17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:59
Sport 👁 237

HAVO MILTIGʻIDAN OʻQ OTISh BOʻYIChA SPORT MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

HAVO MILTIGʻIDAN OʻQ OTISh BOʻYIChA SPORT MUSOBAQASI OʻTKAZILDI

Bugungi kunda yoshlarni milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimizni oʻrgatish, yurtimiz mustaqilligi va ravnaqi yoʻlida kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib boʻlish tuygʻusini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga ishonchini kuchaytirish, Vatanimiz mudofaasi uchun xizmat qilish har bir yigitning sharafli burchi ekanligini anglatish yoʻlida koʻpgina saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Shuningdek, har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega yoshlarni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Chunki yurt manfaatlarini  harbiy sohada ham, hayotning barcha jabhalarida ham ishonchli himoya  qilishga qodir oʻgʻlonlarni voyaga yetkazish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Amudaryo tuman oʻquv sport-texnika klubi ham ushbu sharafli vazifaning ado etilishiga munosib hissa qoʻshayotganlarning biri. Bu yerda yoshlarga turli rusumdagi avtomashinalar haydash, yoʻl harakati qoidalar puxta oʻqitilib, kasb-korli boʻlishi taʼminlanayotir.

Shuningdek, tumanimiz hududidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalari chaqiriqqacha tayyorlash fani oʻqituvchilari bilan hamkorlikda oʻquvchilar orasida turli harbiy-sport musobaqalari, boshlangʻich harbiy taʼlimga doir tanlovlar, musobaqalar muntazam oʻtkizib turilayapti.

Shu yilning 19-aprelida 13-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida havo miltigʻidan oʻq otish boʻyicha oʻtkazilgan musobaqa ham shularning biridir.

Musobaqa uchta bosqichla oʻtkazildi. Dastlabki bosqichda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman oʻquv sport-texnika klubidan yoʻl olgan avtokarvon 13-sonli maktabga yetib bordi. Ikkinchi bosqichda sport avtomobillari va havo miltiqlari oʻquvchi yoshlarga tanishtirildi, ishlatish yoʻl-yoʻriqlari tushuntirildi. Ushbu koʻrgazmani oʻquvchilar qiziqib tomosha qildilar va qismlari haqida maʼlumotga ega boʻldilar.

Uchinchi bosqichda havo miltigʻidan oʻq otish sport musobaqasi boʻlib oʻtdi.  Ushbu bosqichda oʻquvchilarning moʻljalni aniq nishonga ola bilishi, ziyrakligi va havo miltigʻini toʻgʻri qoʻllay olishi sinovdan oʻtkazildi.

Shunisi eʼtiborliki, tadbirning har bir bosqichida oʻquvchilar juda katta qiziqish bilan ishtirok etdilar va gʻoliblik uchun sidqidildan intildilar.

Musobaqa yakunida gʻolib oʻquvchilari “Vatanparvar” tashkilotining tuman oʻquv sport-texnika klubi maʼmuriyati tomonidan Faxriy yorliqlar va sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Tadbir oʻquvchi-yoshlar koʻnglida Vatanimiz mudofaasiga xizmat qilish sharafli burch ekanligini joyladi, boshlangʻich harbiy taʼlimni puxta egallashga undadi.

O.RAJABOVA.

Fotolavhalar orqali batafsil tanishing!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019