17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:59
Iqtisodiyot 👁 221

1-yarim yillikda Amudaryo tumani Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan davlat byudjeti daromadlariga 31 mlrd. soʻm mablagʻ undirildi

1-yarim yillikda Amudaryo tumani Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan davlat byudjeti daromadlariga 31 mlrd. soʻm mablagʻ undirildi

Mamlakatimizda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgan boʻlib, bu borada samarali soliqqa tortish tizimi va davlat soliq xizmati organlarining faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.

Davlat soliq organlarining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni taʼminlash, soliqlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻliq hamda oʻz vaqtida tushishini, soliq toʻlovchilar va soliq solish obektlarining oʻz vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini taʼminlash kabi qator vazifalarni amalga oshirish borasida Amudaryo tumani Davlat soliq inspektsiyasi samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, tuman Davlat soliq inspektsiyasi soliq toʻlovchilar bilan ishlashni takomillashtirish, soliq toʻlovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish boʻyicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirib, soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama koʻmaklashib kelmoqda.

Maʼlumot tariqasida aytish kerakki, joriy yilning 1-yarmida Amudaryo tumani Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan davlat byudjeti daromadlariga 31 mlrd. soʻm mablagʻ undirilib, reja amalda 113,8 foizga bajarildi. Yaʼni, rejaga nisbatan 3,8 mlrd. soʻm koʻp mablagʻ undirildi.

Shuningdek, joriy yilning iyul oyi holatiga tumanda jami 1352 ta tadbirkorlik subʼektlari roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, shundan kichik tadbirkorlik subʼektlari soni 1 ming 22 tani tashkil qiladi hamda hozirgi kunda samarali faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Shundan iyun oyida 23 tasi yangidan roʻyxatdan oʻtib, oʻz faoliyatini boshlagan boʻlsa, 10 tasi faoliyatini qayta tiklagan korxona-tashkilotlar hisoblanadi. Yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida 1-iyul holatiga jami 1 ming 431 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar roʻyxatdan oʻtgan.

Tuman Davlat soliq inspektsiyasi jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini hisoblash hamda toʻlanishini taʼminlash borasida samarali ishlarni tashkil qilib, davlat byudjeti daromadlari oshishiga hissa qoʻshmoqda. Joriy yilning shu davriga qadar tumandagi jismoniy shaxslardan olingan mol-mulk va yer soliqlari boʻyicha jami 896,2 mln.soʻm davlat byudjetiga tushum undirilgan boʻlib, shundan yer soligʻi 721.7 mln soʻm, mol-mulk soligʻi esa 174.5 mln soʻmni tashkil qiladi.

Aytish kerakki, mamlakatimizda tadbirkorlik va ishbilarmonlikni yanada rivojlantirish maqsadida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotgan boʻlib, tadbirkorlik subektlarining samarali faoliyat yuritishlari uchun koʻplab imkoniyatlar hamda shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Tuman Davlat soliq inspektsiyasi bugungi kunda soliq idoralarining “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili asosida tizimli ishlarni tashkil qilib, tumanimizdagi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlab, ularga koʻmakchi sifatida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Masalan, Amudaryo tumanidagi “Ozodboy Amirxon” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga ham ushbu tamoyil asosida amaliy yordamlar koʻrsatilib, soliq imtiyozlarini tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Tumandagi Oʻrta qalʼa ovulida joylashgan “Ozodboy Amirxon” masʼuliyati cheklangan jamiyati bugungi kunda eng ilgʻor tadbirkorlik subektlaridan biri hisoblanadi. Jamiyat joriy yilning fevral oyidan oʻz faoliyatini boshlagan. Shu maqsadda tadbirkor 120 mln. Soʻm imtiyozli kredit olib, ikki qavatli binoni bunyod qildi. “Ozodboy Amirxon” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli mazkur zamonaviy va koʻrkam bino ishga tushishi bilan 5 nafar yurtdoshlarimizning bandligi taʼminlandi.

Binoda qator xizmat koʻrsatish turlari tashkil qilingan. Xususan, kitobsevar hamyurtlarimiz uchun kitob doʻkoni faoliyat yuritmoqda. Qolaversa, aholini tozalangan ichimlik suvi bilan taʼminlash shoxobchasi, oziq-ovqat va nooziq ovqat doʻkoni ham samarali ishlab turibdi. Aholiga bank xizmatlarini koʻrsatish uchun sharoit yaratish maqsadida “Agrobank” aktsiyadorlik jamiyati filiali ham mazkur binoda mini bankini ochgan va ayni kunlarda samarali faoliyat yuritmoqda.

Tuman Davlat soliq inspektsiyasi masʼullari “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili asosida tumandagi barcha tadbirkorlik subʼektlariga soliqqa tortish, soliqlarni hisoblash va toʻlash boʻyicha amaliy yordamlar koʻrsatib kelmoqda.

Begzod Yoʻldashev, tuman DSI tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash shoʻʼbasi bosh inspektori

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019