16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:34
Adabiyot 👁 267

MIRZANING SOVFASI (mutoyiba)

MIRZANING SOVFASI (mutoyiba)

Ertaga Yangiboy akaning tugʻilgan kuni. Oʻgʻillari, qizlari nevaralari bilan kelib, har safar uyni toʻyxonaga aylantirib yuborishadi. Bir-ikki kun oldindan tadorik boshlanadi. Yangiboy aka gʻayratga kirib, meva-cheva, qovun-tarvuzlarning saralaridan topib keltiradi, kampirini ham: “hamma narsang tayyormi, shira-sharbatdan nimalar olding, nima yetmaydi, ayt?” – deb qistagani-qistagan. Boshqa paytda uyda nima xarajatning bori-yoʻgʻi bilan ishi boʻlmaydigan odam tugʻilgan kunini nishonlashda hammani hovliqtiradi.

Oʻzi ham bir soʻraganini yana qayta soʻrayverib, taraddudlanib yuradi. Birovning uyiga mehmonga borganda izzatni sevgan odam oʻz uyingda ham  mehmonga xizmat qilishni oʻrniga qoʻymogʻing kerak axir! Nomardshumshukning ishi oʻzga joyda izzat tilab, oʻz uyingga mehmon kelganda pisib oʻtirmoq!

– “Lazer” guruching bormi? Paxta yogʻi-chi? Paxta yogʻining palovi mazali boʻladi-da, aytaveradilar, kungaboqar yogʻi yaxshi deb, bekor gap, yaxshilab qizdirilsa, paxta yogʻiga keladigani yoʻq! Palovga qoʻy goʻshti olib keldim. Dimlamaga tovuqni ertaga soʻyib beraman, oshkoʻklar bormi?..

Cholining qiliqlarini yaxshi bilgan kampiri kelinlariga koʻz qisib, imo bilan yoʻlga solib turadi. Oʻzi ham shoshilayotgan kishi boʻlib harakat qilmasa, “mukofot” olishini, kelinlari yonida izza boʻlib qolishini biladi. Bir odam qisinganda qisinmagan, shoshilganda shoshilmagan odamdan yomoni yoʻq, har holda Yangiboy akaning qoidasi shunday. Bir soat-yarim soat shunday shoshiltirib, ishlar joyiga tushganday boʻlgach, tamom, bu yogʻiga “qoʻylarni qirga yoyi-i-i-b” yuraveradi.

Shunday taraddudlar bilan kun peshindan ogʻdi.

– Kampir, bi..ir choy damla, qolganini yana koʻraveramizda, – deb supaga chiqishga shaylanayotganda Mirza mashinasini dolongacha bostirib kelib qoldi. Yangiboy aka hayron boʻldi. Mirza mashinadan tushib, yukxonani ochdi va qichqirdi:

– Assalomu alaykum, Yangaka, tugʻilgan kuningiz bilan tabriklaymiz! Baxtimizga koʻp yashab, sogʻ-salomat boʻli-ib yuravergaysiz Xudoyim!

Yukxonaga zoʻrgʻa bir amallab sigʻdirilgan katta gilamni tushirishga unnayverdi. Yangiboy akaning hayronligi quvonchga aylandi; kim ham sevinmaydi doʻsting katta gilam sovgʻa qilayotgan boʻlsa, garchi hozirgi zamonda sovgʻa degan bir qarz boʻlsa ham... Xudo yetkazsa qaytariladida, shu kungi obroʻni ayting-a! Uyga kiritmasdan eshikning yonboshida tiklab qoʻyadi – har kelgan odam koʻrib oʻtsin sovgʻani! Shunday doʻsti borligini bilsinlar!

Yangiboy aka shunday uchqur xayollar bilan yordamga shoshilayotgan edi, kichik oʻgʻli kelib qoldi.

Mirza ikkovi gilamning  buklamini yozib, ikki uchidan koʻtarishgan edi, oʻrtasi yerga tegadigan. Yugurib borib gilamning oʻrtasidan oʻzi koʻtardi. Supadan oʻtib, ichkariga kiritmoqchi boʻlib yoʻnalganlarida Yangiboy aka: “shu yerga qoʻying, shu yerga”, – deb ularni toʻxtatdi, yoydirib, gulini tashqariga qaratib oʻratdi va ikki tavaqali zshikning yoniga tikka qoʻydirdi.  Naq shipga tegib turdida oʻziyam!

Quchoqlashib soʻrashdilar. Yangiboy aka Mirzaga gal bermay rahmat aytar:

– Seni ukam desam, kamlik qiladi, sen oʻgʻlimsan, oʻgʻlimdan ham ziyodsan, – deb alqardi. – Suv obke! Mirza akangning qoʻlini yuvdir! – deb nevaralarini shoshirardi.

