamizga fasllar kelinchagi bahor tashrif buyurdi. Qalblarga oʻzgacha joʻshqinlik, bahoriy koʻtarinkilik kirib keldi. Bahorni sogʻingan dillar ona zaminimiz uzra yuz berayotgan yangilanishlardan quvonib, yangiliklar sari intilmoqda.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tuman Madaniyat boʻlimida ham qator bayram tadbirlari oʻtkazishga hozirlik koʻrilayotir.

Shu yilning 1-marti  – koʻklamning ilk kunida boʻlimda tashkil etilgan deputat sovrini uchun ayol-qiz ijrochilarning tuman koʻrik-tanlovi ham shularning biridir.

Tanlov “Boyovul” saylov okrugidan tuman Kengashiga deputat Oybek Begimov homiyligida tuman Madaniyat boʻlimi tasarrufidagi hududiy madaniyat markazlari bilan hamkorlikda oʻtkazildi.

Tadbir maqsadi mukarrama va ulugʻ zot – ayolni qadrlashdek azaliy qadriyatlarimizni targʻib etish, tumanimiz ayol-qizlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli va maqsadli oʻtkazishlariga hissa qoʻshish, tumanimiz ajodkor ayol-qizlarining oʻz qobiliyatlarini namoyon etishlariga sharoit yaratish va ularni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Ushbu tanlovda tuman Madaniyat boʻlimiga qarashli madaniyat markazlari tavsiyasiga koʻra 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayol-qizlar xalq qoʻshiqlari, lapar, yalla, alla, estrada yoʻnalishidagi hamda milliy zamonaviy yoʻnalishdagi  qoʻshiqlar hamda raqslar ijro etish boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Avvalo koʻrik-tanlov  shartiga koʻra ishtirokchilar hakamlar hayʼatiga oʻzlari tanlovga tayyorlab kelgan dasturi haqida yozma maʼlumot berdilar.

“Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi” salomatligini mustahkamlash yili davlat dasturida belgilab berilgan ulugʻvor vazifalarning ijrosini taʼminlashga qaratilgan tanlovda tumanimizda istiqomat qilayotgan sanʼatga qiziquvchi 70 nafar havaskor ashulachi va raqqosa qizlar ishtirok etib, oʻz iqtidorlarini namoyish etdilar.

9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi tomoshalar zalida deputat sovrini uchun boʻlib oʻtgan tanlovda tumanimizning eng chekka hududlarida ham isteʼdodli  va mahoratli, oʻzbek milliy sanʼatining eng qadim turlari – lapar, yalla, alla, xalq qoʻshiqlarini  ardoqlab, avaylab kelayotgan, oʻziga xos jozibali talqinda ijro eta oladigan ashulachilar va mahoratli raqqosa ayol qizlar borligini koʻrsatdi.

Qoʻshiq, raqslar yakka yoki guruh boʻlib ijro etildi.

Ishtirokchilarning ijrolarini hakamlar hayʼati aʼzolari ijro qilingan asarning gʻoyasi, badiiy saviyasi, kuy va ovozning uygʻunligi, liboslari, sahnada oʻzini tutish madaniyati va ijro mahoratiga qarab, odilona baholab bordilar.

Deputat sovrini uchun oʻtkazilgan koʻrik-tanlov gʻoliblari deputat Oybek Begimovning sovgʻalari, tuman Madaniyat boʻlimi maʼmuriyatining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, munosib deb topilgan ijrochilar tumanimizda oʻtkaziladigan Navroʻz umumxalq bayram saylida oʻz qoʻshiq, raqslari bilan ishtirok etishga tavsiya etildi.

Koʻrik-tanlov 8-mart – Xalqaro xotin qizlar kuni oldidan ijodkor ayol-qizlarga yuksak mativatsiyalar berdi, oʻz ustlarida qunt bilan ishlab, mahoratini yana ham oshirishga ragʻbatlantirdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026