16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 19:51
Siyosat 👁 237

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman Xalq qabulxonasi samarali faoliyat yuritmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman Xalq qabulxonasi samarali faoliyat yuritmoqda

Maʼlumki, mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan insonlarni qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularni har tomonlama ijobiy hal qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi hamda uning hududiy boʻlinmalari tashkil etildi. Xalq qabulxonalari tashkil etilishi joylarda aholining uzoq yillar davomida qiynab kelgan muammolari bilan ishlashga, ularning aksariyati joyida hal etilishiga zamin yaratdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi bugungi kunda aholi murojaatlari bilan ishlash, bu borada qabul qilinayotgan qonun hujjatlari ijrosini taʼminlashda samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqilishi borasida joriy yilning oʻtgan olti oyi davomida salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq Qabulxonasiga joriy yil 6 oy davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 775 ta murojaatlar roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 721 tasi yozma hamda 54 tasi ogʻzaki murojaatlar hisoblanadi. Ushbu murojaatlarning 732 tasi xududdagi tashkilotlarga, 27 tasi yuqori turuvchi tashkilotlarga mazmunan tegishliligi boʻyicha oʻrganish uchun yuborilgan boʻlib, 16 ta murojaatlar joyida tegishli korxona va tashkilotlarni jalb etgan holda choralar koʻrish maqsadida tuman Xalq qabulxonasida qoldirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning 555 tasi yaʼni, 72 % qanoatlantirilgan boʻlib, shundan 178 tasi oʻzining ijobiy yechimini topgan. 371 tasi huquqiy maslahat va maʼlumot berish orqali hal qilingan boʻlsa, 171 tasiga tushuntirish ishlari olib borilgan, qolgan 47 ta murojaatlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish maqsadida mazmunan koʻrib chiqilmoqda.

Aytish kerakki, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan sektorlar kesimida tuman Xalq qabulxonasi hamda sektor rahbarlari hamkorligida joylarda oʻtkazilayotgan ommaviy sayyor qabullarda ham koʻpchilik muammoli masalalar oʻz yechimini topmoqda.

Jumladan, joriy yilning shu davriga qadar joylarda jami 24 marotaba sayyor qabullar oʻtkazilgan boʻlib, ularda aholi tomonidan 138 ta murojaatlar yoʻllangan. Shundan 58 ta murojaatlardagi masalalar qanoatlantirilgan, 53 nafar fuqarolarga murojaatlari yuzasidan asosli tushuntirish berilgan, qolgan murojaatlar oʻrganilmoqda.

Joriy yilning 8-iyul sanasida tumandagi 1-sektor hududiga kiruvchi Qipchoq shaharchasida ana shunday sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, 1-sektor kotibi Otabek Olloyorov hamda aholi vakillari ishtirok etdilar. Qabul jarayonidan aholi tomonidan jami 8 ta turli mazmundagi murojaatlar yoʻllandi.

Murojaatlarda ichki koʻchalarga tosh shagʻal yotqizish, tikuvchilik bilan shugʻullanish uchun imtiyozli kredit olishda, transformatorni ishga tushirish, bandligini taʼminlash, yer uchastkasi hujjatlarini rasmiylashtirishda amaliy yordam soʻrash mazmunidagi masalalar oʻrganildi.

Shulardan Dilrabo Rahimova hamda Qunduzoy Quralovalarning tikuvchilik bilan shugʻullanish uchun imtiyozli kredit olishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatlari shu yerning oʻzida tegishli masʼullar bilan kelishilgan holda ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar oʻrganilib, oʻz yechimini topishi taʼminlanmoqda.

Qayd etish joizki, mamlakatimizdagi yoshlarga oid davlat siyosatida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar mazmun-mohiyatini tushuntirish, yoshlar bilan ishlashda madaniy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, ularda Vatanga muhabbat va sadoqat, yurt ravnaqi yilida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga dahldorlik tuygʻularini shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi hamda sektor rahbarlari tomonidan joylarda 24 marotaba yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilgan. Uchrashuvlarda yoshlarni qiynayotgan muammolar oʻrganilgan hamda ularni hal etishga amaliy yordam koʻrsatilgan.

Insonlarning dard-u tashvishlari, muammolarini tinglash, ularga koʻmak berish maqsadida amalga oshirilayotgan shu kabi qator saʼy-harakatlar natijasida aholi turmush sharoitlari yaxshilanib, xalqimizning davlat organlariga ishonchi oshmoqda.

E.D.Rajabov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo  tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019