– Yaxshi, hali yana bor edi, – deb Mirza mashinasining oʻng tomon old eshigini ochib, bir narsalarni oldi.

Qirgʻovullar! Yoshligida ovchilikka xiylagina qiziqib, shugʻullangan Yangiboy akaning quvonchining cheki yoʻq, taʼriflashga soʻz yoʻq! Ikkita xoʻroz qirgʻovulni ikki qoʻlida tutib koʻtardi, kampiriga, kelinlariga koʻz-koʻz qildi:

– Qaranglar-a, qaranglar, suylin, suylin! – Uning yosh bolalarcha shodonligi nevaralariga ham yuqqan, qirgʻovullarni ushlab koʻrgilari kelib, atrofini oʻrab olib, qiy-chuv qilishadi, kelinlar ham xursand, kampiri ham.

– Xayrulla! Bu yoqqa ke, mana bularning ikkovini ham tozala. Ertaga mehmonlar nasib etganini yeyveradi, xarajat koʻp, bugun suylunlarni oʻzimiz yeymiz, Xudo xohlasa, eshitdingmi, kampir, oʻzing mazali qoʻllaring bilan bi-ir dimlama qil!

– Yaxshi, xoʻp boʻladi, – deb kampiri ham cholining quvonchiga sherikligini bildirdi.

Yangiboy aka Mirzani holi-joniga qoʻymay supaga – yuqoriga sudradi.

– Xoʻp, mashinani nariroqqa qoʻyib kelay, – desa ham qoʻyib yubormadi, bu quv bola meni aldab ketib qoladi, deb oʻylaydi-da, oʻzi ham tomogʻi taqillab, bahona topolmay turgan edi, zoʻr boʻldi-da!

– Mashinangning kalitini ber, ana Xayrulla chiqarib qoʻyadi.  Sen bu yoqqa oʻt. Ham oʻgʻlimsan, ham joʻramsan, bilasan-ku hamma bilan ham taʼbim olishavermaydi, seni dim ruyim suyadi, – deb Mirzaga gapirishga ham gal bermay bidirladi.

– Qoʻlingni ham shu yerga kelib yuvdirishadi, mening qizchalarimga ham savob kerak-ku, toʻgʻrimi? Savobning kattasi mehmonning qoʻlini yuvdirish va chaydirishda, der edi qariyalarimiz. Qani, qizlar, lagan, qumgʻon olib keling, Mirza akangning qoʻlini yuvdiring!

 – Menam sizni akam deb yuribman axir, Yangaka! Qancha erkalik qilsak, hazillashsak koʻtarasiz, shuning uchun nerga borsak, siz bilan borgimiz keladi, gurunglaringizni yaxshi koʻramiz-da, Yangaka! – dedi Mirza ham  uning mulozamatlariga javoban.

Axir birov himmat koʻrsatib tursa, sen bezrayib turaversang insofdan emas-da.

Ikkovi biri “uchirib”, biri “tushirib”, qirgʻovul dimlama bilan “Qoratov”ni  zabt etib, kunning botganini ham  sezmay qolishdi.

– Endi men boray, Yangaka, ertaga ham kelaverayinmi? – deb Yangiboy akaga savol tashladi boshqalarga koʻz qisib qoʻyib.

– Ha? Sen kelmay, kim keladi, qiziq ekansan-a, har kim har vaqtda kelib yurmasin deb, ertaga soat  beshga qoʻydik, hammadan oldin  kelib shu yerda mehmon kutib, xizmatlarga bosh boʻlib yur, men orqayin oʻtirayin, yangi tugʻilgan boʻpaday boʻlib, xoʻpmi!   

– Xoʻp, xoʻp! Qancha xizmat boʻlsa bizdan, aka!

– Kampir, beri kel, Mirza inimga, ha, oʻgʻlimga bitta chiroyli koʻylak olib chiq. Anovi korobkasi oʻzidan qimmat qaʼda koʻylakdan emas, zoʻridan obke! Qarasang-a, shunday katta gilam koʻtarib kelibdi! Suylinlarni aytmaysanmi! Toʻyida qaytsin, oʻzimning yaxshi koʻrgan joʻram, axir! Obke tez!

Yangiboy akaning quvonchi ichiga sigʻmas, Mirzaboy joʻrasiga qanday minnatdorchilik loyiq boʻlishini bilolmayotganday edi... Koʻylakni Mirzaning qoʻliga berib, fotihaga qoʻl ochdi; uzundan-uzoq duoni marjon tizganday qilib tiladi, “zormanda”ning kayfi uni shoirga ham aylantirib yuborgan edi. Mashinasiga mindirib, ertaga vaqtli kelishini yana bir bora tayinlab, kuzatib qoldi.

