16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:52
Siyosat 👁 324

Amudaryo tumanida “Yoshlar kuni” munosib nishonlandi

Amudaryo tumanida “Yoshlar kuni” munosib nishonlandi

Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, har jihatdan yetuk, jismonan sogʻlom, intellektual salohiyatli, maʼnan barkamol qilib voyaga yetkazish, qolaversa, yoshlarni qilgan mehnati, erishgan yutuqlariga yarasha ragʻbatlantirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

30-iyun sanasi Prezidentimiz tashabbusi bilan “Yoshlar kuni”deya eʼlon qilinishi hamda har yili bayram sifatida nishonlanishi ertamiz egalariga qaratilgan yuksak eʼtibor namunasi, deyish mumkin. Ilgʻor va tashabbuskor yoshlarni ragʻbatlantirish, turli sohalarda yuksak natija va yutuqlarga erishayotgan fidoyi yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida turli davlat mukofotlari taʼsis etilgan. Birgina keyingi yillarda “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali taʼsis etilgani va yuzlab  yoshlar mukofotlangani yoshlarimizga boʻlgan eʼtibor qanchalik yuksakligining isbotidir.

Amudaryo tumanida ham har yili 30-iyun sanasi “Yoshlar kuni” bayrami sifatida munosib nishonlanib kelinmoqda. Joriy yilda ham yoshlar bayrami tadbirlariga katta tayyorgarlik koʻrildi hamda tantanali tarzda oʻtkazildi.

30-iyun kuni sana munosabati bilan tumandagi Xotira maydonida ilm-fan, axborot texnologiyalari, sport, sanʼat, madaniyat va boshqa turli sohalarida yuksak natijalarga erishib kelayotgan, tumanimizning bugungi kundagi faxriga aylangan bir guruh tashabbuskor yoshlar tuman hokimligi, tumandagi toʻrtta sektor hamda hamkor tashkilotlar tomonidan turli qimmatbaho esdalik sovgʻalari va faxriy yorliqlar bilan munosib ragʻbatlantirildi.

Jumladan, tumanimizdagi barcha taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya olayotgan yoshlarimizning sportga bilan shugʻullanishlarini yanada ragʻbatlantirish maqsadida ularga 500 dona futbol, 500 dona voleybol toʻpi, 85 dona voleybol toʻri sovgʻa qilindi.

Shuningdek, tumanimiz yoshlarining sanʼat va madaniyat sohalarigi qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash, ularga oʻzlarining ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishlariga keng imkoniyat yaratish maqsadida ovullardagi madaniyat markazlari hamda maktablarga 20 dona qashqar rubobi, 59 dona doira, 4 ta ovoz kuchaytirgich, 1 dona sintezator tuman hokimligi tomonidan sovgʻa sifatida berildi.

Qayd etish joizki, bugun tumanimizda sport sohasi tobora rivojlanayotgan boʻlib, tumanimiz sportchilari turli musobaqalarda yuqori marralarni egallamoqdalar. Ana shunday 25 nafar yosh chempionlarimizga bayram munosabati bilan velosipedlar sovgʻa qilindi.

Tumanda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yordamga muhtoj, band boʻlmagan yoshlar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanib, ularga moddiy va maʼnaviy koʻmak berilmoqda hamda ularni ish bilan taʼminlash va “Yoshlar daftari”dan chiqishlarigi amaliy yordam berish kabi qator choralar koʻrilmoqda.

Yoshlar kuni munosabati bilan tumandagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 2 nafar yurtdoshlarimizga kompyuter hamda 5 nafariga suv nasoslari sovgʻa qilindi hamda ularning tadbirkorlik bilan shugʻullanib, oʻzini oʻzi band qilishlariga amaliy yordam koʻrsatildi.

Amudaryo tumani Xotira maydonida oʻtkazilgan ushbu tadbirda shuningdek, turli sport musobaqalarining gʻoliblari ham munosib ragʻbatlantirildi. Ertamiz egalari oʻzlariga koʻrsatilayotgan bu kabi eʼtibor hamda ragʻbatdan juda xursand boʻldilar.

