16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:36
Qishloq xoʻjaligi 👁 217

BOʻZSOLMA MAHALLASIDA TOMORQAChILIKNI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA SEMINAR OʻTKAZILDI

BOʻZSOLMA MAHALLASIDA TOMORQAChILIKNI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA SEMINAR OʻTKAZILDI

Yurtimizda har bir hududning oʻziga xos xususiyati hisobga olinib, joylarda «bir mahalla – bir mahsulot» tamoyili asosida har bir mahalla meva-sabzavot yetishtirish, kichik issiqxonalar tashkil etish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik kabi yoʻnalishlarga ixtisoslashtirilmoqda. Respublika boʻylab barcha hududlarda har bir mahalla kesimida tomorqaga ajratilgan yerlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli masʼullar ishtirokida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Tumanimizda ham aholining asosiy qismi qishloq xoʻjaligi orqali daromad topib, oʻz oilasi farovonligiga va iqtisodiyot rivojiga hissa qoʻshib kelmoqda. Tomorqasidan unumli foydalanib, daromad orttirayotganlar atrofdagilarga ham namuna boʻlishmoqda va oʻz tajribalari boʻyicha tavsiyalar berib, tomorqachilikni yoʻlga qoʻyishlariga koʻmaklashishmoqda.

Shu yil 3-iyul kuni tumanimizning chekka hududida joylashgan Boʻz solma mahallasida namunali tomorqa egalarining faoliyatini keng aholi oʻrtasida targʻib etish maqsadida “Tomorqadan unumli foydalanaylik” shiori ostida “Tomorqa daromad – manbai”, “Bir mahalla – bir mahsulot” dasturi doirasida koʻrgazmali seminar tashkil etildi. Seminarda tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, Boʻz solma mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari, yigʻin raisining tomorqa, obodonlashtirish, bandlik va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sanʼat Abdullayev hamda mahallaning tomorqachilikni tashkil etish istagida boʻlgan fuqarolari ishtirok etdilar.

Mahalla hududidagi “Xivali ovul” aholi punktida yashovchi Reymboy ota Qurbonboyev xonadonida tashkil etilgan ushbu koʻrgazmali seminarda xonadon egalari tomorqadan samarali va unumli foydalanish sirlari haqida soʻzlab berdilar. Shuningdek, tomorqa yerining unumdorligini oshirish, barakali moʻl hosil olish hamda katta daromad qilish yoʻllarini tushuntirdilar. Tomorqa egalari yerni bahorgi ekish mavsumiga tayyorlash, urugʻlik saralash, ekinlarni ekish, koʻchatlarni oʻtqazish boʻyicha ham oʻz tajribalarini oʻrtoqlashdilar.

Reymboy ota Qurbonboyevning tomorqa maydoni 78 sotixdan iborat. Bunday katta maydonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish katta maʼsuliyat va mehnat talab qiladi. U oʻz tomorqasida karam, piyoz, kartoshka, rediska, bodring, pomidor, sarimsoq piyoz, bulgʻor qalampiri, koʻkatlar, joʻxori va boshqa bir qator ekinlarni parvarish qilib kelayotganini, hatto turfa xil gullar oʻstirib, ulardan ham daromad koʻrayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Ushbu xonadon tomorqasidagi har biri 154 kvadrat metr maydonda tashkil etilgan 2 ta issiqxonada ertaki, takroriy ekinlar yetishtirilib kelinmoqda. Undan tashqari, xonadon egalari chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik faoliyati bilan ham shugʻullanib, daromad manbalarini koʻpaytirishmoqda. Bu orqali Reymboy otaning oilasida oʻgʻli Hamidjon Qurbonboyev, kelini Havojon Sobirova, nevarasi Avazbek Rahimboyevlarning bandligi taʼminlanganligi, ayniqsa, diqqatga sazovor.

Seminar davomida tomorqa egalari asalari parvarishi, dexqonchilik va bogʻdorchilik boʻyicha tajribalari haqida batafsil maʼlumot berdilar. Parvarish qilinayotgan meva va sabzavotlar navlari, uning turlari, hosil qilish vaqtiga qarab, ularni parvarish qilish boʻyicha tavsiyalar berib oʻtdilar.

Seminar soʻnggida xonadon egalariga homiylar tomonidan tayyorlangan esdalik sovgʻalari taqdim qilindi.

R.Bobojonov, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019