16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:57
Salomatlik 👁 347

AMUDARYoDA KORONAVIRUSGA QARShI EMLASh JARAYoNI BOShLANDI

AMUDARYoDA KORONAVIRUSGA QARShI EMLASh JARAYoNI BOShLANDI

Oʻtgan yili butun dunyoda pandemiyani yuzaga keltirgan koronavirus infektsiyasi barcha davlatlarga, shuningdek, bizning davlatimizga ham jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Ayni paytda ham koʻpgina davlatlarda ushbu infektsiyaning yangi mutantlari yuzaga kelib, kasallik tarqalishi davom etmoqda. Oʻzbekistonda ham soʻnggi kunlarda kasallikka chalinganlar soni ortib, oʻlim holatlari qayd etila boshladi.

Yuqumli kasalliklarga chalinishning, tarqalishining oldini olishda eng samarali usul vaktsinatsiyalar qilish hisoblanadi. Jiddiy oqibatlarga sabab boʻlayotgan koronavirus infektsiyasini toʻliq jilovlab olish uchun ham bir qator davlatlarda unga qarshi vaktsinalar ishlab chiqildi va klinik sinovlardan oʻtkazilib, ommaviy emlash uchun sertifikatlar olindi. Shu kunlarda butun dunyoda emlash jarayonlari oʻtkazilmoqda.

Yurtimizda ham joriy yil koronavirus infektsiyasiga qarshi aholini ommaviy emlash jarayoni oʻtkazila boshladi. Respublikamizda, shuningdek, tumanimizda koronavirus infektsiyasiga qarshi 65 yoshdan oshgan keksalar va   qariyalar, surunkali kasalliklari bor shaxslar, maktab oʻqituvchilari,maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari, tibbiyot va huquqni muhofaza qilish organ xodimlari birinchi navbatda emlash rejalashtirilgan.

Shu yil 10-aprel kunidan tumanimizda koronavirusga qarshi profilaktik emlash  ishlari boshlab yuborildi. Tibbiyot birlashmasiga qarashli Koʻp tarmoqli markaziy poliklinkada amalga oshirilayotgan emlash jarayoni karantin qoidalariga toʻliq rioya etgan holda tashkil etilmoqda.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasida, shuningdek, tumanimizda ham koronavirusga qarshi ommaviy emlashda uch xil, yaʼni Rossiya davlatining  “Sputnik-V”,  Shvetsiya – Buyuk Britaniya hamkorligidagi Astra Zeneca va Xitoy – Oʻzbekiston hamkorligidagi ZF-UZ-Vac 2001 vaktsinalaridan foydalanish kutilayotgani maʼlum qilingan edi. Maʼlumotlarga koʻra, Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimiga 2021-yil 9-aprel kunida koronavirus infektsiyasiga qarshi birinchi tur vaktsinatsiya uchun  2700 doza vaktsina, shprits, yetarli miqdorda spirt va boshqa zarur tibbiy uskunalar olib kelindi.  Vaktsinalarning 1200 dozasini ZF-UZ-VAC 2001  vaktsinasi, 1500 dozasini Astra Zeneca vaktsinasi tashkil qiladi. Shprits – 2700 dona, ishlatilgan shpritslarni xavfsiz yoʻqotish korobkasi – 27 dona, 70 foizlik etanol spirti 50 milligramlik flakonda 54 dona, eslatma plakatlardan 1400 dona keltirildi.

Hozirgi kunda “EMLASH.UZ” bazasiga 24 ming 412 nafar fuqaro kiritilib, dastlab ushbu roʻyxatdagi fuqarolarni emlash rejalashtirilgan. Koronavirusga qarshi profilaktik emlash  birinchi navbatda xavfli guruhga kiradigan tibbiyot xodimlari va 65 yoshdan katta aholi oʻrtasida amalga oshiriladi. Shuningdek, emlanishi  lozim  boʻlgan tibbiyot xodimlari va 65 yoshdan kattalar aholining 20 foizini tashkil qilgani sababli, vaktsinalarning maʼlum qismi sovuqlik zanjiriga rioya qilingan holda davolash-profilaktik muassasalarning emlash punktlariga olib  borib beriladi. 

Maʼlumki, koronavirus infektsiyasiga qarshi emlash faqatgina ixtiyoriylik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Taʼkidlanganidek, birinchi navbatda 65 yoshdan oshgan keksalar va qariyalar, surunkali kasalliklari bor shaxslar, maktab oʻqituvchilari,maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari, tibbiyot xodimlari, huquqni muhofaza qilish organ xodimlarini emlash koʻzda tutilgan.

Koronavirusga qarshi emlash ishlarini oʻtkazish uchun  Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika, oilaviy shifokorlik punktlarida 23 ta emlash brigadalari shundan 13 ta mobil emlash brigadalari tashkil qilindi. Har bir brigada tarkibiga vaktsinator, dublyor vaktsinator, umumiy amaliyot shifokori va registratorlar jalb etilib, barchasi tayyorgarlikdan oʻtkazildi. Barcha brigadalar emlash uchun lozim jihozlar va dori-darmonlar bilan taʼminlandi.

Koronavirus infektsiyasiga qarshi emlangan shaxslar 30 daqiqa davomida va yana uch kungacha patronaj tibbiyot xodimlarining kuzatuvida boʻlmoqda. Tumanda 12-aprel holatiga emlangan fuqarolar 1000 nafardan oshgan boʻlib, ularning holati tibbiy hujjatlariga rasmiylashtirilib borilmoqda. Hozirgi kungacha emlangan fuqarolarda mahalliy taʼsirdan tashqari birorta nojoʻya holat kuzatilmagan.

Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash aholi oʻrtasida kasalliklar tarqalishining oldini olishda muhim oʻrin tutadi. Emlash vositalari, emlash imkonlari borligi bu insoniyatning eng katta yutugʻi hisoblandi. Emlash oʻtkazish natijasida aholining 75 foizidan ortigʻida koronavirus kasalligiga qarshi immunitet hosil qilinsa, ushbu kasallikni toʻliq jilovlashga erishiladi.

G. Bekiyev, Amudaryo tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019