16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:17
Iqtisodiyot 👁 170

LIZING MUNOSABATLARI QONUN HUJJATLARI ASOSIDA TARTIBGA SOLINADI

LIZING MUNOSABATLARI QONUN HUJJATLARI ASOSIDA TARTIBGA SOLINADI

Bugun lizing korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini modernizatsiya qilishga, xususiy tadbirkorlikni kengaytirishga va uning asosida raqobatbardosh ishlab chiqarishni tashkil qilishga investitsiya kiritish uchun samarali mexanizm sifatida tobora rivojlanib bormoqda.

Uzbekiston Respublikasida lizing munosabatlari Fuqarolik kodeksi hamda «Lizing tugʻrisida»gi Qonun va ular asosida qabul qilingan qonun osti hujjatlari bilan tartibga solingan.

Fuqarolik kodeksining 587-moddasida lizing shartnomasiga quyidagicha taʼrif berilgan: Lizing shartnomasi boʻyicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirigʻiga binoan sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing toʻlovlarini toʻlash majburiyatini oladi.

Isteʼmol qilinmaydigan, tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan har qanday ashyolar lizing obʼekti bulishi mumkin, yer uchastkalari va boshqa tabiat obʼektlari bundan mustasno. Egalik qilish va foydalanish uchun lizing obʼektini oladigan shaxs lizing oluvchi deb hisoblanadi. Lizing beruvchi lizing obʼektini kimdan olayotgan bulsa, shu shaxs sotuvchi deb eʼtirof etiladi.

Lizing beruvchi mol-mulkni bulajak foydalanuvchidan sotib olgan taqdirda yoxud lizing beruvchi kelgusida mol-mulkni sotuvchiga lizing buyicha topshirish uchun undan shu mol-mulkni sotib olish maqsadida uni mablagʻ bilan taʼminlagan taqdirda bir shaxsning uzi ham lizing oluvchi, ham sotuvchi bulishiga yul quyiladi.

Lizing uch taraflama (sotuvchi, lizing beruvchi, lizing oluvchi) yoki ikki taraflama (lizing beruvchi, lizing oluvchi) lizing shartnomasi buyicha amalga oshiriladi. Lizing beruvchi va sotuvchi urtasida ikki taraflama lizing shartnomasi tuzilayotganida qushimcha ravishda lizing obʼektining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi. Lizing shartnomasi konsensual shartnomalar guruhiga mansub.

Shartnoma haq baravariga tuziladi. Lizing oluvchi lizing beruvchiga lizing obʼektidan foydalanganligi uchun lizing tulovlarini tulaydi.

Lizingning oddiy ijaradan asosiy farqi shundaki, unda ijaraga berilgan asbob-uskunalar shartnoma muddati tugagandan sung ularning qodiq qiymati yigʻindisida sotib olish kuzda tutiladi.

Mamlakatimizda lizing beruvchilar va lizing oluvchilar uchun qulay bozor infratuzilmasi va tegishli qonunchilik bazasi yaratilgan. Amalga oshirilgan ishlarning natijasida Uzbeksiton yalpi ichki mahsuloti tuzilmasida lizing operatsiyalari hajmining yildan-yilga usishiga erishildi. Bundan tashqari, lizing bozorida ishtirokchilarning, ular qatorida banklarning, lizing kompaniyalari va lizing operatsiyalari bilan shugʻullanadigan kredit uyushmalarining soni doimiy ravishda usib bormoqda.

Lizing beruvchining manfaatlarini himoya qilish maqsadida «Lizing tugʻrisida»gi Qonunning 20-moddasiga kura lizing shartnomasi bilan sarflangan mablagʻlarini qaytarish kafolati sifatida lizing beruvchi lizing oluvchidan taʼminotni taqdim etishni, shu jumladan, garov, bank kafolati yoki uchunchi shaxsning kafilligini talab qilishi mumkin.

Ammo «Lizing tugʻrisida»gi Qonunning 21-moddasiga muvofiq lizing beruvchi lizing obʼektini garov sifatida lizing oluvchining oldindan roziligisiz ishlatishga haqli emas. Uz navbatida lizing oluvchi lizing obʼektini garov sifatida ishlatishga  haqli emas, bu esa qonuniydir.

Lizing shartnomasi boshqa ayrim turdagi oddiy shartnomalardan farqli ravishda nisbatan yuqori summada tuzilishi va uzoq muddat amal qilishi bilan ajralib turadi.

Tabiiyki, mazkur holat ushbu shartnomaning turli sabablarga kura tugatiladigan holatlarning ham nisbatan kup holatlarda kuzatilishiga sabab buladi.

Xususan, «Lizing tugʻrisida»gi Qonunning 15-moddasida lizing oluvchi bankrot bulgan, uning mol-mulki xatlovga olingan yoki musodara qilingan taqdirda, lizing obʼekti lizing oluvchining umumiy mol-mulkidan ajratiladi va lizing beruvchiga qaytarilishi lozim, u mol-mulkni uz xohishiga kura tasarruf etishi mumkinligi belgilangan.

Xulosa oʻrnida shuni aytib oʻtib joizki, lizing shartnomasi bu shartnoma ishtirokchilari urtasidagi munosabatlarni tartibga solishning bir turi hisoblanib, bu jismoniy va yuridik shaxslarning huquq erkinliklarining adolatli himoya qilinishiga qoʻshimcha kafillik yaratadi.

B.Bekmuradov, Beruniy tumanlararo Iqtisodiy sudi sudyasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019