16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:51
Siyosat 👁 319

SENATNING OʻN TOʻRTINChI YaLPI MAJLISIDA KOʻRIB ChIQILGAN QONUNLARNI TARGʻIB QILISh BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI

SENATNING OʻN TOʻRTINChI YaLPI MAJLISIDA KOʻRIB ChIQILGAN QONUNLARNI TARGʻIB QILISh BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn toʻrtinchi yalpi majlisida koʻrib chiqilgan masalalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish boʻyicha qoʻmita raisi Botir Matmurodov tumanimizga tashrif buyurdi.

Shu yil 7-may tuman hokimligida shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va olib bordi. Yigʻilishda Senatning oʻn toʻrtinchi yalpi majlisida koʻrib chiqilgan masalalar keng muhokama qilinib, masʼullarning bu boʻyicha maʼruzalari, hisobotlari eshitildi.

Dastlab Jinoiy ishlar boʻyicha tuman sudi raisi Sultonmurod Davletmurodov “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Parlament yuqori palatasining oʻn toʻrtinchi yalpi majlisida Prezidentimizning ayrim Farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari mazmun-mohiyati toʻgʻrisidagi maʼruza qildi. Shuningdek, tuman prokurori Javlonbek Muftullayev prokuratura organlarining 2020-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti bilan tanishtirdi. “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holati toʻgʻrisida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi hamda “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari mazmun-mohiyati toʻgʻrisida esa tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻminjon Matyusupov oʻz maʼruzasida batafsil soʻz yuritdi.

Yigʻilish davomida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Maʼmurjon Temirboyev “Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga doir choralar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida soʻzlab, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2020-yildagi faoliyati boʻyicha hisobot berdi. Tuman hokimi oʻrinbosari, investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Rashid Salayev esa “Oʻzbekiston Respublikasi, bir tomondan va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya, ikkinchi tomondan, oʻrtasida sherikchilikni taʼsis etuvchi sherikchilik va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida keng toʻxtaldi.

Undan tashqari, tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Jasur Norimov aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashga doir muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari xususida maʼlumot berdi. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari toʻgʻrisida esa tuman hokimi oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev maʼlumot berib oʻtdi.

Shundan soʻng,  tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Mahmud Shermetov, 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2021-yilning birinchi choragidagi ijrosi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining hisoboti, Agrobank tuman filiali boshqaruvchisi Nurbek Rasulov Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-yildagi faoliyatiga doir hisoboti bilan tanishtirdi.

Tibbiyot birlashmasi boshligʻi Faxriddin Abdullayev “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi  boshligʻi Gulmurod Bekiyev “Sanitariya-epidemiologiya xizmati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berdi.

Yigʻilishdan soʻng, masʼullar “Amudaryo tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “Amudaryo qurilish materiallari” masʼuliyati cheklangan jamiyatining aholiga maishiy hizmat koʻrsatish binosiga tashrif buyurdi. Mazkur tashkilotlarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Choykul ovulida oʻtkazilgan sayyor qabulda masʼullar fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklar va oʻzgarishlar xususida gapirib, huquqiy tushunchalarini kengaytirdi. Shundan soʻng, aholi tomonidan qilingan turli murojaatlar tinglanib, ularning ijobiy hal qilinishiga koʻmaklashildi. Oʻrganish va muddat talab qilinadigan murojaatlarga esa yechim topish boʻyicha tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi.  

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019