16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:52
Siyosat 👁 257

XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAShINING 31-SESSIYaSI TOʻGʻRISIDA AXBOROT

XALQ DEPUTATLARI AMUDARYo TUMAN KENGAShINING 31-SESSIYaSI TOʻGʻRISIDA AXBOROT

Batafsil fotogalereya

22-aprel kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 31-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya majlisida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari,  tuman  sud- huquq sohasi masʼullari, boʻlimlar, tijorat banklar rahbarlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari  hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Sessiyani tuman hokimi S.Yoʻldoshev ochdi va olib bordi. Sessiya kun tartibiga  “Fuqarolik  ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning  huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, odil sudlovni amalga oshirishga doir 2021-yilning  yanvar, fevral oylaridagi faoliyati toʻgʻrisida”gi,” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq  qabulxonasining 2021-yilning 1 choragida tumanni kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati,murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axboroti toʻgʻrisida”gi, “Tumanda tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash va ularning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha tumandagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tomonidan 2021-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar haqida axboroti toʻgʻrisida”gi, “Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining 2021-yilning 1 choragida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati haqidagi hisoboti toʻgʻrisida”gi, “Tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha tuman adliya boʻlimi boshligʻining axboroti haqida”gi, Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2021-yil birinchi choragidagi ijrosi toʻgʻrisida”gi, “Tumanni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, yangi ish oʻrinlarini barpo etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mahalliy byudjet daromadlarining qoʻshimcha manbalarini shakllantirish, qoʻshimcha rezervlarni aniqlash, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida” tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari, moliya boʻlimi mudiri hamda Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻining hisobotlari toʻgʻrisida”gi  va boshqa masalalar muhokama etildi.

Kun tartibidagi dastlabki masala yuzasidan Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Qayrulla Atamurodov axborot berdi. Sessiya kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasining 2021-yil 1 choragida tumanni komleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabovning axboroti tinglandi.

Shuningdek, tumandagi tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ularning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha tumandagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi mudiri Akbarjon Xoʻjamurodovning axboroti, 2021-yilning 1-choragida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganovning axboroti tinglandi. Axborotda taʼkidlandiki, tumanimizda tinchlikni saqlash, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni taʼminlash, uyushgan jinoyatchilik, korruptsiya, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, huquqbuzarlikning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni oʻz vaqtida fosh qilish, shuningdek, har qanday favqulodda hodisalar sodir etilishining oldini olish borasida joriy yilda tuman IIB, jamoatchilik vakillari va boshqa masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator tezkor-profilaktik tadbirlar amalga oshirilgan.

Navbatdagi masala - tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarning norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻʼminjon Matyusupovning axboroti tinglandi. Axborotda taʼkidlanishicha, Amudaryo tuman Adliya boʻlimi ham 2021-yil 1-choragi davomida oʻz funktsional vazifalarini bajarish barobarida muayyan ishlarni amalga oshirdi.

Boʻlimga 2021-yil 1-choragi davomida jami 52 ta ariza va shikoyat kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning 46 tasi ariza, 6 tasi shikoyatni tashkil qiladi. Boʻlimga kelib tushgan murojaatlarning 45 tasi hal qilinib, shundan 24 ta ariza va shikoyatlar qanoatlantirilgan, 21 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan. Boʻlim xodimlari tomonidan 2021-yil 1-choragida bevosita shaxsiy qabulda 46 nafar, sayyor qabullarda 8 nafar fuqarolar qabul qilingan.

Amudaryo tumani mahalliy byudjetining 2021-yil 1-choragidagi ijrosi toʻgʻrisida tuman Moliya boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Bekniyozovning axboroti tinglandi. Maʼruzachi  2021-yil I-chorak davomida tuman mahalliy byudjeti daromadlar rejasi 11 143 626,0 ming  soʻmni tashkil qilgani, ushbu rejaning ijrosi 13 756 662,4 ming soʻmga, yaʼni reja 123,4 foizga bajarilganini maʼlum qildi.

Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetidan olingan maksadli ijtimoiy transfertlar miqdori 28 624 612,0 ming soʻmni tashkil qildi.

2021-yil I-chorak davomida byudjet xarajatlari rejasi kiritilgan oʻzgarishlardan keyin jami 45 587 255,1 ming soʻmni tashkil qildi. 2021-yil I-chorak davomida byudjet mablagʻlari xarajatlari hisobidan jami 42 721 766,12 ming soʻmlik mablagʻlar sarflangani taʼkidlandi.

Shuningdek, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, yangi ish oʻrinlari barpo etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, mahalliy byudjet daromadlarining qoʻshimcha manbalarini shakllantirish, qoʻshimcha rezervlarini aniqlash, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Maʼmurjon Temirboyev, Investitsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari Rashid Salayev, Moliya boʻlimi mudiri Ulugʻbek Bekniyozov, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi A.Seitovlarning ham axborotlari ham tinglandi.

Sessiya kun tartibida koʻrilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan qizgʻin muhokama etildi. Sessiyada koʻrilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019