Tumanimizdagi “Yoshlar kuni” bayram tadbirlari Istirohat bogʻida davom ettirildi. Yoshlar bayramini munosib nishonlash maqsadida Istirohat bogʻida gala kontsert dasturi tashkil qilindi.

Aytish kerakki, 2021-yilning mamlakatimizda "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomalanishi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmush sharoiti ogʻir, ishsiz va kasb-hunarga ega boʻlmagan yoshlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan “Yoshlar daftari” ham yoshlarga keng imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

Tumanimiz yoshlari ham bu kabi imkoniyatlardan samarali foydalanib kelmoqdalar. Jumladan, yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish boʻyicha “Yoshlar dasturi” doirasida 1 258 nafar yoshlar doimiy va jamoat ishlariga joylashtirildi, 666 nafar yoshlar tadbirkorlikka va kasb-hunarga oʻqitilib tijorat banklari tomonidan 296 nafariga 8 mlrd 512 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ajratildi.

Qishloq xoʻjaligi sohasida yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida 4 408 nafar yoshlarga 1 378 gektar, gʻalladan boʻshagan yer maydonlaridan takroriy ekin ekish uchun 404 nafar yoshlarga 80,8 gektar yer maydoni ajratib berildi.

“Yoshlar daftari” jamgʻarmasi xisobidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 40 nafar yurtdoshimizga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilishga zarur boʻlgan 113,3 mln soʻmlik asbob-usunalar va mehnat qurollari olib berildi, moddiy ahvoli ogʻir boʻlgan 20 nafar yoshlarga jami 19,6 mln soʻm moddiy yordam berildi.

Bu kabi yuksak eʼtibor va ragʻbat, albatta, yoshlarimizni ham ilm-fan, kasb-hunar sirlarini puxta egallab, Vatanimizga munosib farzand boʻlib yetishishga ruhlantirmoqda.

Soʻnggi yillarda tumanimizdan fanlar olimpiadalarining mamlakat bosqichi gʻoliblari, turli sport oʻyinlarining Oʻzbekiston, Osiyo va jahon miqyosidagi bosqichlarining gʻolib va sovrindorlari yetishib chiqayotgani barchamizga quvonch bagʻishlaydi.

Ana shunday ilgʻor va tashabbuskor yoshlar ishtirokida oʻtgan kontsert dasturi ishtirokchilarga unutilmas onlarni baxshida etdi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, betakror ovoz sohibi, opera xonandasi Jenisbek Piyazov kontsert dasturining mehmoni boʻldi.

Jenisbek Piyazov tumanimiz yoshlarini “Yoshlar kuni” bayrami bilan qizgʻin muborakbod etdi hamda bir-birda shoʻx kuy-qoʻshiqlar ijro etdi. Yoshlarimiz Jenisbek Piyazov ijrolarini katta qiziqish hamda oʻzgacha zavq bilan tinglab, tomosha qildilar.

Kontsert dasturida tuman madaniyat markazi xonandalari oʻzlarining ijod namunalari bilan ajoyib chiqishlar qildilar. Jumladan, Ikromjon Siytimov, Komiljon Boltaboyev, Rashidbek Rahimov, Davlatyor Shomuradov kabi Madaniyat boʻlimi xonandalari ijro etgan kuy-qoʻshiqlar barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Yoshlar kontsert dasturida yangragan kuy-qoʻshiqlarga raqsga tushib, bayramni munosib nishonladilar.

Fursatdan foydalanib biz ham yurtimiz yoshlarini yana bir bor “Yoshlar kuni” bayrami bilan chin dildan muborakbod etamiz.

Barcha yoshlarimizga komil insonlar boʻlib voyaga yetib, ota-onansi, jamiyatimiz hamda yurtimizga halol va fidoyi xizmat qilish, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini taʼminlashdek sharafli ishga hissa baxti nasib qilsin!

Bayramingiz muborak boʻlsin, qadrli yoshlar!

Amudaryo tumani hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019