Ertasiga Mirza hammadan oldin keldi. Koʻrishayotib kaftidagi pulni Yangiboy akaning kaftiga “yopishtirdi”.

– Bu ne? Kecha keltirding-ku sovgʻani, boʻldi-da...

– Ey-y, olavering-da, sizga qancha sovgʻa qilsak ham oz, olavering, – deb kulib Mirza qoʻyarda-qoʻymay, pulni oldirdi. – Men qozonboshda boʻlaman, oshpazlarga qarashib.

– Yaxshi, ular ham hozir kelishdi. Shu yoqdagilarga bosh boʻlib oʻzing hammasini “regulirovka” qilib yur unday boʻlsa...

Oradan bir soatlar chamasi vaqt oʻtib mehmonlar kela boshlashdi. Yangiboy aka ularni kutib, soʻrashib oʻtirganida qizlardan biri: Saʼdulla akamlar keldi, – deb xabar berdi.

Saʼdulla – katta oʻgʻli, ichki ishlar xodimi, bunday oilaviy tadbirlarga birda kelsa, birda kelolmaydi, ularning ishi shunday, hukumat odami, elashtirmaysan, omon boʻlsinlar, ishqilib.

Yangiboy aka tashqariga chiqib, kelini bilan soʻrashdi, nevaralarini birma-bir bagʻriga bosib koʻrishdi.

– Nega kecha kelmadinglar? – deb dovlashdi oʻgʻli bilan koʻrishayotib. – Qani, kel supaga, fotiha qilaylik. Hammalari tabriklab, kichkintoylari otasining tizzasiga oʻtirib erkalanar ekan, bittasi eshik yonida tikka turgan gilamni surib yubordi. Gilam devor yoqalab yiqildi.

– Buni ne, bu yerda qoʻyibsizlar? Ichkariga kiritib qoʻyavermaysizlarmi? – soʻradi Saʼdulla.

– Qara, qalingina, yumshoqqina! Yursang, toʻpigʻinggacha singasan-da, bunda. Kecha Mirza akang keltirgan ekan! Shu yerda turibdi-da, kiritarmiz.

– Ha-ya, kecha kelmoqchi boʻlib turganimizda qoʻngʻirotliklar bilan qoʻshma mashgʻulot boʻladi, degan xabar kelib qoldi. Doʻkon oldida Mirza akamni koʻrib qoldim-da, shundan berib yubora qolay, dedim. Chunki men kelolamanmi, kelolmaymanmi, keliningizni bilan bolalarni biror mashina bilan yuborsam, bu ham xalaqit berib yurmasin, dedim-da. Oʻzim bugun  qistovli keldim. Bilaman, telefonda tabriklasam koyiysiz, mehmonlarni kutib olib, choy ichib dam olgunlaricha Sizni tabriklab kelayin dedim. Tezroq ketmasam boʻlmas.

– Ha-a, bu gilamni sen berib yuboribmiding Mirzaga?!

– Hovva, – dedi oʻgʻli otasining ovozidagi ohangni xursandchilikka yoʻyib, – Qoʻngʻirotlik kursdosh doʻstim ikkita qirgʻovul ham olib kelgan ekan. Shularni ham berib yubordim Mirza akamdan. Obkelgandir, shuni pishirishsin, men ham doʻstimning sovgʻasidan totib ketayin, nasib boʻlsa.

– Suylinlarni ham sen berding-mi?!

– Hovva, men berdim, – dedi Saʼdulla otasining gapi ohanglariga hayron boʻlib, tushunolmay.  – Nima boʻlibdi, ayb ish qilibmanmi, qisinmang, doʻstim brakoner emas, toʻrt yildan beri uyida qirgʻovul yetishtiradi.

Yangiboy aka Saʼdullaning keyingi gaplariga parvo qilmas, Mirzaning “ishi”ga qoyil qolib bosh chayqar, “aytaman-ov, ikki marta sovgʻa beradigan Mirza bormi senga”, deb oʻzini koyir, oʻziga-oʻzi: hovliqib oʻl, Yangiboy, unga gap ham bermay joʻbalading-a, hamisha shunday qilib “tushasan”, – der edi ichida.

Mirzaning gʻolibona tirjaygan qiyofasi koʻz oldiga kelib, har safar undan yengilganida, xotinining “yaxshi boʻpti, ajab boʻpti”, deya lab burib kulishlarini tasavvur qilib,  badtar qovrilar: “hay yaxshi,.. hay yaxshi!..” – deb jilmayib takrorlardi, xolos.

Tursunboy ABDULLAYeV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019