16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:51
Sport 👁 146

“YoSh ChEGARAChILAR” HARBIY-SPORT MUSOBAQASI BOʻLIB OʻTDI

“YoSh ChEGARAChILAR” HARBIY-SPORT MUSOBAQASI BOʻLIB OʻTDI

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni jismonan sogʻlom va maʼnaviy yetuk inson sifatida kamol toptirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, oʻz yurti va xalqi taqdiri uchun yuksak masʼuliyat va javobgarlik tuygʻularini shakllantirish maqsadida barcha hududlardagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida “Yosh chegarachilar” harbiy-sport musobaqasi oʻtkazilib kelinmoqda. Tumanimizda ham Xalq taʼlimi, Mudofaa ishlari, Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamkorligida umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida ushbu musobaqa tashkil etilib, yoshlar qalbida Vatan taqdiriga daxldorlik, yurtga muhabbat va sadoqat kabi ezgu hislar yanada mustahkamlanmoqda.

Shu yil 30-mart kuni tumanimizda ham ushbu musobaqaning hududiy bosqichi 8 ta, yaʼni Mangʻit shahri, shahar atrofi, Qilichboy, Doʻrman, Xitoy, Jumurtov, Toʻlqin, Qipchoq ovullarida oʻtkazildi. Barcha hududlarda qizgʻin tarzda oʻtkazilgan musobaqalarda shartlarni chaqqonlik, abjirlik, bilimdonlik bilan bajarib, gʻolib boʻlishga erishgan jamoalar saralanib, tuman bosqichida qatnashishga muvaffaq boʻldilar.

31-mart kuni mudofaaga koʻmaklashuvchi Vatanparvar tashkilotida yuqori saviyada oʻtkazilgan mazkur musobaqaning tuman bosqichida hududiy bosqich gʻoliblari kuch sinashdilar. Musobaqaga jami  umumtalim maktablaridan 8 ta jamoa, 80 nafar oʻquvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Musobaqada ishtirok etgan masʼullar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati negizida ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan sogʻlom, hech kimdan kam boʻlmasdan, boshini baland koʻtarib  yashaydigan, Vatanimizning taqdiri va istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir boʻlgan barkamol avlodni tarbiyalashdek ustuvor maqsad mujassamligi toʻgʻrisida soʻzladilar. Yosh avlod qalbida Vatan sarhadlari muqaddas ekanligi haqidagi tushunchani shakllantirish, davlat chegarasining himoyasi sharafli burch ekanligini targʻib qilish, chaqiriqqacha tayyorgarlik yoshidagi oʻsmirlarni chegara qoʻshinlari saflarida xizmat qilishga tayyorlab borish maqsadida har yili anʼanaviy oʻtkazilib kelinayotgan ushbu musobaqaning bu galgi ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladilar.

Jamoalar tomonidan qizgʻin kutib olingan musobaqada ishtirokchilar safda harbiycha yurish, toʻsiqlardan sakrab oʻtash, belgilangan masofaga yugurish, turnikka tortinish, avtomatni qismlarga ajratish va yigʻish, jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish kabi shartlar boʻyicha oʻz mahoratlarini koʻrsatdilar. Jamoalarning barcha aʼzolari faol ishtirok etib, oʻz bilim va mahoratini, chaqqonlik va abjirliklarini, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish koʻnikmalarini keng namoyish etdilar. Musobaqa davomida oʻquvchi-yoshlar bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazdilar. Shuningdek, Vatanparvar tashkilotining oʻquv-sport texnika klubida yaratilgan sharoitlar, mavjud texnikalar bilan yaqindan tanishishdi.

Musobaqa yakuniga koʻra, barcha shartlarni mohirlik bilan bajarib, ustunlikni qoʻlga kiritgan 6-sonli umumtalim maktabi jamoasi 1-oʻrinni, 48-sonli umumtalim maktabi jamoasi 2-oʻrinni, 3-oʻrinni 22-sonli umumtalim maktabi jamoasi 3-oʻrinni egalladi. Gʻolib jamoalar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Bu kabi musobaqalar yoshlarning harbiy sohaga qiziqishini yanada kuchaytirib, hayotini Vatan tinchligi, sarhadlar osoyishtaligi, el-yurt xotirjamligi uchun bagʻishlashga daʼvat etayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019