16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:35
Iqtisodiyot 👁 282

“AMUDARYOTEX” XK TUMANNING IJTIMOIY-IQTISODIY SALOHIYaTI OShIShIGA XIZMAT QILMOQDA

“AMUDARYOTEX” XK TUMANNING IJTIMOIY-IQTISODIY SALOHIYaTI OShIShIGA XIZMAT QILMOQDA

Prezidentimizning qaroriga asosan 2020-2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qator amaliy ishlar qilinmoqda.

Amudaryo tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida 2020-2023-yillarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish dasturi boʻyicha umumiy qiymati 459 mlrd. soʻm boʻlgan 77 ta loyihalar amalga oshirilishi belgilangan. Shundan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha 378 mlrd. 656 mln. soʻmlik 23 ta loyihalar amalga oshirilishi va 620 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi belgilangan. Ayni paytgacha qiymati 35 mlrd. 359 mln. soʻmlik 14 ta loyihalar amalga oshirilib, 103 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Amudaryo tumanida bugungi kunda 7 ta eksportyor korxona faoliyat yuritib kelmoqda. Tumandan asosan, ip-kalava, xom ipak, qizilmiya ildizi kabi mahsulotlar eksportga yoʻnaltiriladi. Ushbu korxonalar tomonidan joriy yilning yanvar-may oylarida 3 mln. 480 ming AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksport qilingan boʻlib, bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 137 foizni tashkil qiladi.

Tumandagi yirik eksport korxonalardan biri boʻlgan “Amudaryotex” maʼsuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxonasi klaster shaklida paxtani qayta ishlash orqali ip-kalava ishlab chiqaradi hamda Xitoy, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlarga eksportga yoʻnaltiradi.

Korxonada 2019-yilda tumanda yetishtiriladigan paxta hosilining 50 foizi klaster shaklida qayta ishlangan hamda 5 mln. 300 ming AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilgan boʻlsa, 2020-yildan boshlab, tumanda yetishtiriladigan paxta hosilini toʻliq klaster shaklida qayta ishlash yoʻlga qoʻyildi. Natijada korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari oshdi hamda oʻtgan yil davomida 7 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulot eksporti amalga oshirildi. Joriy yilda ushbu koʻrsatkich 8 mln. AQSh dollarini tashkil qilishi kutilmoqda.

Bu yilgi mavsumda korxona klasteri tomonidan 350 ta fermer xoʻjaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzilgan. Fermer xoʻjaliklarida 15 ming 30 gektar chigit ekilgan boʻlib, dalalarda tekis nihol olishga erishildi va gʻoʻzalar shu paytgacha 2-3-martadan suspenziya usulida oziqlantirildi. Tarkibida zaruriy mikroelenmentlar boʻlgan kimyoviy oʻgʻitning “plantin”, “fertiplan” turlaridan 20 tonna sarf qilindi.  Korxona klasterida mavjud boʻlgan 3 ta lazerli yer tekislash qurilmasi, 3 ta aylanma omoch, 3 ta chizellash uskunasi, 3 ta kultivator va boshqa 10 dan ziyod texnikalar yordamidan foydalangan holda fermer xoʻjaliklaridagi paxta maydonlaridagi gʻoʻzalar sifatli tarzda, agrotexnika qoidalari asosida parvarish qilinmoqda.

Qizilcholi mahallasidagi 2007-yildan beri faoliyat koʻrsatib kelayotgan “Gʻumcholi” koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligida 74 gektar yer maydoni mavjud. Alisher Rajabov raislik qilib kelayotgan ushbu xoʻjalikda 44 gektar yerga paxta ekilgan. Xoʻjalikda mehnat qilayotgan 36 nafar pudratchi, 10 nafar yollanma ishchilarning kuch-gʻayrati evaziga tekis undirishga erishilgan gʻoʻza nihollari shu kungacha 2-marta oziqlantirilib, 1-marta chuqur kultivatsiya qilindi. Shu kunlarda xoʻjalik ishchilari paxta maydonlarini sugʻorishga tayyorlashmoqda.

Fermer xoʻjalik yerlariga ishlov berish va barcha agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda korxona klasteri texnikalaridan va oʻz ixtiyoridagi 4 ta texnikadan foydalanilib kelinmoqda. Joriy yilgi paxta mavsumida har bir gektar yerdan 25 tsentnergacha hosil yetishtirilib, 100 tonnaga yaqin “oq oltin” terib olinishi moʻljallanmoqda.

Taʼkidlash joizki, eksport va investitsiyalarni rivojlantirish Hukumat komissiyasi yordamida “Amudaryotex” maʼsuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxonasi tomonidan pnevmatik ip-kalava ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilishi, bu orqali qoʻshimcha 2 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksportini amalga oshirish imkoniyati yaratilmoqda.

Shuningdek, korxona tomonidan jami qiymati 280 mlrd. soʻmlik 4 ta loyiha - paxta tozalash zavodi, yogʻ mahsulotlari ishlab chiqarish, ip kalava ishlab chikarish, mato ishlab chikarish faoliyatini tashkil etish orqali yana qoʻshimcha 400 ta yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda tumanning Oq oltin ovuli hududidagi sobiq paxta tozalash zavodi bino va inshootlarini sotib olish boʻyicha mablagʻlarning bir qismi toʻlab berilgan boʻlib, mazkur hududda yogʻ ishlab chiqarish zavodini qurish boʻyicha qurilish ishlari boshlab yuborilgan, asbob-uskunalar olib kelingan. Ip-kalava ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish uchun esa tijorat bankiga hujjatlar toʻplami taqdim qilingan.

Tumanimizdagi ushbu eksport korxonasi faoliyatini kengaytirishga qaratilgan istiqbolli rejalarning amalga oshirilishi kelgusida hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi turmush tarzini yanada farovonlashtirish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019