17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:59
Iqtisodiyot 👁 788

BOSh VAZIR OʻRINBOSARI AMUDARYoDA YaNGIDAN QURILAYoTGAN KOʻPRIKNING QURILISh IShLARI BILAN TANIShDI

BOSh VAZIR OʻRINBOSARI AMUDARYoDA YaNGIDAN QURILAYoTGAN KOʻPRIKNING QURILISh IShLARI BILAN TANIShDI

Prezidentimiz 2019-yil 20-21-avgust kunlaridagi Qoraqalpogʻiston Respublikasiga qilgan tashrifi davomida 2020-2022-yillar mobaynida tumanimizdagi Amudaryo daryosi ustidan oʻtadigan temir yoʻl va avtomobil yoʻli qoʻshma koʻprigi qurilishini loyihalashtirish va loyihani amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar bergan edi. Shunga koʻra va Davlatimiz rahbarining 2020-yil 12-13-dekabr kunlari Xorazm viloyatiga qilgan tashrifi chogʻidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatini bogʻlovchi Amudaryo daryosi ustiga avtomobil va temir yoʻl qoʻshma koʻprigini qurish ishlarini boshlash boʻyicha bergan tegishli topshiriqlariga muvofiq qisqa muddat ichida qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Amudaryoliklarning koʻp yillik orzusi boʻlgan eskirib qolgan ponton koʻprik oʻrniga zamonaviy temirbeton konstruktsiyali koʻprikning qurilishi ayni kunlarda jadal surʼatlarda davom etmoqda. Yangi koʻprikning qurilishi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi uchun savdo-iqtisodiy, ijtimoiy va maishiy aloqalarning yanada rivojlantirilishi kutilmoqda.

21-aprel kuni Xorazmni Qoraqalpogʻiston bilan bogʻlaydigan ushbu avtomobil va temir yoʻl koʻprigida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishish maqsadida tumanimizga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov tashrif buyurdi.

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev hamda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashevlar hamrohligida yangidan barpo etilayotgan koʻprikning qurilish maydonida boʻlib, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyatining “Koʻprik qurilish tresti” unitar korxonasi ishchilari tomonidan amalga oshirilayotgan katta hajmdagi qurilish ishlari bilan tanishdi.

Yangi koʻprik qurilishi loyihasiga buyurtmachi etib - “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyati, bosh loyihachi etib - “Boshtransloyiha” aktsiyadorlik jamiyati, bosh pudratchi etib - “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiyatining tarkibiy boʻlinmalari belgilangan. Ushbu qoʻshma koʻprikning uzunligi 412,7 metr, balandligi 11,5 metr, kengligi 8,5 metrni tashkil qiladi va shu bilan bir qatorda 79 km. uzunlikda “Shovot-Gurlan-Jumurtov-Qoraoʻzak” temir yoʻl liniyasini qurish boʻyicha ham ishlar boshlab yuborilgan. Yangi temir yoʻl liniyasi qurilishi natijasida Rossiya va Qozogʻiston Respublikasidan yuklarni tashish masofasini 240 km.ga vaqtini esa 6 soatga qisqartirishga erishiladi.

Yuk tashish hajmi ikki baravar koʻpayib, yiliga 25 million tonnani tashkil etadi. Mintaqalarning rivoji natijasida iqtisodiy samaradorlik yiliga 100 milliard soʻmga oshadi. Bundan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan Xorazm viloyatiga qurilish materiallarini yetkazib berish xarajatlari kamayadi, bu esa ijtimoiy obʼektlar va infratuzilmalarni qurish xarajatlarini kamaytiradi. Muxtasar qilib aytilganda, mazkur koʻprikning ishga tushirilishi natijasida hududlar farovonlashib, aholining turmush darajasi yanada yaxshilanadi.

2021-yilga ushbu loyihani amalga oshirish uchun respublika byudjetidan 40 mln. AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilmoqda.

Yangi koʻprik qurilishi maydonida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishgan masʼullar tomonidan pudratchi tashkilotlar rahbarlari va ishchilarga samaradorlikni oshirish boʻyicha tegishli tavsiyalar, muhim maslahatlar berildi.  Shuningdek, ish jarayonida duch kelinayotgan, mavjud muammolar bilan ham tanishilib, ularni bartaraf etish boʻyicha tegishli rahbarlarga vazifalar topshirildi.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019