16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:43
Qishloq xoʻjaligi 👁 268

AHDI VA ShAHDI BALAND YoSh FERMER

AHDI VA ShAHDI BALAND YoSh FERMER

Qishloqda tugʻilib-oʻsgani uchunmi, Samadjon qaysi  ishga qoʻl ursa, uddasidan chiqadigan, uddaburon bola boʻlib voyaga yetdi. Umumtaʼlim maktabida oʻqib yurgan kezlaridayoq vaqtdan unumli foydalanishga, har bir ishni reja asosida bajarishga odatlangan Samadjon oʻqishdan boʻsh vaqtlarida ota-onasiga tomorqa ishlarida yaqin koʻmakdosh boʻldi. Ayniqsa, otasi Xolboy ogʻa “Samad SXA” fermer xoʻjaligini tashkil etganida oʻzida yoʻq quvondi. Bu paytda Nukus Davlat Pedagogika institutida tahsil olayotgan Samadjonning bir oyogʻi ovulda boʻlib qoldi. U to institutni tamomlaguncha oʻqishdan boʻsh vaqtlarida otasi rahbarlik qilayotgan fermer xoʻjaligi dalalarida  opa-akalari, xoʻjalik ishchilari bilan bab-baravar mehnat qildi.

Qiziqishlari ustun keldimi, har qalay, institutni tugatib, “Samad SXA” fermer xoʻjaligi ish boshqaruvchisi sifatida ilk mehnat faoliyatini boshlagan Samadjon Xidirboyev bir yil davomida fermer xoʻjaligi faoliyatiga oid iqtisodiy-moliyaviy asoslarni puxta oʻzlashtirdi. Natijada 2014-yilda pensiyaga chiqqan otasi Xolboy ogʻa Xidirboyev fermer xoʻjaligini Samadjonga ishonch bilan topshirdi. Mana, sakkiz yildirki, Samadjon “Xidirboyev Samad” fermer xoʻjaligini mohirlik bilan boshqarib kelmoqda. U fermerlik faoliyatini boshlagan 2014-yildayoq pilla yetishtirish rejasi 115 foizga, 2015-yilda bu koʻrsatkich 118 foizga uddalandi. Faqat 2014-2015 qishloq xoʻjalik yilida “Xidirboyev Samad” fermer xoʻjaligida yillik daromad 210 mln. soʻmni tashkil etib, 68 mln. soʻm sof daromad olindi.

Oradan uch yil oʻtib, 2017-yilda yosh va tashabbuskor fermer Samadjon Xidirboyev Toshkent shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston yosh fermerlarining 1-Respublika forumida faol ishtirok etib, diplom bilan taqdirlandi. Anʼanaviy ravishda har yili tashkil etiladigan “Tashabbus” koʻrik-tanlovining faol ishtirokchisi boʻlgan Samadjon Xidirboyev 2018-yilda “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” respublika koʻrik-tanlovining tuman bosqichida “Eng yosh fermer” nominatsiyasi sovrindori, mazkur koʻrik-tanlovning Respublika bosqichida esa “Yilning eng faol yosh fermeri” yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrin sohibi boʻldi va 1-darajali diplom, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Xalqimiz “Mehnat qilgan elda aziz”, – deya ardoqlaydi oʻz fidoyi farzandlarini. Samadjon ham yosh boʻlishiga qaramay, oʻzining ishbilarmonligi, elparvarligi bilan ovuldoshlari hurmatiga, eʼtiboriga sazovor boʻlganlardan.

Ayni paytda fermer xoʻjaligida 60 nafar kishi doimiy ish bilan taʼminlangan. Joriy dehqonchilik yilida 56 gektar yerga paxta ekkan xoʻjalik dehqonlarining koʻzlagan marralari yuksak. Har gektar hisobiga hosildorlikni 40 tsentnerga, umumiy paxta xirmonini 224 tonnaga yetkazishga ahd qilishgan. 2021-yilgi pilla topshirish rejasini esa 102 foizga uddalashdi.

Xoʻjalikda nafaqat paxta, gʻallachilik va pillachilik, balki ertagi hamda kuzgi sabzavot va poliz ekinlari yetishtirishga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Shu bois, xoʻjalik ishchilarining moddiy manfaatdorligi ham yuqori. Xoʻjalik ishchilariga yil davomida har bir oila hisobiga 400 kg.dan kartoshka, 250 kg. piyoz, 350 kg. sabzi va turli mevalar berilishi yoʻlga qoʻyilgan.

– Ishchilarimiz mehnatiga yarasha haqlarini ham olishlari kerak, hayotlaridan rozi boʻlib yashashmasa, qilayotgan ishida unum boʻlmaydi, – deydi Samadjon Xidirboyev. – Xoʻjaligimiz ishchilari mening qoʻl-qanotlarim.

Ayni kunlarda xoʻjalik dalalarida joriy dehqonchilik yilining ikkinchi hosili – bugʻdoy oʻrim-yigʻimi ham nihoyasiga yetgan. Xoʻjalikning bu yilgi gʻalla xirmoni ham yuksalib, 50 tonna qirmizi don yigʻishtirib olindi, omborlar donga toʻldi. Yosh fermerning esa shahdi ham, ahdi ham baland. Biz Samadjon Xidirboyevga kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishida omadlar yor boʻlishini tilaymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019