16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:17
Iqtisodiyot 👁 187

BANKROTLIK TOʻGʻRISIDAGI IShLAR IQTISODIY SUDDA KOʻRILADI

BANKROTLIK TOʻGʻRISIDAGI IShLAR IQTISODIY SUDDA KOʻRILADI

Bankrotlik atamasi – italyan tilidan kelib chiqib, «singan kursi» maʼnosini anglatadi. Bankrotlik, yaʼni sinish deyilganida fuqaro, korxona, firma yoki bankning mablagʻi yetishmaganligidan oʻz majburiyatlari boʻyicha qarzlarni toʻlashga qurbi yetmasligi, qarzdorning majburiyatlari mol-mulkidan oshib ketganligi sababli tovarga haq toʻlash yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga, byudjetga va boshqa fondlarga majburiy toʻlovlarni taʼminlashga qodir emasligi tushuniladi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 25-moddasida bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar iqtisodiy sudga taalluqli ekanligi koʻrsatilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining «Bankrotlik toʻgʻrisida»gi Qonuni 6-moddasiga asosan iqtisodiy sudga qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan qarzdor, kreditor va prokuror murojaat qila oladi. Majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga qarzdor, prokuror, soliq xizmati organlari, shuningdek, ustav fondida davlat ulushiga ega boʻlgan va pul majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oldida qarzi boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar buyicha davlat organi va uning hududiy organlari murojaat qilish huquqiga ega. Qarzdorda bankrotlik alomatlari mavjud boʻlsa, ish iqtisodiy sud tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.

Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi, shuningdek, davlat soliq xizmati organi va prokurorning qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizalari iqtisodiy sudlar tomonidan davlat boji toʻlovisiz ish yuritishga qabul qilinadi. Sud tomonidan ariza qanoatlantirilgan taqdirda davlat boji qarzdordan undirish orqali qoplanadi.

Belgilangan tartibda va miqdorda pochta harajatlari qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi 155-moddasi birinchi qismining 6-bandiga asosan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qaytariladi.

Sudya qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi talablariga rioya etilgan holda berilgan boʻlsa oʻz ish yurituviga qabul qilinishi va sud kuzatuvni joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlarning bankrotlik holatining vujudga kelish sabablari chuqur sinchkovlik bilan iqtisodiy sudlarda koʻrib chiqilishi tartibi ommaga keng yoritilib borilishi, harakatdagi korxonalar inqirozining oldini olishga zamin boʻlib xizmat qiladi.

B.Bekmurodov, Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi.

Q.O.Xojamurodov, Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019