16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:54
Salomatlik 👁 224

ISTIROHAT BOGʻIDA SALOMATLIK KUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIRLAR OʻTKAZILDI

ISTIROHAT BOGʻIDA SALOMATLIK KUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Inson uchun eng katta boylik bu salomatlikdir. Sogʻlom inson sogʻlom fikrlaydi, oʻz maqsadi sari olgʻa intiladi. Salomatlikni asrash uchun eng muhim vosita esa bu badan tarbiyasi, jismoniy harakat hisoblanadi. Shu bois sport bilan shugʻullanadigan kishilar nafaqat jismonan, balki maʼnan sogʻlom, irodasi mustahkam, sogʻlom fikrlaydigan insonlar sanalishadi.

Sport ruhiyatni ham sogʻlom qiladi, ruhiyati sogʻlom inson esa hayotning har jabhasida faol va harakatchan boʻladi. Qolaversa, sport bilan muntazam shugʻullanadiganlar tartib-intizomga, tozalikka odatlanadi, serharakatligi bois ovqat hazm qilish jarayoni ham yaxshi kechadi.

Shu yil 7-aprelda Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan  tumandagi Istirohat bogʻida Tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan  tadbirlar tashkil etildi. Tadbirda tuman Tibbiyot birlashmasi masʼullari ishtirok etdilar va 1950-yildan boshlab, 7-aprelning Butunjahon salomatlik kuni sifatida belgilangani, shundan buyon  insonlarning salomatligini saqlash maqsadida yil kasalligi belgilanib, uning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, profilaktika ishlarini olib borish yoʻlga qoʻyilgani xususida soʻzladilar.

Shuningdek, Prezidentimizning oʻtgan yilgi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida sogʻlom ovqatlanish tamoyillari, jismoniy faollik  va ommaviy sport turlari bilan shugʻullanishni keng targʻib etish koʻrsatilgani, shunga koʻra tashkilot va korxonalarda, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarda  shanba salomatlik kuni deb belgilangani, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga keng toʻxtalib oʻtildi. Turli sport musobaqalarini oʻtkazish, shaxsiy gigiyenaning ahamiyati, zararli odatlarga berilmaslik  har bir fuqaroning kundalik hayoti  tarziga aylantirilishiga imkon yaratish  Davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani taʼkidlandi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Tibbiyot birlashmasi shifokori Jumaboy Yavqashev Prezident Farmon va Qarorlari asosida oʻtkazilayotgan sogʻlomlashtirish tadbirlarida aholi salomatligini yaxshilash, sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq qilish, jismoniy faollik, sogʻlom ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechishni kundalik hayot tarziga aylantirish orqali har bir fuqaroda kuchli immun tizimi paydo boʻlishini taʼminlash  koʻzda tutilganiga keng toʻxtaldi. Shuningdek, oʻsmirlar akusher-ginekologi Guliston Aqnazarova reproduktiv huquq, erta turmush qurishning salbiy oqibatlari xususida batafsil maʼlumot berdi. Tibbiyot birlashmasining teri-tanosil kasalliklari shifokori Neʼmatjon Artiqov  esa teri-tanosil kasalliklari, ularning yuqish yoʻllari haqida soʻz yuritdi. Shifokorlar Tamara Saidova hamda Matyoqub Ernazarovlar ham tadbir ishtirokchilariga sogʻlom ovqatlanish tartibi, shaxsiy gigiyena, koronavirusdan saqlanishda  karantin chora-tadbirlariga amal qilish tartiblari toʻgʻrisida tushunchalar berdilar.

Soʻngra bolalar jarrohi, sport targʻibotchisi Ibodulla Nurimbetov tomonidan badantarbiya, ommaviy jismoniy faollikning inson salomatligini saqlash va mustahkamlashdagi roli haqida maʼlumot berildi va nafas gimnastikasi, faol yurish mashqlari  bajarildi. Tadbir davomida  ishtirokchilariga koronavirusdan saqlanish, oʻsmir qizlar reproduktiv salomatligi, yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sogʻlom ovqatlanish, zararli odatlardan saqlanish  kabilarga doir buklet va eslatmalar ham tarqatildi.

Tadbir ishtirokchilari yuqumli va yuqumsiz kasalliklar  profilaktikasi, gimnastika, faol va piyoda yurish, velosayr, kechki sayllarning inson salomatligini mustahkamlashdagi  ahamiyati  toʻgʻrisidagi keng tushunchalarga ega boʻldilar.

J Yavqashev, tuman Tibbiyot  birlashmasi ASTTQQ va JFO markaz boʻlimi  mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019